Qabul kilish – bu atrof olamni tushunish maqsadida axborotni ajratish, tashkillashtirish va tushunish jarayonidir. Qizig’i shundaki, kishi sezgilari orqali (ko’rish, eshitish, hidlash, ta’m sezish) va tashqi qo’zg’atuvchilar yordamida bir axborotni qabul qiladi, ammo har qaysi inson uni turlicha tushunadi. Kimgadir sergap sotuvchi juda kirishimliday tuyulsa, kimdir uni chalg’itish maqsadida shunday qilyapti, deb o’ylashi mumkin.28
Kishilar tashqi qo’zg’atuvchilarga nisbatan 3 xildagi harakatni amalga oshiradilar:
Tanlab olish
Tanlab o’zgartirish
Tanlab eslab qolish
Tanlab olish. Kishilar kuniga ba’zida mingdan ortiq reklama e’lonlariga duch keladilar. Lekin ularning hammasini eslab qolish mumkin emas: qaysinisidir kishi sezadi, qaysisinidir yo’q. Buning uchun reklama beruvchining vazifasi reklama e’lonini iloji boricha boshqalaridan ajratib ko’rsatish, kerakli joyda joylashtirishdan iborat.
Tanlab o’zgartirish. Hattoki sezilgan taqdirda ham reklama beruvchining fikri kishi tomonidan tushunilmay qolishi mumkin. Har bir kishi unda mavjud axborot doiralariga boshqa axborotlarni sig’dirishga, moslashtirishga harakat qiladi. Aniq bir maqsad bilan do’konga kelgan iste’molchini ba’zida salbiy axborot berish bilan ham fikrini o’zgartirib bo’lmaydi.
Tanlab eslab qolish. Kishi qabul qilgan axborotlarining ko’pchiligini unutib yuboradi va faqat uning fikrlarini qo’llab-quvvatlovchisinigina eslab qoladi.
Iste’molchilarning bunday harakatlari marketologlarni axborotni etkazishga katta kuch sarflashlarini talab qiladi.
Ishonch. Bu iste’molchining tovar xususiyatlariga ishonishi, ular haqida bilishi, boshqalarning fikrlariga tayanishidir. Biror fikrga ishonch xaridga ta’sir qilishi yoki ta’sir qilmasligi mumkin.
Munosabat. Dunyodagi barcha narsalarga nisbatan har bir kishining o’z shaxsiy fikri bor. Bu din, siyosat, kiyim, musiqa, taom va h.zo.
Munosabat - insonning o’zida mavjud bilimlar doirasida ma’lum bir ob’ektga nisbatan ijobiy yo salbiy fikrlari, hissiyotlari va hatti-harakatlari.
Munosabat bir qancha elementlardan tashkil topganki, birtasining o’zgarishi boshqalarini ham o’zgartirib yuboradi. SHu sababli, munosabatni o’gartirish mushkul va serxarajat ishdir. Ko’pincha firmalar mavjud munosabat doirasida o’z tovarlarini kiritadilar. Lekin ba’zida firmalar munosabatni o’zgartirishdek murakkab ishni amalga oshirishga ham harakat qiladilar.
Masalan: “Xonda” o’z motosikllari bilan amerika bozorlariga chiqish davrida uning oldida 2 yo’l bor edi, - birinchisi: mavjud bozorlarga chiqish; -ikkinchisi: yangi bozorlarni egallash. Ikkinchi yo’l juda serxarajat va natijasi noaniq edi, chunki amerikaliklar motosikllarga nisbatan salbiy munosabatda edilar. Motosikllar qora charm kurtkalar, qurol va jinoyatchilik bilan bog’langan holda kishilar ongiga singgan edi. Ammo “Xonda” yangi reklama kampaniyasi va “Xonda” ni eng go’zal insonlar haydaydi” shiori bilan kishilarning motosikllarga munosabatini tubdan o’zgartirdi.29
Do'stlaringiz bilan baham: |