O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Texnologiya grekcha so‘z bo‘lib, texnos- san’at, mahorat, logos- ta’limot



Download 8,94 Mb.
bet87/141
Sana10.07.2022
Hajmi8,94 Mb.
#768310
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   141
Bog'liq
ped komp majmua

Texnologiya grekcha so‘z bo‘lib, texnos- san’at, mahorat, logos- ta’limot
degan ma’nolami bildiradi.
Pedagogik texnologiya pedagogning talabalarga ta’sir qilishni tashkil
etish bo‘yicha kasbiy ahamiyatga molik malakalar tizimini aniqlab beradi,
pedagogik faoliyatning texnologikligini anglash usullarini taklif etadi. Hozirgi davr ta’lim texnologiyalari muammosi, pedagogik innovatsiya tajribalari ulami bir tizimga tushirish va aniqlashtirishni talab qiladi. Oliy maktab oldida pedagogik texnologiyalaming ilmiy asoslari, ulaming tasnifi, mohiyatini ochib berish va o‘quv jarayonining texnologikligi muammolarini ta’minlash masalasi turibdi.


Pedagogik texnologiyalarning ilmiy asoslari
Pedagogikaga oid adabiyotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, hozirgi davrda kutubxonasipedagogik texnologiya tushunchasi ta’lim amaliyoti va nazariyasi ilmidan mustahkam o‘rin egalladi, lekin uni pedagogikaning mukammal lug‘atlari
(tezaurus)dagi o‘rni hali noma’lumligicha qolib kelmoqda.
Pedagogik texnologiya tushunchasining shakllanishi va rivojlanishi tarixida
turli qarashlar mavjud bo‘lgan: u texnik vositalar haqidagi ta’limot deb, hamda o‘qitish jarayonini loyihalashtirilgan holda izchil va muntazam tashkil etish deb talqin qilingan. Hozir pedagogik texnologiyalarning bir qancha ta’riflari mavjud.
V.P. Bespalko pedagogik texnologiyani amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizjhn loyihasi sifatida belgilaydi. U pedagogik tizim texnologiyalar ishlab chiqish uchun asos boMadi, deb hisoblaydi. Bunda asosiy diqqat о‘quv-pedagogik jarayonni oldindan loyihalashga qaratiladi, didaktik vazifa va o‘qitish texnologiyalari tushunchasidan foydalaniladi.
Shu tariqa V.P. Bespalko o‘quv jarayonini loyihalash g‘oyasini ilgari suradi.
Afsuski, hozirigi qadar pedagogik texnologiya va loyiha tushunchalari haqida
aniqlik yo‘q.
Pedagogik texnologiya ta’lim jarayoniga jadallik bilan kirib borayotgan
bo‘Isa ham, uning maqomi noaniqligicha qolib ketmoqda. Tadqiqotchilaming
ishlarida fan va amaliyot oralig‘idan o‘rin egallamoqda.
N.F.Talizina har bir pedagog real pedagogik jarayonni tashkil etishdan oldin o‘quv jarayoni haqida texnologik darajada bilimlar tizimini bilib olgan boHishi shart deb hisoblaydi, U fan va amaliyot oralig‘ida tamoyillarni olg‘a suruvchi, metodlar ishlab chiquvchi, ulami izchil qo‘llash kabi masalalar bilan shug‘ullanuvchi alohida fan bo‘lishi kerak, deb hisoblaydi. Ularsiz pedagogik jarayon texnologiya real o‘qitish jarayoni sifatida asoslanmay qoladi.
Ayrim mualliflar o‘qitish texnologiyalariga fan va san’at oralig‘idagi fan deb qaraydilar, boshqalari uni loyihalash bilan bog‘laydilar. Shunday qilib, bir yondashuvda o‘qitish texnologiyalari o‘qitishning barcha vositalarini qamrab olgan qandaydir jihozlash sifatida ham belgilanadi. Unda texnologiya o‘quv jarayonini texniklashtirishni taqozo qiladi. Boshqa yondashuvda texnologiyaga ta’lim amaliyotini yangi yoki zamonaviylashtirilgan bilimlar bilan ta’minlashning usuli sifatida qarashga imkoniyat beradi. Bunda texnologiyaga ta’limning ilmiy tamoyillari va amaliyotini tatbiq etish sifatida qaraladi.
Texnologiya tushunchasi 60-yillardagi Amerika va G‘arbiy yevropada ta’Iimni isloh qilinishi bilan bog‘liq ravishda kirib keldi. B.Blui, J. Koroll, P.Ya.Galperin, V.I.Davidov, N.A.Menchinskaya, Z.I.Kalmikova, L.I. Zankov texnologiyalari mashliur. 0 ‘qitishni tashkil qilishning texnologik yondashuvlari V.P.Bespalko, N.F.Talizina, L.M.Fridman, Yu.N.Kulyutkina, G.S.Suxobskoy, T.V.Kudryavsev, A.M. Matyushkin, M.l.Maxmutov kabi aksariyat psixolog va didaktikachilarga taalluqlidir.
Pedagogik texnologiya o‘ziga xos va potensial yaratiladigan pedagogic natijalarga erishish uchun, pedagogik tizinuiing barcha tashkiliy tomonlariga aloqador nazariy va amaliy (ta’lim tizimi doirasida) tadqiqotlar sohasi sifatida belgilanadi. Pedagogik texnologiya mohiyatini yoritish uchun pedagog-didaktikachilar
tomonidan berilgan ta’riflaiga to‘xtalishni maqsadga muvofiq deb topamiz.

Download 8,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish