Nazorat va mulohaza uchun savollar
1. Reklama marketing kommunikasiya dastagi ekanligi haqida gapirib bering.
2. Sotishni rag’batlantirishning tovarni siljitishdagi ahamiyati nimada?
3. Sotishni rag’batlantirishning qanday shakllari bor?
4. Marketing kommunikasiyalarining qanday vositalarini bilasiz?
5. Xaridor va sotuvchilarga ta’sir etish uslublari qaysilar?
14-MAVZU. REKLAMANING MOHIYATI, VAZIFALARI VA TURLARI
14.1.Reklamaning mohiyati
14.2.Reklama vazifalari va turlari
14.3. Reklama murojaatnomasi, uning shakllari va vositalari
14.1.Reklamaning mohiyati
Muvaffaqiyatga erishish uchun firmalar yaxshi va sifatli tovarlarni chiqaribgina qolmay, iste’molchilarga ularning afzalliklari to’g’risida har tomonlama ma’lumot berishi va o’z tovarlarining iste’molchilar ongida aniq mavqelantirishga erishishga harakat qilishlari kerak. Buning uchun korxonalar birinchi navbatda reklama vositalaridan to’g’ri foydalanishni bilishi alohida ahamiyatga ega.
Hozirgi zamon bozori to’kin-sochinlik, mo’l-ko’l tovarlar va xizmatlarning mavjudligi bilan ajralib turadi. Hozirda xaridorlarga taklif etiladigan mahsulot, buyumlarning assortimenti va xizmatlar turi g’oyat katta. Ishlab chikaruvchi esa iste’molchidan uzoqda. Iste’molchi va ishlab chiqaruvchi o’rtasida bevosita muloqot yo’q. Bunday sharoitda xaridorni tovar bilan, uni iste’mol etish usullari va xususiyatlari bilan tanishtirish zaruriyati paydo buladi. Bunday tanishtirish esa albatta oldi-sotdi yuz berishi uchun qulay sharoit yaratadi. Demak, muvaffaqiyatga erishish uchun firmalar yaxshi va sifatli tovarlarni chiqaribgina qolmay, iste’molchilarga ularning afzalliklari to’g’risida har tomonlama ma’lumot berishi va o’z tovarlarining iste’molchilar ongida aniq mavqelashtirishga erishishga harakat qilishlari kerak. Buning uchun korxonalar birinchi navbatda reklama vositalaridan to’g’ri foydalanishni bilishi alohida ahamiyatga ega.
«Reklama» so’zi lotin tilidan olingan bo’lib («reclamare» — baqiriq, dodlash), quyidagi ma’noga ega:
— mashhurlikni yaratish maqsadida kimdir yoki nimadir haqida ma’lumotlarni tarqatish;
— biror narsaga keng mashhurlikni yaratish, iste’molchi va xaridorlarni jalb qilish maqsadida amalga oshiriladigan tadbirlar.
Reklama - tovarlar va xizmatlarning ular ishtirokisiz anik buyurtmachi xisobidan takdim etish va olga surishning turli shakllaridir.
Reklamaning moxiyati - ishlab chikaruvchi manfaatidan kelib chikib xaridorda tovarni sotib olishga undovchi tasavvur uyg’otish. Reklama ishlab chiqaruvchi va xaridor o’rtasidagi aloqachidir.
Reklama iste’molchida tovarga nisbatan ijobiy munosabat uygotish va uni sotib olishga ishonch uyg’ota olishi lozim. Reklama xaridorlarga tovarni tashvikot kiladi. Reklama - keng ommani xabardor kilish usulidir.
Reklama - bu san’at. Kunda, har zamon, har soatda katta miqdordagi odamlar ongiga, fikriga ta’sir ko’rsatuvchi san’atdir.
Reklama bu qiziq xislatli san’atki, unda ham rassomlik, ham she’riyat, ham badiiy so’z va grafika, xaykaltaroshlik va musiqa, ham teatr va arxitektura uyg’unlashib, qo’shilib, chatishib ketadi. Reklama nafaqat bulardan, balki xozirgi zamon fan va texnikasi, jumladan : kompyuter o’yinlari, multiplikasiya, animasiyadan ham foydalanadi.
Reklamani aniqlashda ikkita qarama-qarshi yondashuv ma’lum. Birinchi (tor) yondashuvga ko’ra, reklama deganda faqat muayyan tovar foydasiga tashviqot qiladigan pulli, bitta yo’nalishli, noshaxsiy murojaatlar tushuniladi. Ikkinchi (keng) yondashuvga ko’ra reklama deganda ishlab chiqaruvchi (xaridor) yoki uning vakillarining potensial xaridor (iste’molchi)ga har qanday murojaati tushuniladi.
O’zbekiston Respublikasining 1998-yil dekabridagi «Reklama haqida»gi Qonunida qayd etilishicha, «reklama — huquqiy va jismoniy shaxslar yoki mahsulot haqidagi bevosita yoki bilvosita foyda olish maqsadida tarqatiladigan maxsus axborotdir». Bunda reklamaga qo’yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar ko’rsatiladi: qonuniylik; aniqlik; haqqoniylik; reklama iste’molchilariga ma’naviy yoki jismoniy zarar keltirmaydigan shakl va vositalardan foydalanish.
«Reklama haqida»gi Qonun reklamani ishlab chiqish va tarqatish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlarning huquqiy ta’minotini tartiblashtiradi. Uning asosiy maqsadi shundan iboratki, reklama vositasida huquqiy yoki jismoniy shaxslarga zarar etkazishi mumkin bo’lgan, iste’molchilarni mahsulotning tayyorlanish harakteri, usullari va joylari, iste’mol xususiyatlari, sifatlari yoki mahsulotning boshqa tavsiflari, uni realizasiya qilish shartlari haqidagi yolg’on yoki noaniq, shuningdek, jamoatchilik manfaatlariga va fikrlashiga ta’sir qilishi mumkin bo’lgan ma’lumotlar tarqatilishining oldini olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |