23
2.
Muzey fondlarini saklash, kuriklash yunalishidagi tadkikotchilik. Muzey faoliyatining
asosiy yunalishlaridan biri muzey predmetini kelgusi avlodlarga etkazish uchun
saklash va kuriklashdir. Bu soxani yanada rivojlantirish doimiy izlanishlarni talab
etadi. Bu borada konsevatsiyalash va kayta tiklash ishlari xam olib boriladi. Faoliyat
natijasini yanada yaxshilash esa tabiiy fanlar yutuklaridan doimiy xabardor bulish va
ulardan keng foydalanish, kuplab tajribalar olib borish vazifasini kuyadi.
3.
Muzey kommunikatsiyasi yunalishidagi tadkikotchilik. Bu yunalishdagi tadkikotchilik
uziga xos xususiyatlariga kuyidagi guruxlarga bulinadi:
•
kurgazmalilik yunalishidagi tadkikotlar muzey eksponati fakat ilmiy axborot berish
kobiliyatiga emas, balki uziga xos tomoshaboplik, kurgazmalilik xususiyatiga xam ega
bulishi kerak. Muzey kurgazmasi badiiy-me`moriy jixatdan mukammal echimga ega
bulishi, tomoshabin didi va saviyasi talablarga javob bera lishi xam zarur. Muzey
kurgazmasini badiiy-texnik echimini ishlab chikayotgan paytda tomoshabinlarning
jismoniy imkoniyatlarii xam xisobga olinishi xam muxim axamiyat kasb etadi. Misol
uchun eksponat joylashtirilayotgan paytda tomoshabinlarning urtacha buyi, kurish
kobiliyati, kurish maydoni, maydonni yoritilish mikdori, tomoshabinlar yunalishi
(marshruti) va boshka jixatlar e`tibordan chetda kolmasligi shart. Aynan shu
yunalishdagi muzey faoliyatini rivojlantirib borish bir kator tabiiy fanlar va dizeyn
mutaxassislari bilan birgalikda doimiy tadkikotlar olib borishni talab etadi.
•
Muzey pedagogikasi tadkikoti. Muzey ta`lim-tarbiyaviy jarayon xam muzey
faoliyatining asosiy yunalishlaridan biridir. Bu yunalishda muzey pedagogikasi muxim
urin tutadi. Muzey pedagogikasi tadkikoti muzeyning ta`lim-tarbiyaviy jarayonini
yanada rivojlantirish, yangi uslublarni yaratish va kullash yunalishida izlanishlar olib
boriladi. Fakat muzey kurgazmasi jarayonida pedagogik faoliyat olib borish bilan
cheklanmasdan, jamiyat talabiga karab turli uchrashuvlar, tugaraklar, kuchma
kurgazmalar tashkil etish va uni yukori darajada utkaza olish xam muzey pedagogik
faoliyati va tadkikoti natijasidir.
•
Sotsiologik tadkikot. Muzey fondidan tularok, kengrok foydalanish va ularning
samaradorligini yanada oshirish uchun sotsiologik tadkikot xam zarur buladi. Bu uslub
aslida muzeyshunoslikda utgan asrning 30-yillaridan boshlab kullanila boshlagan.
Sotsiologik tadkikot muzey faoliyatini xalk orasida kanday ta`sirga ega ekanligini, uni
samaradorlik darajasini aniklab beradi. SHuningdek, bu tadkikot natijasida muzeyga
asosan axolining kanday yoshdagi kismi, katlami tashrif buyurayotganligi va ular
asosan kaysi predmetlarga yoki mavzularga kizikayotganligi ma`lum buladi. Bu esa
muzeyning yakin kelajakdagi rejalarini tuzishda, uni ishini tugri tashkil kilishda va
zamon talablariga moshlashtira olishda, rakobatbardosh bulishda katta axamiyatga
egadir. Sotsiologik tadkikotlarni doimiy ravishda va keng mikiyosda olib borayotgan
muzeylar — uz kelajaklarini ta`minlayotgan, muzeylarning rakobat maydonida uz
urinlarini mustaxkamlab borayotgan muzeylardir.
•
Psixologik tadkikot. Muzey faoliyatini uz urnilarnini jamiyat psixologiyasini, axoli
katlamlari psixologiyasini doimiy urganib, kuzatib borish va muzey ishini tashkil
etishda shu urganish va kuzatish natijalarini xam xisobga olish muxim axamiyatga ega.
Psixologik tadkikot natijalari muzeyning barcha bulimlari uchun, jumladan muzey
pedagogikasi, muzey kurgazmalarini badiiy-me`moriy jixatdan tashkil etish ishlarida
xam katta yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: