1. Masofaviy o’qitishning afzalliklari.
Distantuslubining quyidagi afzalliklari mavjuddir:
a) o’qitishning ijodiy muhiti. Mavjud ko’pgi nauslublar asosida o’qituvchi ilm tolibini o’qitadi, o’quvchi esa faqat berilgan materialni o’qiydi. Taklif qilinayotgan distant metodi asosida esa o’quvchilarning o’zlari kompyuterlar asosida axborotlar bankidan kerak bo’lgan ma’lumotlarni qidirib topadi va albatta o’zlarining tajribalarini boshqalar bilan elektron tarmoqlar asosida almashadi. Bu esa o’quvchilarni boshqalar bilan yaxshi muloqotda bo’lishini ta’minlaydi va o’z o’rnida bunday mehnat ta’lim olishni rag’batlantiradi.
b) mustaqil ta’lim olishning imkoniyati borligi. Distant uslubi asosida ta’lim berish – boshlang’ich, o’rta, universitet, sirtqi-kechki va malaka oshirish bosqichlarini o’z ichiga oladi. Tayyorgarligi har xil darajadagi talabalar o’zlarining shaxsiy dars jadvallari asosida ishlashlari mumkin va o’zining darajasidagi talabalar bilan muloqotda bo’lishi mumkin.
v) ish joyidagi katta o’zgarishlar. Distant uslubi asosida ta’lim berish turi millionlab insonlarga, hammadan ham ishlab chiqarishdan ajralmasdan ta’lim olayotganlar uchun, qulay sharoit yaratib beradi. Bunday uslub asosida o’qitish kadrlarni tayyorlashda judayam katta rol o’ynamoqda, ya’ni jo’g’rofiy va moliyaviy qiyinchiliklarsiz o’zining ishlab turgan o’rnida ilm olishi mumkindir.
g) o’qitish va ta’lim olishning yangi va unumli vositasi. Statistik ma’lumotlar shuni ko’rsatmoqdaki, distant uslubi asosida ta’lim berish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda o’qish kabi unumlidir. Bundan tashqari, distant uslubi asosida ta’lim olish universitet tomonidan qo’yilgan chegaradan ham chetga chiqib ketadi. Bunday asosda ta’lim olayotgan talabalar yoki o’quvchilarning boshqalardan ustunligi – ularning eng yaxshi, sifatli materiallar va o’qituvchilar bilan ta’minlanishidir. Ta’lim berish va boshqarish uslubiyotiga asoslangan holda, o’qituvchi auditoriyada o’qitish shartlaridan holi bo’lishi kerakdir.
Masofaviy o’qitishda internet tarmog’ining roli.
Distant uslubi asosida o’qitishning o’quv qoidalaridan kelib chiqsak, talabalar internet to’ri orqali jahon bo’yicha sayyohat qilishlari mumkin. Shu bilan birga, ta’lim berish uslubining o’zgarishi bilan uning shakllari ham o’zgarishi shartdir.
Hozirgi kunda to’g’ridan-to’g’ri internet tarmog’iga kirish xizmati distant uslubi asosida ta’lim berish uchun elektron pochtalar, kompyuter konferentsiyalari va ma’lumotlarning elektron bazasida foydalaniladi. Axborotlashgan tezkor kanalning rivojlanishi yangi gipermedia tizimini berib, u o’z ichida internet tarmog’iga kirishning uchta asosiy xizmatini mujassamlashtiradi va foydalanuvchining interfeysini (muloqoti) yanada takomillashtirishga yordam beradi. Masalan, maltikast texnologiyalarining, konferentsiya vositalarining va multimedia kompyuterlarining mavjudligi internet tarmog’I orqali video konferentsiyalarni yo’lga qo’yishga imkoniyat berdi. Shunday qilib, bunday gigant axborotlashgan tarmoq, o’quvchilarning distant uslubi asosida zamonaviy bilim olishlari uchun vaqti yoki qayerda turganligiga qaramasdan keng sharoit yaratib beradi.
Internetning ikkita asosiy funktsiyasi bor. Buning birinchisi informatsion funktsiya bo`lsa , ikkinchisi esa kommunikatsion funktsiyadir .
Internetning informatsion funktsiyasi birinchi navbatda tarmoq foydalanuvchilariga talab etilayotgan axborotlarni tezkorlik bilan yetkazib berish bo’lsa, ikkinchidan u axborotlarni keng ommaga, jaxon miqyosidagini xoyatda tez sur’atda e’lon qilish ( nashr qilish ) imkoniyati mavjudligi bilan ifodalanadi . Internetning yuqori sifatlar bilan rivojlanishi ommaviy axborot faoliyatida va nashrchiligida keng imkoniyatlar ochib berdi . Masalan , internet yordamida N’yuYorkdagi yoki Frantsiyadagi eng sunggi xabarlarni Toshkentga yetkazib berish , gazeta va o’quv darsliklarni tayyorlash , nashr qilish , hamda ularni keng o’quvchilar ommasiga tarqatish, xozirgi mavjud usullardan bir necha o`n barobar arzon,tez va samaradorliroq bo’ladi .
Internetning kommunikatsion funktsiyasi foydalanuvchilarning masofadan turib o’zaro muloqat qilish imkoniyatini yaratib berilishi bilan ifodalanadi. Bunga misol tariqasida internet elektron pochtasi, internet-telefon va real vaqt oraligidagi bevosita xabar almashish, Chat – konferentsiya yordamida amalga oshirilayotgan muloqatlarni keltirishimiz mumkin. Bundan tashqari internetning kommunikatsion funktsiyasi uning foydalanuvchilariga video muloqat qilish , video konferentsiyalar uyushtirish , bir shahardan turib ikkinchi shahar ko’chalarini ( masofadagi Web – kameralar yordamida) tamosha qilish va muzeylarga tashrif buyurish, hamda tabiat manzaralaridan roxatlanish imkoniyatlarini beradi .
Vizualizatsiya (ko’rsatish, tasvirlash shakli) shakli bu – sub’ektiv hodisa, har bir odam o’zining shaxsiy obrazini yaratishga qodir. Ko’rsatiladigan obrazlarning eng asosiy unsurlari – nuqta, chiziq, shakl, yo’nalish, ohang, rang, qurilishi, hajmi, masshtab, harakatlardan iborat. Ma’lum bir o’quv fanida qo’llanilgan belgilar dinamik kasb etishi, muntazamlik kasb etishi lozim. Mashg’ulotlarning kirish qismida alohida dars o’tkazilib, ta’lim sohasini rivojlantirishda ana shu sub’ektlardan foydalanish, o’quv materiallari belgi va jadval usuliga qo’yilishi haqida, ularni qanday qo’llash to’g’risida tushunchalar beriladi. Dastlabki ma’ruzalar tushunchalar sifatida berilib, ular keyingi ma’ru-zalar uchun asosiy ustun bo’lib xizmat qilishi ko’zda tutiladi.
Multimedia darslik o’zida ko’pgina ma’lumotlarni mujassamlash bilan birga, bu ma’lumotlarni ekranda namoyish etadi, hamda ovoz yordamida izoxlaydi . Multimedia darslikning xususiyati u voqea va ma’lumotlarni yakqol aks ettiradi . Ya’ni multimedia voqea va ma’lumotlarni xayotiylashtiradi . Bu matn , video tasvir , multiplikatsiya , ovoz va musiqa yordamida amalga oshiriladi .
Do'stlaringiz bilan baham: |