O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


Talab - bu xarid qobiliyati pul bilan ta`minlangan ehtiyoj



Download 1,21 Mb.
bet5/102
Sana26.03.2022
Hajmi1,21 Mb.
#511359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi (1)

Talab - bu xarid qobiliyati pul bilan ta`minlangan ehtiyoj.
Talab - ehtiyojning shakllangan turi. ehtiyoj xar bir insonda hayotiy faoliyatni tashkil qilish va rivojlantirish borasida biron-bir buyumga, tovarga, xizmatga tug’ilgan zaruratning ifodasidir.
ZARURAT - EHTIYOJ - (PUL ORQALI) - TALAB
Ehtiyoj hozirgi davrda tez shakllanib bormoqda. Bunga asosiy sabab hayotiy jarayonlarning tez sur`atlar bilan o‘zgarib borishidir. Shuning bilan birga, inson xayotini yaxshilash zarurati bir tomondan, nihoyatda tez sur`atlar bilan o‘sayotgan ilmiy-texnika taraqqiyoti ikkinchi tomondan, ehtiyojning talab darajasiga ko‘tarilishiga ta`sir ko‘rsatmoqda. Marketing faoliyatining bozordagi asosiy bosqichlari aynan ehtiyoj va talabning shakllanishidan boshlanadi. Talabning miqyosi tovar narxlari va to‘lovga qobil talab darajasiga bog’liq. To‘lovga qobil talab ishlab chiqarishning rivojlanish darajasi, taqsimot usullari, aholining yashash sharoitlarini aks ettiradi. Aholining xarid qobiliyati bozorda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shunday qilib, talab jamiyat ehtiyojlarining hajmi va tarkibini aks ettirib, aholining to‘lov qobiliyati bilan chegaralangan.
Pul bilan qondirilgan ehtiyoj talab hisoblanadi. Aynan, talab tovar va xizmatlarning ishlab chiqaruvchidan iste`molchiga yetkazuvchi vositadir. Talab marketing majmui elementlari bilan bog'liqdir. Bularga: mahsulot, narx, iste`molchiga tovarni etkazish, tovarni sotish.
Har bir marketing majmui elementi talabga ta`sir qiladi, ammo qaysisi birlamchi ekanligi konkret holatga bog'liq. Masalan, puli bor iste`molchilar uchun sifat birlamchi, narx ikkilamchi, kam daromadli iste`molchilar uchun aksincha, narx birlamchi. Juda band insonlarga tovarlarni etkazish masalasi muhim, vaholanki nisbatan bo'sh vaqtga ega kishilar do'kon aylanishga imkoni bor. Demak, talabga ta`sir qiladigan omillarga iste`molchilarning daromadlari, ularning tavsiflari, hayot tarzi, tovar va xizmatlarning xususiyatlari kiradi.
Ehtiyojlarning tavsifiga qarab talabning quyidagi turlari mavjud:
1. Kundalik talab - nisbatan tez vaqt oralig'ida iste`mol qilinadigan va tez-tez sotib olinadigan tovarlarga bo'lgan talabdir. Bularga oziq-ovqat mahsulotlari, xo'jalik mollari, kosmetik tovarlar, transport xizmatlari kiradi. Bunday talab barcha iste`molchilar tomonidan amalga oshiriladi.
2. Maxsus talab - faqat ba`zi holatlarda, uzoq vaqt oraliqlarida vujudga keladigan talabdir. Bularga: kiyim-kechak, poyafzal, texnika, mebel, alkogolli ichimliklar kiradi. Xizmatlarga bunday talab ma`lum bir holatlarda kuchayadi: texnikani ta`mirlash, avtomobillarni ta`mirlash, hordiq chiqarish muassasalari. Masalan, kollektsionerlar tomonidan sotib olinadigan tovarlarga talab ham maxsus talab hisoblanadi.
3. Nufuzli talab - ijtimoiy ahamiyatga ega tovar va xizmatlarga talab. Nufuzli tovarlar o'zining tovar markasi, imiji, ma`lum bir assortimentga tegishli ekanligi Bilan farqlanadi. Masalan, oziq-ovqat mahsulotlari orasida baliq ikrasi, qimmatbaho vinolar, shokoladli konfetlar kiradi, yana qimmatbaho taqinchoqlar, po'stinlar, avtomashinalar shular jumlasidandir.
4. O'zgaruvchan talab - turli sabab va omillar (ob-havo, mavsum, bayramlar) natijasida o'zgarib turadigan talabdir. Mavsumiy talab o'zgaruvchan alabga misol bo'la oladi. Masalan, yozgi, kuzgi va qishki kiyim-kechaklar, sport anjomlariga talab bunga misol bo'la oladi.
Bundan tashqari to'liq, ortiqcha, salbiy talab ham mavjud. Talab o‘zgaruvchi xususiyatga ega. Vaqt oralig’ida talabning rivojlanishi, ya`ni talabning hayot davri mavjud bo‘lib, uni bir necha bosqichlarga bo‘lish mumkin:

  1. Talabning shakllanish davri - bu davrda bir nechta firmalar raqobat kurashida tarmoqdagi birinchilikni egallashga harakat qiladilar.

  2. Talabning o‘sish davri - ko‘pchilik firmalar ichidan faqat ayrimlari qolib, ular yuqori foyda ola boshlaydilar.

  3. Talabning susayish davri - talabning to‘yinganlik alomatlari paydo bo‘lib, taklif talabdan ortib ketadi va raqobatda kuchsiz firmalar bozorni tashlab keta boshlaydilar.

  4. Talabning barqarorlik davri - talab to‘la qondirilib bo‘lingan va ishlab chiqarishda ortiqcha kuvvatlar paydo bo‘ladi.

  5. Talabning so‘nish davri - tashqi muhitning turli omillari talabning pasayishi, ba`zida umuman yo‘kolishiga sabab bo‘ladi.

Bozorda talabning bunday jarayonlarni bosib o‘tishi muqarrardir. Buning asosiy sababi yangi tovarlar yaratilishining tabiiyligidadir.



Download 1,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish