O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati



Download 8,94 Mb.
bet59/141
Sana10.07.2022
Hajmi8,94 Mb.
#768310
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   141
Bog'liq
ped komp majmua

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 6 apreldagi «Umumiy o‘rta
va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limining davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash to‘g‘risida»gi
187-sonli qarori // O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017. 14-son, 230-modda.
2. Safarova R. va b. O‘quvchilarda o‘zaro do‘stona munosabatlarga asoslanib hamkorlikda
faoliyat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirish jarayonini tashkil etish tamoyillari va parametrlari.
- T.: Fan va texnologiya nashriyoti, 2013. – 142 b.
3. Sharifzoda S. The use of an integrative approach in the formation of basic competencies
in students as a socio-didactic necessity // Journal of critical reviews ISSN- 2394-5125 vol 7,
issue 12, 2020 3115.
4. Egambergan Khudoynazarov, Jumanazar Yarmetov //Application of problem-based
teaching methods in the development of mathematical thinking skills of students. Psychology
and education (2021) 58(1): p
5. Husanov B., G’ulomov V. Muomala madaniyati / Darslik. – T.: “Iqtisodmoliya”, 2009
6. С.Т.Турғунов, Б.Х.Данияров, Д.М.Отажонова. Ўқитувчиларда касби
компетентлигини ривожлантиришда таълим муассаси раҳбарларининг
функционал вазифалари.”Сано-стандарт”, Тошкент.2011
7..Маърифат газетаси 2017-йил 8-февраль


9. Mavzu: Pedagogik imidj va kompetentlikni shakllantirishda axborot texnologiyasi tushunchasi va klassifikatsiyasi.
Reja:

              1. Pedagogik kompetentlikning klassifikatsiyasi haqida tushuncha

              2. Bugungi kundagi kompetentsiya turlari.

3. Таълимда интернетдан фойдаланиш маданиятини шакллантиришнинг
муҳим жиҳатлари.

Ta`lim-tarbiya jarayonida yangi davr boshlanmoqda. Bugungi kunda ta‟lim islohotlari orqali O„zbekistonda yangi Uyg„onish davri, ya‟ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratish asosiy maqsad qilib belgilandi. O„zbekistonda uchinchi Renessans uyg„onish davri, ya‟ni jamiyat hayotida har bir soha bo„yicha, shuningdek, ilm-fanda, ta‟lim-tarbiyada uzoq muddatli turg„unlikdan keyin qayta jonlanish, tez suratlarda rivojlanish, ijtimoiy ong va qadriyatlar tizimi yangi sifat bosqichigachiqishidir. Bu borada bugungi kunda mamlakatimizda ham muxtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida ta‟lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari muhokamasiga bag„ishlangan qator videoselektor yig„ilishlar o„tkazildi va joriy yilning 6 noyabr kuni qabul qilingan O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “O„zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta‟lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to„g„risida” gi PF-6108-son farmoni hamda “Ta‟lim-tarbiya tizimini yanada takomillashtirishga oid qo„shimcha chora-tadbirlar to„g„risida”gi qabul qarorida ta‟lim tizimini tubdan takomillashtirish bo„yicha aniq vazifalar belgilab berildi. Yoshlarga ta‟lim-tarbiya beruvchi pedagogkadrlar nafaqat bilimdon, balki, eng avvalo, yuksak insoniy sifatlar sohibi bo„lishi lozim. Darhaqiqat, talaba-yoshlarning fanga qiziqishi yoki kasb-hunar tanlashi, uni o„rganishi, malakali mutaxassis bo„lib etishishida ta‟lim-tarbiya beruvchilarning ma‟naviy qiyofasi, ahloqiy fazilati, kasb ma‟suliyati muhim ahamiyatga ega. Metodlar bo‘limi. Tarbiya maqsadi va vositalar yangilanishi o„quvchilarning ma‟naviy qiyofasida birmuncha o„zgartirishlarga sabab bo„lmoqda. Hozirgi vaqtda shaxsni shakllantirish uni jamiyat taraqqiyotining turli ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy tendensiyalari bilan tanishtirish asosida amalga oshiriladi. Ma‟naviy tarbiya, aslida, ajdodlar hayot tajribasini yoshlarga etkazishga va shu asosda ularning jamiyatda o„z o„rnilarini topishga imkon beradigan murakkab jarayondir.Bugungi kunda tarbiyaviy ishlar bo„yicha yangi konsepsiyani yaratishni hayotning o„zi taqozo etmoqda. Ta‟lim muassasalari tarbiyaviy jarayonni tashkil kilish va muvaffakiyatli davom ettirish uchun zarur bo„lgan tarbiyaviy ishlar uslublari, bilimlar, malaka va mahoratlar tizimi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va ularni tarbiyaviy ishlar amaliyotida qo„llash masalalari pedagogik jamoalariing eng muhim muammosi bo„lib kolmoqda. Ta‟lim muassasalarida o„quvchilar bilan olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning samaradorligini oshirish tarbiyaviy ishlar texnologiyasini to„g„ri tashkil kilish va qo„llashga bog„liq. Bu esa, o„z navbatida ta‟lim muassasalari uchun tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish uslubiyoti zamonaviy pedagogik texnologiyalar ishlanmalari asosida yaratishni talab etadi. Fikrimizcha, ta‟lim muassasalarining tarbiyaviy ishlar texnologiyasi ijodii faollik, mustakil fikrlash va moxirona harakatlarga io„naltirilgan bo„liish va tarbiyachi xamda o„kuvchilar tomonidan minimal kuch sarflagats xolda tarbiyaviy ishlar bo„yicha ko„iilgan maksadlarni egallashda eng faol shakl, usul va uslublardan foydalanish, tarbiyaviy jarayonni muvaffaqiyatli tashkil etuvchilarning doimiy va majmuaviy faoliyatining asosiy kismidan iborat bo„lishi kerak
Ma‟lumki, ta‟limning asosiy vazifalari - o„quvchi va talaba yoshlarga bilim berish, kasb-hunar o„rgatish, ularni etuk mutaxassis qilib voyaga etkazish. SHu bilan birga, bo„lajak pedagog-kadrlarning insoniy sifatlarini shakllantirish, kasbiga nisbatan ma‟suliyat hissini tarbiyalash, o„ta muhim vazifa bo„lib turibdi. Tarbiyaviy faoliyat borasida so„z ketganda kasbiy ma‟suliyat haqida gapirish mumkin. Kasbiga ma‟suliyat hissini oshirishda tarbiyaviy ishlarning o„rni judayam muhimdir. Bu maqsadlarga erishishda talaba ongiga ta‟sir etish zaruriyati mavjud. Inson ongiga ta‟sir ettirishda ta‟lim-tarbiyaning ahamiyati judayam yuqori o„rinni egallaydi. Ta‟lim imkoniyatlaridan keng foydalangan xalqning ijtimoiy va ma‟naviy imkoniyatlari tobora yuksalib boradi. Fan-texnika taraqqiyoti va yoshlarni hayotga tayyorlash muammosi ta‟lim-tarbiya jarayonida jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarni joriy etishni taqozo etmoqda. Hozirgi davrgacha bo„lgan vaqt mobaynida, oliy ta‟lim muassasalarida elektron axborot resurslarini yaratish hamda informatsion va ta‟limiy saytlar yaratish, o„quv jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy qilish bo„yicha etarlicha tajriba orttirilgan. Natijalar bo‘limi.Ta‟limni axborotlashtirish , ta‟lim jarayonida elektron ta‟lim resurslaridan foydalanish so„zsiz o„z samarali natijasini bermoqda. Shu o„rinda aytishimiz joizdirki , axborotlashgan ta‟lim tizimida nafaqat ta‟lim resurslari, balki elektron tarbiya resurslaridan ham foydalanish shubhasiz muhim hisoblanadi, chunki har qanday ta‟lim-tarbiya bilan uyg„unlashgandagina etuk ma‟naviyatga zamin bo„ladi. Bu esa o„z-o„zidan ta‟lim tizimi oldiga elektron tarbiya resurslari yaratish muammosini qo„yadi. Bugungi kungacha bo„lgan ta‟lim tizimidagi elektron resurslarning holati tahlili ko„rsatishicha, ta‟lim muassasalarining mahalliy tarmoq negizini faqatgina ta‟limiy saytlar hamda o„quv - metodik materiallar tashkil etadi. Shunday ekan, elektron ta‟lim resurslariga qo„shimcha elektron tarbiya resurslarini ham yaratish shubhasiz dolzarb va muhim hisoblanadi. Biz elektron tarbiya resurslarini maqsadiga ko„ra qo„yidagi turlarga ajratishimiz mumkin: -Ma‟naviy tarbiya elektron resurslari: Bunda milliy va umumbashariy qadriyatlarning mazmun-mohiyatini anglatuvchi, ota-bobolarimizning milliy urf-odat va an‟analarini targ„ib qiluvchi hamda o„zbek halqining, ma‟naviyatining buyuk namoyandalari Al-Xorazmiy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali Ibn Sino, Qozizoda Rumiy, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug„bek, Kamoliddin Behzod, Umar Hayyom va boshqa allomalarning ilmiy merosi, ma‟naviy-ahloqiy qarashlarida komil inson tarbiyasi haqidagi konsepsiyalari to„g„risida ma‟lumotlar keltiriladi.
-Axloqiy tarbiya resurslari: Axloqiy tarbiya jarayonida ko„proq o„gitnasihatlardan, buyuk allomalarning YUsuf Xos Xojibning “ Qutadg„u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibatul-haqoyiq”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Shayx Sa‟diyning “Bo„ston va Guliston”, Jomiyning “Bahoriston” i, Alisher Navoiyning “Hayratulabror” va “ Mahbubul-qulub”, Nizomul-mulkning “Siyosatnoma” kabi pandnoma, nasihatnoma tarzida yozilgan asarlaridan foydalanish. Estetik tarbiya resurslari: Xalq amaliy sa‟nati va hunarmandchiligi milliy qadriyat sifatida uzoq tarixga ega.Amaliy sa‟nat turlaridan o„ymakorlik (yog„och, ganch va mis o„ymakorligi), zargarlik, zardo„zlik, kashtado„zlik, kulolchilik kabilar yoshlarda go„zallikni his qilish tuyg„ularini shakllantiradi. Milliy ohanglarning estetik tarbiyadagi o„rni juda ham beqiyos. SHuning uchun ham halq ohanglari, nola va qochirimlarini va boshqa milliy zarblarni tinglagan kishi uni befarq tinglay olmaydi, unga mutelarcha ergashadi, qo„shilib hirgoyi qiladi, raqsga tushadi – musiqa uni o„z sehrli og„ushiga oladi. Mumtoz qo„shiqlar estetik tarbiya omili bo„lmasdan, o„ziga xos ma‟naviy tarbiya omili hamdir. -Jismoniy tarbiya elektron resurslari: Jismoniy tarbiya sog„liq garovi ekanligini bilgan holda turli jismoniy mashqlar haqida, ajdodlarimizning milliy sport turlaridan bo„lgan – kurash xaqida va yana salomatlik saboqlari asosida elektron saytlar yaratiladi.



Download 8,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish