58
G‗altak
kuchlanishi
U'
2
toklar rezonansi hodisasi sababli tarmoq toki
I
1
bilan egri chiziqli bog‗lanishli bo‗ladi (1.31-rasm, 1-egri chiziq). O‗zagi
to‗yinmaganligi uchun avtotransformatordan olinadigan kuchlanish U''
2
tarmoq
toki
I
1
ga proporsional bo‗ladi (2-egri chiziq). Agar avtotransformator va reaktiv
g‗altak parametrlari egri chiziqning magnit to‗yinishi qismida egri chiziq 1 bilan
abssissa o‗qi orasidagi burchak
α
, ya‘ni uning qiyaligi egri chiziq 2 qiyaligiga teng
qilib olinsa, stabilizatordan olinadigan kuchlanish o‗zgarmay
qolaveradi, ya‘ni
U'
2
–
U''
2
= const bo‗ladi.
U holda stabilizatordan olinadigan
U
2
kuchlanish qiymati
I
1
tokiga va,
demak, tarmoq kuchlanishiga (
U
t
ga) bog‗liq bo‗lmaydi (2 egri chiziq).
Odatda
stabillash diapazoni U
t
kuchlanishi nominal qiymatining 30% dan
oshmaydi. Bunday stabilizatorning foydali ish koeffiiienti 80 ’ 85% ga teng
bo‗ladi.
Stabilizatordan olinadigan kuchlanishning tarmoq kuchlanishi chastotasiga
hamda iste‘molchining quvvat koeffitsienti (sosφ) ga bog‗liq bo‗lishi, shuningdek,
undan olinadigan kuchlanish shaklining sinusoidadan boshqacharoq bo‗lishi
ferrorezonans stabilizatorlarning kamchiligi hisoblanadi.
1.13. AVTOTRANSFORMATORLAR
Chulg‗amlari elektromagnit bog‗lanishdan tashqari elektr bog‗lanishga
ham ega bo‗lgan transformatorning bir turiga avtotransformator deb ataladi. Katta
quvvatli yuqori kuchlanishli avtotransformatorlar (1.32-rasm) elektr
energetika
sistemasida kuchlanishlari bir-biriga yaqin bo‗lgan ikkita elektr tarmog‗ini
bog‗lash vazifasini bajarib, elektr quvvatini biridan ikkinchisiga o‗tkazishda
katta iqtisodiy samaraga erishiladi.
Transformatorda birlamchi chulg‗amdan ikkilamchi chulg‗amga to‗la
energiya elektromagnit vositasida berilsa, avtotransformatorda to‗la
energiyaning bir qismigina shu yo‗l
bilan uzatilib, energiyaning boshqa qismi
esa uning birlamchi va ikkilamchi zanjirlari elektr jihatdan ulanganligi tufayli
59
bevosita beriladi. Bu avtotransformatorda elektr energiyani
uzatish usulining
o‗ziga xos xususiyati hisoblanadi.
Avtotransformatorlar kuchlanishni pasaytiruvchi va oshiruvchi, bir fazali va
uch fazali, ikki chulg‗amli va uch chulg‗amli turlarga bo‗linadi. Agar
avtotransformator chulg‗amining «
AX
» uchlarini tarmoqqa ulab, uning «ax»
qismiga iste‘molchi ulansa – pasaytiruvchi avtotransformator(1.32-rasm), agarda
«
ax
»
qismini tarmoqqa ulab, «
AX
» uchlariga iste‘molchi ulanganda –
oshiruvchi avtotransformator bo‗ladi.
Kam quvvatli (masalan, kuchlanishni rostlagich) avtotransformatorning
bitta chulg‗ami bo‗lib, uning bir qismi ikkilamchi (yoki birlamchi) chulg‗am
vazifasini bajaradi. Bu holda chulg‗am sirtidan sirpanuvchi kontaktlar yordamida
ikkilamchi chulg‗am o‗ramlari sonini o‗zgartirib kuchlanish rostlanadi.
Katta
quvvatli
yuqori
kuchlanishli
avtotransformatorlar
uchun
chulg‗amlarning bunday konstruksiyasi to‗g‗ri
kelmaydi, chunki kontaktlar
katta tok yuklamasiga bardosh bera olmaydi. Shu sababli katta quvvatli
avtotransformatorlarda elektr jihatdan ulangan o‗zakda
bir xil balandlikda
joylashtirilgan ikkita chulg‗ami bo‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: