Qang‗, Dovon va Kushon davlatlari.
Tadqiqotchilarning fikriga qaraganda,
Salavkiylar sulolasi bilan doimiy ravishda olib borilgan kurashlar natijasida mil.avv.
III asrning boshlarida Qang‗ davlati paydo bo‗ldi. Keyinchalik Yunon-Baqtriya
davlati hamda ko‗chmanchi qabilalar bilan kurashlar natijasida Qang‗ davlati yanada
mustahkamlandi va ayrim manbalarda O‗rta Osiyodagi yirik davlatlardan biri sifatida
eslatiladi. Bu davlatning asosiy negizini Sirdaryoning o‗rta oqimida yashovchi
qang‗lar tashkil etganlar. Mil. avv. II asrning boshlariga kelib Qang‗ davlatining
yerlari birmuncha kengayib sharqda Farg‗ona vodiysi (Dovon), shimoli-sharqda
usun, yuechji qabilalari bilan shimoli-g‗arbda Sarisu daryosi, g‗arbda, Sirdaryogacha
1
Никита Макаренко.Александрия Оксианская открыто в Сурхандарье. «Газета.уз»25 авг.2019 г.
56
borgan. Bu katta hudud Toshkent vohasini, Talas vodiysini va qisman Chu
vodiysining quyi oqimidagi yerlarni o‗z ichiga olib Qang‗ davlatining asosiy yerlari
hisoblangan, Mil.avv.II-I asrlarda qang‗liklar Amudaryo va Sirdaryo oralig‗idagi
yerlarni va Xorazmni o‗zlariga bo‗ysundiradilar
.
Qang
‗
davlati.
Qadimgi manbalarda Qang‗ davlat hokimiyati qay tarzda idora qilinganligi
haqida aniq ma‘lumotlar berilmagan. Katta Xan sulolasi tarixida (mil.avv. 202-mil.
25 yy.) faqat bir marta Qang‗uy (Qang‗) podshosi o‗z oqsoqollari bilan
maslahatlashib ish tutganligi eslatib o‗tiladi. Tadqiqotlar natijalaridan xulosa
chiqaradigan bo‗lsak, Qang‗ davlati kengashida qabila boshliqlari, harbiy sarkardalar
faol ishtirok etganlar. Podsho saroyi qoshidagi kengashda davlatning ichki hamda
tashqi siyosati va boshqa barcha muqim masalalar maslaqat bilan hal qilingan.
Qang‗ davlatiga qarashli erlar bir necha viloyatlarga bo‗linib ularning har birini
alohida hokim boshqargan. Viloyat boshliqlari jobu yoki yobu (Xitoy manbalarida-
chjavou) deb atalgan. Qang‗ hukmdorlari mamlakatni ana shu jobularga tayanib idora
etgan. Bu viloyatlarning ko‗pchiligi Qang‗ davlatining kuchaygan davrlarida, ya‘ni,
mil.avv. II-I asrlarda tobe etilgan. Xitoy manbalarida qang‗arlarga qarashli beshta:
Suse, Fumu, Yuni, Gu, Yuechyan viloyatlari eslatib o‗tiladi. Tadqiqotchilar ularni
qadimgi Toshkent, Sug‗diyona va Xorazm hududlarida joylashgan deb hisoblaydilar.
Manbalarda Qang‗ podsholarining ikkita: yozgi va qishgi qarorgohlari eslatiladi.
Ular yozni O‗trorda (hozirgi Qozog‗istondagi Aris va Turkiston oralig‗ida) qishni esa
Qang‗a (qanxa, qozirgi Toshkent viloyati O‗qo‗rg‘on tumanida) o‗tkazganlar. O‗troq
aholidan tashqari Qang‗ davlatining chegaralarida bir qancha qabilalar mavjud bo‗lib,
ular dehqonchilik bilan bir qatorda chorvachilik bilan ham shug‗ullanib kelganlar.
Ular bahor va yoz mavsumlarida o‗z chorvalari bilan ko‗chib, yozgi yaylovlarda
yashaganlar. Qishda esa chorvalari bilan o‗z an‘anaviy qishlov joylariga qaytib
kelganlar. Qang‗lar podsholari va beklari yirik chorvadorlar bo‗lib, ular issiq kunlarni
yaylov joylarida, yozgi qarorgohlarida o‗tkazganlar.
Sirdaryoning o‗rta oqimida yashovchi aholining ma‘lum qismi mil.avv. III-
milodiy V asrlarda o‗troq hayot kechirganlar. Arxeologik tadqiqotlar natijalariga
qaraganda, O‗tror, Oqtepa, Qorovultepa, Qovunchi, Choshtepa, Mingo‗rik xarobalari
o‗rnida qanharlarning qo‗rg‗onlari va ko‗xna shaharlari bo‗lgan. Toshkent vohasida
yashovchilar asosan dehqonchilik va bog‗dorchilik bilan shug‗ullanganlar. Ular arpa,
bug‗doy, tariq, no‗xat, sholi va boshqa donli ekinlar etishtirganlar. Mevali daraxtzor
va uzumzorlari ko‗p bo‗lgan. Sirdaryoning o‗rta oqimida yashovchi qanharlar asosan,
dehqonchilik va chorvachilik bilan shug‗ullanganlar.
Qoramozor, Qurama va Chotqol tog‗larida temirchilik, misgarlik hunarining
rivojlanishi uchun kerakli ma‘danlar bo‗lgan. Bu joylardan juda ko‗plab mis, temir,
kumush va boshqa metallar olingan. Ustalar turli metallarni bir-biriga qo‗shib,
mustahkam qurollar yasashni ham o‗zlashtirganlar. Shuningdek, kundalik ehtiyoj
buyumlari ishlab chiqarilib ichki va tashqi savdo uchun turli mahsulotlar
tayyorlangan.
Qanharlarga xos madaniyat Toshkent vohasidagi Qovunchitepadan topib
o‗rganilgan bo‗lib, fanda qovunchi madaniyati nomi bilan mashhurdir. Arxeologik
topilmalar ma‘lumotlariga qaraganda bu madaniyat asosan Toshkent vohasi, Sirdaryo
57
o‗rta oqimi, Ettisuv va Shimoliy Farg‗onada keng tarqalgan. Sirdaryoning o‗rta
oqimida yashovchi xalqlarning Sug‗diyona, Farg‗ona va Tyanshan tog‗ining shimoli-
sharqiy qismida yashovchi xalqlar bilan yaqin aloqada bo‗lganligi tufayli qovunchi
madaniyati ancha taraqqiy etgan.
Milodiy V asr o‗rtalariga kelib qanharlar yeridagi o‗troq va qisman o‗troq aholi
O‗rta Osiyoda yangidan tashkil topgan Eftalitlar davlatiga tobe bo‗ldilar
Do'stlaringiz bilan baham: |