O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
«ELEKTRONIKA VA AVTOMATIKA» fakulteti
«Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari» fanidan
KURS ISHI
Tekshirdi: ____________________________
Bajardi: ____________________________
QARSHI – 2022
BOB NAZARIY QISM
Gazlarning tarkibini tahlil qilishning xromotografik usullari.
Xromotografik gaz analizatorlarining tuzilishlari
Xromotografik gaz analizatorlarining tuzilishi va prinsipial sxemasi
BOB AMALIY QISM
Xulosa
Foydanilgan adabiyotlar
NAZARIY QISM
Gazlarning tarkibini tahlil qilishning xromotografik usullari
Gaz analizatorlarining ko‘rib o‘tilgan hamma turlari gaz aralashmasidagi faqat bitta komponentning konsentratsiyasini aniqlashga imkon beradi. Xromatografik gaz analizatorlari (xromatograflar) ulardan farqli ravishda gaz aralashmasini to‘la tahlil qilishga, ya’ni bu aralashmani tashkil etuvchi hamma gazlarning konsentratsiyasini aniqlashga imkon beradi.
Xromatografik ajratish yo‘li bilan ko‘p komponentli gaz aralashmalarini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan asboblar xromatograflar deb ataladi.Ularning prinsipial sxemasi 1-rasmda keltirilgan.64009
1-rasmda Xromatografik gaz analizatorining sxemasi va korinishi
O‘lchash jarayoni xromatografda ikki bosqichda o‘tadi: oldin aralashma alohida komponentlarga ajratiladi, so‘ngra aralashmadagi har qaysi komponentning miqdori o‘lchanadi.Gaz aralashmasini ajratish kolonkasi 2 da sodir buladi.
Bu kolonka yupqa naychadan iborat bo‘lib, o‘z sirtidagi gazlarni ushlab olish va tutib turish xususiyatiga ega bo‘lgan modda — sorbent bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Tahlil qilinayotgan gazning dozator 1 da o‘lchab olingan porsiyasi davriy ravishda eltuvchi gaz deb ataladigan yordamchi gazning uzluksiz oqimiga berib turiladi. Kolonka orqali aralashma porsiyasi haydalganida tegishli komponentlarga ajraydi. Ajralish gazlarning turlicha absorbsiyalanishi tufayli yuz beradi. Absorbsiyalanish qancha yuqori bo‘lsa, eltuvchi gaz molekulalarini sorbent sirtidan shuncha qiyinlik bilan ajratib oladi. Shuning uchun eltuvchi gaz kolonkaga to‘xtovsiz kirib turib, undan kompomentlarni navbati bilan siqib chiqaradi: oldin aralashmaning kuchsiz absorbsiyalanadigan komponenti, so‘ngra qolganlarini. Shunday qilib, kolonkadan haqiqatan olganda binar aralashma chiqadi, uning komponentlardan biri eltuvchi bo‘lib, boshqasi tahlil qilinayotgan aralashma bo‘ladi. Binap aralashmalar detektor 3 yordamida tahlil qilinadi. Detektorlarning eng ko‘p tarqalgan turlaridan biri termokonduktometrik gaz analizatorlaridir. Detektorning chiqish signali qayd etuvchi asbob 4 ga beriladi.
Gazlarni tahlil qilish uchun gaz absorbsion va gaz taqsimlash xromatografiya usullari eng ko‘p tarqalgan. Bularning birinchisida harakatchan faza — gaz va qo‘zg‘almas faza — maydalangan qattiq modda bo‘ladi. Ikkinchi xil asboblarda harakatchan faza — gaz va qo‘zg‘almas faza — g‘ovak asosga surkalgan suyuqlik bo‘ladi. Gaz-absorbsion xromatograflarda komponentlarning ajralishiga ularning qo‘zg‘almas qattiq faza sirtiga turlicha absorbsiyalanishi, gaz taqsimlash xromatograflarda esa qo‘zg‘almas suyuq fazada turlicha erishi sabab bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |