27
yozilgan. ―Avesto‖ shu tariqa yuzaga kelgan. Bir qator olimlar zardo‗shtiylik
aqidalariga tayanib ―Avesto‖ni ilk sosoniylar (III-IV asrlar) davriga bog‗lasalarda,
shunga qaramay uning birinchi tahriri mil. avv. I asrda bo‗lib o‗tgan deb hisoblanadi.
―Avesto‖ (―Asos‖, ―Asosiy matn‖) jumlasi ham o‗sha paytda paydo bo‗ladi.
―Avesto‖zardushtiylik dinining muqaddas kitobi bo‘lib ,1000 fasldan iborat,21
kitobni o‘z ichiga olgan, ilk yozmasi 8300000 so‘zdan iborat bo‘lgan.Olib borilgan
tadqiqotlar natijalariga qaraganda, ilk temir davri O‗rta Osiyo hududlarida madaniy
hayot, milliy urf-odatlar, an‘analarning rivojlanganligini kuzatishimiz mumkin.
Shunday an‘analardan biri Navro‗z bayramidir.
Navro‗z qadim avlodlarimizdan bizgacha etib kelgan muqaddas urf-odatlardan
bo‗lib, uni bayram qilish O‗rta Sharq va O‗rta Osiyoda qadimdayoq rasm bo‗lgan.
Asrlar o‗tishi bilan Navro‗z bilan bog‗liq an‘analar xalqlar va elatlar o‗rtasidagi
iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojlanishi zaminida keng yoyila borib, ko‗p
o‗lkalarning an‘anaviy milliy bayramiga aylandi.
Narshaxiyning ma‘lumot berishicha, ―Navro‗z - Yangi yil bayramini o‗tkazish‖
an‘analari boshlanganiga uch ming yildan o‗tgan. Ingliz olimasi M.Boys fikricha,
zardo‗shtiylarda ―olov hamda ezgulik homiysi Asha Vahishta sharafiga bahoriy udum
- Navro‗zni o‗tkazish an‘anasi paydo bo‗lgan‖. Beruniyning yozishicha, ―Navro‗z
yangi yilning birinchi kuni bo‗lib, uning forscha nomi ham shu ma‘noni taqozo etadi.
Eronliklar o‗tmish zamonlarda yillarni qabisali oylarga bo‗lishgan. Bu vaqt
quyoshninng Saraton burjiga kirish paytiga to‗g‗ri kelar edi. So‗ngra u orqaga
surilgach, bahorda keladigan bo‗ldi. Endi u butun yil unga xizmat qiladigan bir
vaqtda, ya‘ni, bahor yomg‗irining birinchi tomchisi tushishidan gullar ochilguncha,
daraxtlar gullashidan mevalari etilguncha o‗simlik unib chiqa boshlashidan
takomillashguncha davom etgan vaqtda keladi. Shuning uchun Navro‗z olamning
boshlanishi va yaratilishiga dalil qilingan.‖
Xulosa qilib aytadigan bolsak, ―Avesto‖ dunyodagi muqaddas kitoblar orasida
eng nodir kitob bo‘lib,u o‘zbek xalqining betakror davlatchilik tarixi va madaniy-
merosini yoritishida asl manba hisoblanadi.Dunyoning eng qadimgi dinlaridan biri
zardushtiylikning muqaddas kitobi‖Avesto‖ning jaxon madaniyati va dinlar tarixida
tutgan o‘rnini hisobga olgan holda, hamda UNESKO Bosh konferensiyasining 1999
yil noyabr oyida Parijda o‘tgan 30-sessiyasining ―Avesto‖ yaratilganligining 2700
yilligini dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qaroridan kelib cniqib,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2000 yil,29 martdagi ―Avesto‖
yaratilganligining 2700 yilligini nishonlash to‘g‘risida‖gi qarori tarixiy ahamiyatga
ega bo‘ldi.
1
‖Avesto‖yubileyi o‘lkamizda keng nishonlandi.
Markaziy Osiyo xalqlari tarixiga e‘tibor beradigan bo‘lsak, bizning mintaqamiz
xalqlarini ming yillik qardoshlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari bog‘lab turadi.
Bizni tarix, din, umumiy madaniyat va an‘analar birlashtiradi. 2017 yil 11 noyabrda
Samarqand shahrida o‘tgan «
Do'stlaringiz bilan baham: