38.Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlari maktabga tayyorlov guruhlarida qurish yasash.
Reja:
1. Maktabga tayyorlov guruhda bolalarni qurish-yasashga o’rgatishning maqsad va vazifalari..
2. Tayyor qurilish materiallaridan qurish-yasash.
3.Bolalarni qog’ozdan qurish-yasashga o’rgatish.
4. Maktabga tayyorlov guruhda qurish-yasashga o’rgatishning dastur mazmuni Maktabga tayyorlov guruhi uchun qurish- yasash mashg’uloti.
Mashg’ulotning mavzusi: Chiqindi materiallardan yuk mashinasini qurish- yasash.
Mashg’ulotning maqsadi:
Talimiy maqsadi: Bolalarga transport turlari va ularning ahamiyati haqida tushuntirish.Transport turlari detallarini ajratish va ularning nomini aytishga, chiqindi materiallarini qo’llagan holda bolalarga foydali va chiroyli o’yinchoqlar yasashni o’rgatish.
Tarbiyaviy maqsadi: Bolalarga nafosat tarbiyasini berish, material va jihozlardan to’g’ri foydalana olish malakasini hosil qilish, bolalarning ijodiy tasavvurlari va qobiliyatlarini rivojlantirish.
Kerakli jihozlar:
O’yinchoq yuk mashinalarining namunalari, yuk mashinasining qo’lda tayyorlangan nushasi, qaychilar, yelim, yelim surtish uchun mo’yqalam, gazlama bo’lagi, gugurt qutichalari, qog’oz qiyqimlari, g’altaklar, rangli qo’g’ozlar.
Mashg’ulotning borishi:
Tarbiyachi mashg’ulotni boshlashdan oldin bolalarga bir she’r aytib beradi.
Vaqtim yo’q hol so’rashga
Dud, dudut,
Shoshilyapman garajga
Dud, dudut,
Jim ketyapman o’ng qo’ldan
Dud, dudut,
O’ralashma, qoch yo’ldan
Dud, dudut.
Tarbiyachi: Bolalar she’r nima haqida ekan?
Bolalar: Avtobus haqida.
Tarbiyachi: Bolalar avtobus nimaga kiradi?
Bolalar: Transport turiga.
Tarbiyachi:Sizlar yana qanday transport turlarini bilasiz?
Bolalar: Trolleybus, tramvay, yuk mashinalari.
Tarbiyachi: Transport turlari qanday turlarga bo’linadi?
Bolalar: Yerda yuruvchi, suvda suzuvchi, osmonda uchuvchi.
Tarbiyachi: Judayam donosiz-da, bolalar. Bugun biz mashg’ulotimizda sizlar bilan chiqindi materiallaridan yuk mashinasini qurib yasaymiz.Bolalar chiqindi materiallarga nimalar kiradi?
Bolalar: Qutilar, baklashkalar, gugurt qutilari, g’altaklar.
Tarbiyachi dastavval yuk mashinasining o’yinchoq nusxasi va qo’lda yasalgan namunasini ko’rsatib, ularning asosiy qismlari va bo’laklarini izohlaydi.So’ng yuk mashinasini gugurt qutichalaridan yasash yo’llarini amaliy ravishda ko’rsatib, tushuntirib beradi.Rasmga qarab mustaqil ravishda yuk mashinasi yasashni taklif etadi. Bolalarning tushunchalarini yanada mustahkamlash uchun 2-3 ta savol berib, sinab ko’riladi. Mustaqil ish bajarishga kirishgan bolalarni saralab yurib ularga kerakli yordam va ko’rsatmalar beradi. Tayyor bo’lgan o’yinchoq mashinalar bir joyga yig’ib boriladi. Bolalar endi men sizlarga topishmoq aytaman.Topinglarchi?
Kattaligi uy kabi
G’izillashib ketadi.
Minib tushar odamlar
Joy-joyiga yetadi. (Mashina).
Qush emas qanoti bor,
Burgutdan zo’r haybati bor
Uchsa lochin yetolmas.
Tolmas zo’r qanoti bor. (Samalyot)
Chavkar otim guv etdi.
Fazoni yorib ketdi. (Raketa).
Mashg’ulotning yakuni:Mashg’ulot so’ngida barcha bolalar mashinalar to’plab qo’yilgan joyga taklif etilib, yaxshi va yomon ishlangan o’yinchoq yuk mashinalari tahlil etiladi. Bunda bolalar yaxshi chiroyli va yomon ishlangan o’yinchoqlarni o’zaro solishtirib, tahlil etishlari lozim.
Savol va topshiriqlar:
1.Amaliyot jarayonida maktabga tayyorlov guruhda qurish-yasash faoliyatini qurilish konstruksiyalash markazida kuzatish.
2.Maktabga tayyorlov guruh uchun dastur asosida qurish- yasash faoliyati loyihasi yozish.
3.Dastur mavzulari asosida qog’ozdan qurish yasash namunalari yasash.
Do'stlaringiz bilan baham: |