O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


davlatni boshqarish ma‘muriyatini



Download 5,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/214
Sana26.03.2022
Hajmi5,61 Mb.
#510659
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   214
Bog'liq
fayl 1841 20210917

davlatni boshqarish ma‘muriyatini 
joriy qilish bo‗ldi. Bu 
islohotga binoan davlatni idora qilish 
saroyi
(dargoh) va 10 ta 
devon
(harbiy -fuqaro 
mahkamalari) tashkil etildi.
Somoniylar hukmdorligi davrida vazirlik mansabiga asosan shu ikki sulola 
vakillari tayinlangan. Davlat majmuini dargoh va devonlarga bo‗linishi ma‘lum 
darajada rasmiy bo‗lgan. Chunki saroyning nufuzli kishilari ko‗p xollarda 
devonlarning ishlariga aralashib turganlar.
Devonlar orasida vazir yoki «xo‗jai buzruk» devoni alohida o‗rin tutgan. Bu 
devonga boshqa hamma devonlar bo‗ysungan. U hamma ma‘muriy, siyosiy va 
xo‗jalik mahkamalarini nazorat qilgan. Shuningdek, ―mustaufiy devon‖, ―Devon 
Amir-al-mulk‖ yoki ―al-rasayi‖, ―Sohib ash-shurat‖ va boshqalar ham devondagi turli 
sohalarni idora qilishgan. 


89 
Devonlarning aytarli hammasini viloyatlarda boshqarmalari bo‗lgan. Viloyat 
va tumanlar amir tomonidan tayinlangan hokimlar tomonidan idora qilingan. 
Somoniylar davlatining diniy hayotida hanafiylar mazhabiga mansub ruhoniylar 
hamma diniy lavozimlarni o‗z qo‗llariga olishgan. Ruhoniylarning boshlig‗i ―ustod‖, 
keyinchalik ―Shayx ul-islom‖ deb atalgan. ―Ustod‖ dan so‗ng o‗z lavozimi bo‗yicha 
ruhoniylar orasida―xatib‖ turgan.
Yer egaligining quyidagi shakllari mavjud bo‗lgan: mulki sultoniy, xususiy 
shaxslarga tegishli mulk, vaqf mulklari, jamoa mulki. 
Xiroj hajmi shariat va davlat qonunlari asosida belgilangan. Somoniylarning 
birgina Buxoro va Karmana viloyatlari xirojidan tushgan daromadi 116866 dirxamni 
tashkil qilgan.
Xuroson va ayniqsa, Movaraunnahr dehqonchilik o‗lkalari qatoriga kirgan. 
Bu erlarda dehqonchilik asosan sun‘iy sug‗orishgaasoslangan. Ko‗plab soy va 
daryolardan chiqarilgan katta-kichik kanallar mavjud bo‗lgan. Buxoro vohasida 
Shopurkon, Shohrud, Karmana, Poykand, Samarqand vohasida Barj (Darg‗om), 
Barmsish, Buzmadisoy, Ishtixon kabi kanallar shahar va qishloqlarni suv bilan 
ta‘minlagan.
Somoniylar davrida Metallurgiya sohasida ham katta yutuqlar qo‗lga 
kiritilgan. Yozma manbalar va olib borilgan arxeologik qazish ishlarga qaraganda bu 
davrda kon sanoati taraqqiyotida katta o‗zgarishlar ro‗y bergan. Bu davrda 
Badaxshonda kumush, oltin, billur, lojuvard kabi qimmatbaho Metall va toshlar qazib 
olish davom etgan. Ustrushonaning Mink tumanida katta miqdorda temir rudasi, 
Buttamdaoltin, kumush, mis va boshqa Metallar, Tuzkon ko‗lida tuz, Farg‗onadagi 
Nokad degan joydan oltin, kumush, Isfara yaqinida toshko‗mir qazib olingan. 
Farg‗onada neft ham borligi yozma manbalarda qayd qilingan.
O‗rta Osiyoda somoniylar davrida qog‗oz ishlab chiqarish ham yaxshi 
rivojlangan. Qog‗oz ishlab chiqarish bo‗yicha eng yirik markaz Samarqand bo‗lib, 
undagi qog‗ozlarning mahsuloti faqat O‗rtaOsiyo yoki Sharqda emas, balki Evropada 
ham mashhur bo‗lgan. Samarqand qog‗ozining olti navi manbalarda qayd qilingan.
Yozma manbalarda qayd qilinishicha, bozorlar katta-kichik shaharlarda va 
hatto qishloqlarda bo‗lgan. Ayniqsa, karvon yo‗llari bo‗ylab joylashgan, shaharlarda 
bir nechtadan bozorlar bo‗lgan. Buxoro, Xo‗jand, Nasaf, Kesh, Termiz, Hirot, Marv, 
Nishopur shaharlaridagi bozorlar katta va juda gavjum bo‗lgan.

Download 5,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish