O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi


Musulmon va yevropa teatrlarining Turkistonga tashrifi va uning o‘lka madaniy hayotiga ta'siri



Download 111,82 Kb.
bet11/18
Sana29.05.2022
Hajmi111,82 Kb.
#615878
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
turkiston milliy jadid teatrining vujudga kelishi rivojlanishi va taqdiri-конвертирован

Musulmon va yevropa teatrlarining Turkistonga tashrifi va uning o‘lka madaniy hayotiga ta'siri


XIX asr oxirlaridan boshlab Turkiston madaniy hayotida bo‘layotgan o‘zgarishlar va jadidchilik harakatining keng quloch yoyishi o‘lkaga dastlabki xorij

54 Qarang: www.ziyonet.uz; Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. – Тошкент: ЎзМЭ, 2006. – Т. 8. – Б. 159.


teatrlarning kirib kelishiga zamin yaratdi. Jumladan, Turkistonga dastlab rus, ozarbayjon va tatar teatr truppalari kirib kela boshladi. Masalan, ilk teatrlardan biri
F. Nadler truppasining repertuari ko‘proq “qonli” va “dahshatli” melodramalardan, puch hajviy p’yesalar va yengil operettalardan iborat edi. Bunday spektakllarda teatr zalining yarmi bo‘sh bo‘lardi. N. I. Rjevskiy (1889 y.), V. I. Vasilev-Vyatskiy (1890–1893 yy.), N. D. Kruchinin (1894 y.) kabi antreprizlar o‘zlaridan oldingi hamkasblarining kuniga qolishdan va ko‘pchilik tomoshabinlardan mahrum bo‘lishdan qo‘rqib, repertuarlariga tanqidiy oqim namoyandalarya bo‘lgan rus va chet el avtorlarining eng yaxshi p’yesalarini kirita boshladilar. Masalan, Rjevskiy truppasi Toshkentda F. Griboedovning “Aqllilik balosi”, Gogolning “Revizor”, Suxov-Kobilinning “Krechinskiy to‘yi”, Molerning Tartyuf”, Gutskovning “Uriel Akosta” asarlarini sahnaga qo‘ydi. Vasilev-Vyatskiy truppasi tez-tez A. N. Ostrovskiy dramaturgiyasiga murojaat qilar edi55.
Havaskorlar teatrining repertuarida ham muhim o‘zgarishlar bo‘ldi, ziyolilar, mayda amaldorlar, o‘qituvchilar, vrachlar bora-bora bu teatrning asosiy tomosha- binlari bo‘lib qolgan edilar. Havaskorlar teatri mehnatkash aholi qatlamlarining didiga tobora aniqroq moslanib bordi. To‘garak va jamiyatlarning afishalarida rus dramaturgiyasi klassiklarining nomlari tez-tez uchraydigan bo‘lib qoldi.
XIX asrning ikkinchi yarmida soldatlarning havaskorlik to‘garaklari ancha keng yoyildi. 5-Orenburg kazaklar polki va 2-Turkiston o‘qchilar bataloni soldatlarining spektakllari Toshkentda ayniqsa mashhur edi. Ularning spektakllari bepul bo‘lardi. Repertuarida ko‘proq klassiklarning, avvalo, A. N. Ostrovskiyning p’yesalari mavjud edi. Turkiston o‘lkasidagi rus teatri mahalliy jamiyat madaniy hayotida tobora ko‘proq o‘rin oldi.

  1. asrning ikkinchi yarmida rus teatri o‘zbek xalqini yevropa madaniyatidan bahramand qilishda ijobiy rol o‘ynay boshladi. O‘zbek madani- yatining rivojlanishiga rus teatrining ta'sir ko‘rsatishidagi dastlabki bosqichda Furqat rus teatriga juda qiziqib qaradi. U o‘z vatandoshlariga murojaat

55 Qarang: Ўзбекистоннинг янги тарихи. Туркистон чор Россияси мустамлакачилиги даврида. – Тошкент: Шарқ, 2001. Т.1. – Б. 548.


qilib, teatr – kishining bilimini oshiradigan, ongini kengaytiradigan joy deb qaradi, rus teatrlarini maqtadi, rus teatrlarida o‘yin-kulgili, quvnoq voqyealar bilan birga ibrat bo‘ladigan, ta'lim beradigan ko‘rsatuvlar bo‘lishini ta'kidladi va o‘zbeklarni ham shunday teatrlarga borishga chaqirdi. Furqatning o‘zi Toshkentda yashagan chog‘larida tez-tez rus teatrlarini ko‘rib turar edi. 1890-yil 5- oktyabrda u Toshkentdagi teatr binosida N. I. Kulikovning “Suvorov Milan qishlo- g‘idagi so‘lim xotinlar orasida” degan p’yesasini ko‘rdi. P’yesa muallifi mavzuni va Suvorov obrazini juda primitiv hal qilganiga qaramay, bu spektakl Furqatda juda katta taassurot qoldirdi. Shoir teatrdan ilhomlanib, vatanparvar- sarkardaga va rus soldatining qahramonligiga bag‘ishlab “Suvorov” poemasini yozdi56.

  1. asrning boshi O‘zbekiston teatr san'ati tarixida muhim davr bo‘ldi. Turkistonning ekonomikasi, siyosiy va madaniy hayotida yuz bergan muhim o‘zgarishlar qadimgi o‘zbek teatrining ham, rus teatrishshg ham rivojlanishiga va ijodiy faoliyatiga kattagina ta'sir ko‘rsatdi. Bu davr shu bilan ashhurdir- ki, o‘zbek milliy yozma dramaturgiyasi paydo bo‘lib, Yevropa tipidagi o‘zbek teatri vujudga keldi.

Eski o‘zbek masxaraboz va qiziqchilar teatri yirik-yirik aktyorlarni yetishtirib chiqargan edi, bular orasida ajoyib komik va hikoyachi, raqqos va muzikachi, ko‘pdan-ko‘n hajviy asarlar muallifi Yusufjon qiziq Shakarjonov (1868–1959 yy.) ayniqsa zo‘r iste'dod egasi edi. Rafiq ota G‘oyibov, Orifjon Toshmatov (Orifjon garmonchi) va boshqalar shu yillardagi ko‘zga ko‘ringan aktyorlardan edilar. Qo‘g‘irchoqbozlar G‘afur aka Xolqarol, Isroil Orif va Po‘lat Doniyorovlar, Tursunboy Abdujabborov va boshqalarning dong‘i ketgandi. Bu avlodga mansub bo‘lgan aktyorlarning san'atida yangi, o‘ziga xos tomonlari bor edi.
O‘rta Osiyo Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinganidan so‘ng oradan ko‘p o‘tmay, Turkistonga rus tsirki (ot o‘yini) kirib keldi. Ot o‘yin egalari ko‘proq daromad olish payida bo‘lib, XIX asrning 90-yillaridayoq xalq o‘rtasida

56 Qarang: Ўзбекистон ССР тарихи. – Тошкент, 1971. – Б. 501.


nomi chiqqan o‘zbek qiziqchilari, dorbozlari. fokuschilari va shu kabilarni dam- badam ot o‘yiniga torta boshladilar. Chunonchi, XX asr boshlarida Turkistonda rus-o‘zbek aralash o‘nga yaqin sirk truppalari paydo bo‘ldi (Dobrujinskiy, Mansurov, Yupatov sirklari va boshqalar)57.
Ot o‘yinida birgalashib ishlash masxaraboz-qiziqchilarga umuman foydali bo‘ldi. O‘zbek xalq artistlari yangi, rus tomoshabinlari orttirdilar, qiziqchilik repertuarlarini kengaytirdilar va artistlik texnikasi usullarini boyitib oldilar. Ular aralash jamoalarda o‘yinga chiqqanlarida endi rasm bo‘lib kelgan eski qiziqchiliklari bilangina cheklanib qolmadilar. Rus masxarabozlaridan mahalliy tilni yaxshi biladiganlari o‘z repertuarlaridagi qiziqchilik matnini tarjima qilishda o‘zbek artistlariga yordamlashdilar, bulardan ayrimlari keyinchalik mahalliy turmushga moslanib yangidan ishlandi. Keyinroq borib qiziqchilar rus sirk namunalariga qarab o‘z original nomerlarini tuza boshladilar.
1902-yilda rus tsirk texnikasini yaxshi bilib olgan o‘zbek artistlari eski korporatsnya asosida mustaqil truppa tashkil qilib, Shobarot Mansurboevni oqsoqol qilib sayladilar. Bu sirk o‘n -yil ishladi. Bu jamoa qatnashchilari orasida Shakarjonov, G‘oyibov va mashhur sovet sirk ustasi Karim Zaripovlar bor edi. Bu truppada rus artistlari ham ayrim tomoshalar ko‘rsatardilar.
1917-yildan oldin o‘zbek adabiy dramaturgiyasi va Yevropacha milliy teatrning paydo bo‘lishiga rus teatri juda katta ta'sir ko‘rsatdi, mamlakatda va Turkistonda milliy ozodlik harakatlarining o‘sishi bilan bu teatrning ijodi ochiq- oydin ijtimoiy-siyosiy tus oldi.
Bu jihatdan Z. A. Malinovskaya truppasining faoliyati ayniqsa ibratlidir. Bu truppa 1903 -yil dan boshlab to 1917 -yil dagi oktyabtr qadar har yili Turkiston o‘lkasiga kelib turard i. Dast labki uch mavs umdayoq bu truppa A. M. Gorkiyning “Meshchanlar”, “Tubanlikda”, “Chorboqchilar”, “Quyosh farzandlari” p’yesalarini, A. P. Chexovning “Ivanov”, “Olchazor”, “Otashin qalb”, “Uch hamshira” p’yesalarini, A. N. Ostrovskiyning “Sepsiz kelin” p’ yesasini, A.
N. Tolstoyning “Ivan Grozniyning o‘limi”, “Podshoh Fyodor Ivanovich” va

57 Qarang: Қодиров М. Ўзбек халқ томоша санъати. – Тошкент, 1981. – Б. 56.


“Podshoh Boris” trilogiyasini, A. S. Griboedov, N. V. Gogol, A. V. Suxov- Kobilinning komediyalarini, F. Shillerning “Makr va muhabbat”, “Orlean qizi”, “Vilgelm Tell” dramalarini, V. Shekspirning “Yuliy Sezar” tragediyasini, G. Ibsenning “Doktor Shtokman” p’yesasini, rus hamda jahon dramaturgiyasining boshqa eng yaxshi asarlarini sahnaga qo‘ydi58.
Bu spektakllar o‘lka ijtimoiy va madapiy hayotida shuning uchun ham kattagina rol o‘ynadiki, ularni yaratishda jadidlar rus ijodkorlari bilan birga qatnashdi. Masalan, N. I. Sobolshchikov-Samaryn bu yerda artistlik va rejissyorlik qildi. “Chorboqchilar”da uning Basov rolini ijro etishi rus teatri tarixida juda katta voqyea bo‘ldi. “Vilgelm Tell” p’yesasida ozodlik uchun kurashuvchi yorqin jasur jangchi obrazini yaratgan D. F. Smirnov demokratik tomoshabinlarning zo‘r muhabbatiga sazovor bo‘ldi. G. S. Galitskiy Gorkiy dramaturgiyasini to‘g‘ri tushunganligi bilan ajralib turardi.
O‘sha zamonlarda rus teatrida faoliyat ko‘rsatgan ko‘pgina arboblar ishchilar va mehnatkash ziyolilarning mitinglarida, yig‘ilishlarida sidqidillik bilan spektakllar va konsertlar uyushtirdilar. 1905-yilda Toshkentda gastrolda bo‘lgan mashhur artist Mamont Dalskiyning siyosiy nutqlarini hikoya qiladigan hujjatlar saqlanib qolgan. Bu artist otashin nutq so‘zlab, mahalliy garnizon soldatlarini qo‘zg‘olon ko‘tarishga va milliy ozodlik harakatlari tomoniga o‘tishga da'vat qilgan. L. B. Yavorskaya truppasidagi bir qancha artistlar M. V. Morozov qamalishi oldidan uni tabriklab o‘tkazilgaya tantanada ishtirok etganlar.
1904-yilda Turkistondagi eng eski havaskorlar jamoalaridan biri – drama san'ati havaskorlari jamiyati a'zolaridan A. N. Strechenevskayaning tashabbusi bilan havaskorlar Orenburg-Toshkent temir yo‘l ustaxonasida yangi ochilgan choyxonani yangidai jihozlab spektakllar qo‘yib turdilar. Temir yo‘l ishchilari va xizmatchilarini rus klassiklari va zamonaviy dramaturgiya bilan tanishtirib bordi- lar. 1905-yilda jamiyatning ishchilar rayonidagi faoliyati muntazam tusga kirdi. Havaskorlar kollektivi ishchilarga Ostrovskiyning “Kambag‘allik ayb emas”,


58 Qarang: Раҳмонов З. Ўзбек театри тарихи (XVIII асрдан XX аср аввалигача ўзбек театр маданиятининг тараққиёт йўллари). – Тошкент, 1968. – Б. 109.


“Aybsiz aybdorlar” p’yesalarini, dahshatli 1917-yil oktyabr kunlarida bo‘lsa M. Gorkiyning “Tubanlikda” p’yesasini ko‘rsatdi59.
V. F. Komissarjevskaya 1910-yil boshlarida dekadentlar teatri bilan aloqasini uzil-kesil uzganda Turkiston shaharlarida gastrolda bo‘ldi. Aktrisa teva- rak-atrofda hukm surib turgan shart-sharoitlar bilan chiqisha olmaydigan, jamoat vijdonini hayajonga soladigan, norozilikka da'vat qiladigan qahramon ayollar obrazini yaratdi. Mahalliy gazetalarda aktrisaning spektakllari haqida pay- do bo‘lgan maqolalarda ijtimoiy kurashdan bosh tortgan ziyolilar qoralangan edi.
1908-yil 2-mayda Toshkentda paydo bo‘lgan “Volna” (“To‘lqin”) dramatik jamiyati xalq ommasiga ma'rifat berishda, o‘lka ijtimoiy hayotini uyg‘otishda juda katta rol o‘ynadi. Jamiyatga havaskor artist va rejissyor P. M. Voronin rahbarlik qilardi. Bu jamoa o‘z oldiga “xalq uchun spektakllar qo‘yish” maqsadini qo‘yib, rus klassiklari p’yesalarini, asosan A. N. Ostrovskiy asarlarini sahnaga qo‘yish ustida qunt bilan juda ko‘p ishlar olib bordi.
“Volna” jamiyati 1910-yil 7-fevralda Pushkin jamiyati bilan birgalikda Xalq teatri, o‘sha yili 17-oktyabrda esa Xalq uyi ochdi. Toshkentda Xalq uyining ochilishi va uning teatrida muttasil klassik repertuarning ko‘rsatilishi juda muhim voqyea bo‘ldi. Xalq uyining ishlari ustidan diqqat bilan nazorat qilib yurgan mahalliy politsiyaning xalq uyi ishchilar va soldatlar orasida targ‘ibot olib borish joyi bo‘lib qolgan”, bunda ular erkin gaplar gapiradilar, kundalik voqyealarni tanqid qiladilar, deb yozganligi bejiz emasdi. Hukmdorlar “Volna” va “Pushkin” jamiyatla-rini tarqatib, Xalq uyini bekitib qo‘yishga majbur bo‘ldi. Biroq Xalq uyi g‘oyalari o‘lkaning hamma tomonlariga yoynlgan edi. Toshkentliklarning prinsipiga muvofiq Samarqand, Qo‘qon va Turkistondagi boshqa shahar va qishloqlarda xalq teatrlari tuzildi60.
Teatr bora-bora mahalliy aholi hayotiga kirib mustahkam o‘rnasha boshladi. 1911-yildan, Turkistonga tatar va ozarbayjon professional teatrlari gastrolga kela


59 Qarang: Раҳмонов З. Ўзбек театри тарихи… – Б. 110.


60 Qarang: Ўнгбаева Б. Ўзбекистонда театр санъати тарихи ҳақида баъзи мулоҳазалар / “Ўзбекистонда археология ва этнология фанларининг тараққиёти ва истиқболлари” мавзусидаги Республика илмий-амалий анжумани материаллари. – Тошкент, 2012. – Б. 272–276.
boshlagan vaqtdan o‘lkada teatr hayoti yanada ko‘proq jonlanib ketdi. Bular orasida eng kattalari: “Sayyor” truppasi (rahbari Abdulla Qoriyev) va “Nur” trugshasi (rahbarlari Qosim Shomil bilan S. Izzatullina-Voljskaya edilar), Ozarbayjon sahnasining ajoyib ustasi Guseyn Arablinskiy rahbarligi ostidagi teatr va kompozitor Uzeir Hojibekov tuzgan Boku sozandalar jamoasi edi. Shunisi ajoyibki, bu teatrlarning ba'zi bir spektakllarida havaskor o‘zbeklar qatnashdi61. Masalan, Ozarbayjon muzika teatri Toshkentda 1916-yilda sahnaga qo‘ygan “Layli va Majnun” spektaklida Mahsuma Qorieva qatnashdi. U keyinchalik XX asr o‘zbek teatrining atoqli san'atkori darajasiga ko‘tarildi.
Yevropacha o‘zbek milliy teatrini vujudga keltirish ishlarini jadidlar o‘z qo‘llariga olish payidan bo‘ldilar, ular o‘zbek tilida dramatik asarlar yaratishga harakat qildilar. Bu jihatdan jadidlarning Turkistondagi rahbarlaridan biri bo‘lgan Behbudiy juda faol ish olib bordi. Uning yozgan “Padarkush” p’yesasi 1914–1916
-yil larda o‘lkaning ba'zi bir shaharlarida sahnaga qo‘-yil gan edi.
Jadidlar ko‘p p’yesalarida har turli zararli urf-odatlarni tanqid qildilar, insonlik sha'niga dog‘ tushiradigan qusurlarni qoraladilar, ulardan ba'zi birlari xotin-qizlarni himoya qilib chiqdilar.
Jadid dramaturgiyasi va teatrlarining muammosi shunda ediki, ularning aksariyatida dasturlar bir xillik kasb etar edi. Dramaturgiya asarlari va havaskor truppalari orasida ma'lum ma'rifatparvarlik g‘oyalari elementlarini tarqatganlari ham bor bo‘lganini ko‘rsatib o‘tmoq lozim. Bunday p’yesalarning muallif- lari Abdurauf Shohidiy, Abdulla Qodiriy, G‘ulom Zafariylar edi, teatrda esa Tosh- kentdagi “Turkiston” havaskorlar truppasini tuzgan Abdulla Avloniy edi.
1917-yil arafasida o‘zbek dramaturgiyasida tug‘ilib kelayotgan demokragik va chinakam ma'rifatparvarlik oqimini boshlab bergan va uning eng mashhur namoyandasi Hamza Hakimzoda Nieziy bo‘ldi. Hamzaning birinchi p’yesasi “Zaharli hayot” yoxud ishq qurbonlari” yozuvchining o‘zbek milliy madaniyati- ning buyuk g‘oyalari bilan, eski milliy teatrning eng yaxshi an'analari hamda rus

61 Qarang: Ўзбекистон ССР тарихи. – Тошкент, 1971. – Б. 502.


demokratik dramaturgiyasi va teatrning ilg‘or g‘oyalari bilan bog‘langanligidan dalolat berib turardi62.
Hamza o‘sha yillardagi dramaturgiyada odamlar orasidagi tengsizlik- ni yo‘qotishning to‘g‘ri yo‘llarini qidirgan edi. “Zaharli hayot” p’yesasidagi pafos dunyoda ijtimoiy adolat tantanasini ko‘rish ishtiyoqidan iborat edi63.
Hamzaning mohiyati va ruhiy jihatdan o‘lkadagi eng yaxshi rus teatr jamoalariga yaqin bo‘lgan o‘zbek drama teatri tuzish borasidagi ishlari ham 1917-yil dan oldingi davrga taalluqlidir. Hamza 1915-yildayoq Qo‘qonda havaskorlar truppasi tashkil qilishga kirishgan edi, bu truppa Qo‘qonning yangi shahrida bir necha spektakllarni sahnaga qo‘ydi. Truppa repertuari Hamzaning asarlaridan va Ozarbayjon hamda tatar dramaturglarining tarjima qilingan p’yesalaridan iborat edi.



    1. Download 111,82 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish