O‘zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi



Download 0,87 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/48
Sana21.06.2022
Hajmi0,87 Mb.
#689617
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48
Tadqiqot materiali
vazifasini ingliz va o‟zbek tillarida yozilgan badiiy 
asarlar matni o‟tadi: 14 dan ortiq asarlardan 100 dan ortiq misol yig‟ildi va ular 
turli guruhlarga taqsimlangan holda tahlil qilindi. 
Tadqiqotning nazariy va amaliy ahamiyati. 
Uning natijalaridan ingliz 
tilini o‟qitishning nazariy kurslarida va amaliyotida foydalanish imkoniyatida 
ko‟rinadi. Tadqiqotda bildirilgan fikr-mulohazalar ingliz va o‟zbek tillari 
grammatikasi darsliklarida mavjud bo‟lgan sinonimik strukturalar sintaksisiga oid 
qator muammoli masalalar yechimini topish imkonini beradi. Bundan tashqari, 
dissertatsiya materialidan, ayniqsa, uning pragmalingvistik tahlilga oid qismidan, 
nutqiy muloqot sintaksisi sohasidagi qo‟llanmalarni yaratishda va maxsus 
mashqlar to‟plamlarini tuzishda foydalanish tavsiya qilinadi. 
Tadqiqot natijalari asosida quyidagi 
xulosaviy mulohazalar himoyaga 
taqdim etiladi

1. Sinonimik sintaktik strukturalar hozirgi zamon ingliz tili sintaksis 
qurilishining umumiy qonuniyatlari asosida shakllanadigan alohida turdagi nutqiy 
qurilmadir. 
2. Sinonimik sintaktik strukturalar qismlari o‟rtasidagi semantic munosabat 
voqeligida ketma-ket kechayotgan hodisalarni mantiqan qiyoslash yoki qarama-
qarshi qo‟yish asosida namoyon bo‟lsa, sintaktik munosabat esa tashqi koordinativ 
aloqa, ya‟ni teng bog‟lanish ko‟rinishini oladi. 
3. Sinonimik sintaktik strukturalarning paradigmatik tasnifi ularning 
sintaktik mazmuni haqida faqat dastlabki ma‟lumotni beradi, ushbu qurilmalarning 


13 
lisoniy mohiyatini to‟liq o‟rganish uchun sistem-strukturaviy va kommunikativ 
xususiyatlar yaxlit majmua sifatida talqin qilinishi lozim. 
4. Sinonimik sintaktik strukturalar qismlari o‟rtasidagi mantiqiy 
munosabatlar temporal (zamon), sabab-oqibat, shart kabi ko‟rsatkichlarga ega 
bo‟lsa, ular orasida hosil bo‟ladigan mazmuniy munosabatlarda o‟xshatish, 
solishtirish va birikish ma‟nolari ifodalanadi. 
5. Qismlar o‟rtasidagi shakliy simmetriya va ma‟no mutanosibligi 
hodisalari sinonimik sintaktik strukturalarning semantik-strukturaviy turlarini 
farqlashning asosiy ko‟rsatkichidir. 
6. Sinonimik sintaktik strukturali qurilmalari vositasida muloqot jarayonida 
murakkab tarkibli nutqiy harakatlar ifoda etiladi va ushbu turdagi nutqiy harakatlar 
shakllanishida tinglovchiga maqsadli ta‟sir o‟tkazish rejasi asosiy o‟rinni egallaydi. 
7. Koordinativ munosabatdagi murakkab nutqiy harakatlar tarkibida 
birikayotgan sodda harakatlar pragmasemantik ma‟no jihatdan o‟zaro bir-birini 
to‟ldirish, aniqlash munosabatlarida bo‟ladi. Ma‟lum muloqot sharoitida 
ifodalanadigan kommunikativ maqsad faollashuviga binoan qismlar o‟rtasida 
o‟ziga xos yetakchilik va tobelik munosabatlari ham yuzaga kelishi mumkin. 
8. Murakkab nutqiy qurilmaning matn tuzilishidagi ishtiroki uning 
tarkibidagi deyktik vositalarning o‟rni va ifodalanayotgan pragmatik ma‟no 
xususiyatlari bilan bog‟liq. 
9. Sinonimik sintaktik strukturalarning muloqot matnidagi faollashuvi 
jarayonida yuzaga keladigan qismlarning o‟rin almashinuvi, takrorlanishi, 
qisqarishi, 
darajalanishi 
kabi 
hodisalar 
ushbu 
nutqiy 
qurilmalarning 
pragmalingvistik mohiyatini shakllantiruvchi vositalardir.

Download 0,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish