qishloq
xo‗jaligida
ham chuqur tarkibiy o‗zgarishlar amalga oshirilmoqda. Murakkab ob-
havo sharoitiga qaramasdan, fermer va dehqonlarimizning fidokorona mehnati va
omilkorligi tufayli o‗tgan yili mo‗l hosil etishtirildi – 7 million 500 ming tonnadan
ziyod g‗alla, 3 million 350 ming tonnadan ortiq paxta xirmoni barpo etildi.
Ta‘kidlash kerakki, bunday mo‗l hosil asosan qishloq xo‗jaligida ishlab
chiqarishni jadallashtirish, seleksiya ishlarini yaxshilash, g‗o‗za va boshoqli don
ekinlarining rayonlashtirilgan navlarini joriy qilish, zamonaviy agrotexnologiyalarni
o‗zlashtirish evaziga ta‘minlandi.
Mamlakatimizda bug‗doydan gektaridan o‗rtacha 55 sentner hosil olingani,
ayrim tumanlarda bu ko‗rsatkich 60-77 sentnerni tashkil etgani, hech shubhasiz,
fermerlarimizning ulkan yutug‗idir‖
1
, deb alohida ta‘kidlab o‗tdi.
Istiqlol davrida iqtisodiyotda yangi tarmoqlar – avtomobilsozlik, sellyuloza-
qog‗oz, qand-shakar, farmatsevtika va boshqa tarmoqlar vujudga keldi. Respublika
sanoatida yuksak texnologiyaga asoslangan va istiqbolli tarmoqlarning, ya‘ni
mashinasozlik, yoqilg‗i-energetika, kimyo va engil sanoat kabi tarmoqlarning hissasi
ortib bordi. Natijada, 1995 yilga qadar sanoat ishlab chiqarish hajmi pasayib borgan
bo‗lsa, 1996 yildan boshlab sanoat ishlab chiqarish hajmi izchil o‗sib bormoqda (3-
rasm).
Ma‘lumotlardan ko‗rinadiki, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yillik
hajmi 2000 yilda 1990 yildagiga nisbatan 1,2 barobar, 2010 yilda 3 barobar, 2015
yilda esa 4.4 barobar o‗sdi.
1
Каримов И.А. Бош мақсадимиз – мавжуд қийинчиликларга қарамасдан, олиб бораѐтган ислоҳотларни,
иқтисодиѐмизда таркибий ўзгаришларни изчил давом эттириш, хусусий мулкчилик, кичик бизнес ва
тадбиркорликка янада кенг йўл очмб бериш ҳисобидан олдинга юришдир // Ўзбекистон Республикаси
Президенти Ислом Каримовнинг мамлакатимизни 2015 йилда ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш якунлари
ва 2016 йилга мўлжалланган иқтисодий дастурнинг энг муҳим устувор йўналишларига бағишланган Вазирлар
Маҳкамасининг кенгайтирилган мажлисидаги маъурзаси. Халқ сўзи, 2016 йил, 16 январь, -Б. 2.
297
O‗zbekiston iqtisodiyotining tarmoq tuzilishini o‗zgartirishda yangi neft konlari,
Mingbuloq va Ko‗kdumaloq konlarining ishga tushirilishi, Buxoro neftni qayta
ishlash zavodining qurilishi, Yangi Angren va Tolimarjon GRESlari qurilishining
jadallashtirilishi, metall ishlab chiqarilishining ko‗paytirilishi muhim ahamiyatga ega
bo‗ldi. Respublikamiz uchun tamomila yangi bo‗lgan avtomobilsozlik sanoatining
tashkil etilishi bilan O‗zbekiston Avtotransport ishlab chiqaruvchilar xalqaro
tashkilotining 33-to‗laqonli a‘zosi sifatida qabul qilindi. Bugungi kunda
avtomobilsozlik sanoati Asaka shahrida AQSHning ―Jeneral Motors‖ kompaniyasi
bilan hamkorlikda engil avtomobillar ishlab chiqaradigan, Toshkent shahrida
Germaniyaning ―Daymler Bens‖ va Samarqand shahrida Yaponiyaning ―Isuzu‖
kompaniyalari bilan hamkorlikda avtobuslar ishlab chiqaradigan hamda Samarqand
shahrida Germaniyaning ―MAN‖ kompaniyasi bilan tashkil etilgan yuk avtomobillari
ishlab chiqaradigan yangi zavodlarni o‗z ichiga oladi.
3-rasm. O‗zbekistonda sanoat ishlab chiqarish hajmi, 1990 yilga nisbatan foizda.
O‗zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin asosiy e‘tibor barqaror o‗sish
sur‘atlarini ta‘minlashga qaratildi. Bu borada dastlabki palladanoq mamlakatimiz o‗z
taraqqiyot yo‗lini izchil amalga oshirishi natijasida, MDHning boshqa ko‗plab
mamlakatlaridan farqli ravishda, ishlab chiqarish va aholi turmush darajasining
keskin pasayib ketishiga yo‗l qo‗ymaslikka erishdi (4-rasm).
4-rasm. 1991-1995 yillarda MDHning ayrim davlatlarida YAIMning pasayishi, foizda.
298
Diagramma ma‘lumotlaridan ko‗rinadiki, 1991-1995 yillarda YAIMning
pasayishi Qozog‗istonda 75,4, Belorussiyada 54,6, Rossiyada 53, Ukrainada 52 foizni
tashkil etgan.
O‗zbekistonda mustaqil taraqqiyotning dastlabki yillarida oldingi yillarga
nisbatan pasayish kuzatilgan bo‗lsa (1991-1995 yillar davomida o‗rtacha pasayish
18,8%ni tashkil etgan), ilk marta 1996 yilda 1,7% o‗sishga erishildi. O‗tgan 2014
yilda mamlakatimizda islohotlar dasturi davom ettirilib, undan o‗rin olgan muhim
chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi natijasida iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda
mutanosiblik yanada mustahkamlandi, iqtisodiyotimiz modernizatsiya va
diversifikatsiya hisobidan yuqori sur‘atlar bilan rivojlandi. Jumladan,yalpi ichki
mahsulotning oldingi yilga nisbatan o‗sish sur‘ati 108,1 foizni tashkil etdi.
O‗zbekistonda qabul qilingan, ―o‗zbek modeli‖ deb nom olgan, ijtimoiy
yo‗naltirilgan erkin bozor iqtisodiyotiga o‗tishning iqtisodiyotni mafkuradan xoli
etish, uning siyosatdan ustunligini ta‘minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini
bajarishi, qonun ustuvorligiga erishish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni
bosqichma-bosqich va izchil amalga oshirish kabi mashhur besh tamoyilga
asoslangan o‗ziga xos yo‗li – bularning barchasi, ayniqsa 2008 yilda boshlangan va
hanuz davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi davrida o‗zining
nechog‗liq to‗g‗ri va hayotiy ekanini isbotladi
1
. Diagrammadan ko‗rinadiki,
O‗zbekistonda 2008-2015 yillar davomida 8 foizdan kam bo‘lmagan o‗sish
sur‘atlariga erishib kelinmoqda.
Iqtisodiyotimiz
va
jamiyatimiz
hayotida
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarining alohida va muhim o‗rin tutishini hisobga olib, 2013 yilda 2013-
2020 yillarda O‗zbekiston Respublikasining Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini
rivojlantirish kompleks dasturi qabul qilindi. Ushbu dastur doirasida amalga
oshirilayotgan loyihalar 2014 yilda mamlakatimizda barcha avtomat telefon
stansiyalarini raqamli tizimga o‗tkazishni yakunlash uchun zamin yaratdi. Bu esa
xalqaro axborot tarmoqlaridan foydalanish tezligini sezilarli darajada oshirish
imkonini berdi.
Mamlakatimizda internetdan foydalanuvchilar soni yil sayin ko‗payib
bormoqda. Bugungi kunda ular 10 million 200 ming kishidan oshdi yoki
mamlakatimiz aholisining uchdan bir qismini tashkil etmoqda.
2015 yili 500 dan ortiq yangi bazaviy mobil aloqa stansiyalari o‗rnatilishi
hisobidan aloqaning ushbu zamonaviy, yuqori texnologiyalarga asoslangan tizimi
abonentlari soni qariyb 20 million kishini tashkil etdi, ularga ko‗rsatilayotgan
xizmatlar hajmi qariyb 26 foizga ko‗paydi.
Bundan ko‗rinadiki, O‗zbekistonda mustaqil taraqqiyot davrida ko‗p bo‗g‗inli
infratuzilmaning yaratilishi va yangi xizmat turlarining rivojlantirilishi zamonaviy
iqtisodiyotni shakllantirishning muhim omili bo‗lib xizmat qilmdi.
Xususan, O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining 2006 yil 16 maydagi
PQ-350-sonli qaroriga binoan ustuvor investitsiya loyihalarini samarali
moliyalashtirishni
ta‘minlash
maqsadida
tashkil
qilingan
O‗zbekiston
Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamg‗armasi mablag‗lari hisobiga
1
Каримов И.А. Она юртимиз бахту иқболи ва буюк келажаги йўлида хизмат қилиш – энг олий саодатдир /
И.А.Каримов; – Тошкент: ―O‗zbekiston‖ НМИУ, 2015, 135-б.
299
markazlashtirilgan investitsiyalarning moliyalashtirish ko‗lami yildan-yilga oshib
bordi.
Jamg‗arma o‗z faoliyati mobaynida Dehqonobod kaliyli o‗g‗itlar zavodi
qurilishi, Xonjiza polimetall konini o‗zlashtirish loyihasi, Qamchiq dovoni orqali
«Ohangaron-Pungan» magistral gaz tarmog‗ining qurilishi, «Farg‗onaazot» va
«Maksam-Chirchiq» ochiq aksiyadorlik jamiyatlarida yirik ammiak agregatlarining
rekonstruksiya va modernizatsiya qilinishi, 500 kvli «G‗uzor» kichik stansiyasi va
«Surxon» kichik stansiyasi yuqori voltli liniyasi qurilishi, Pomuq va Dengizko‗l
konlarida siqish kompressor stansiyalarining barpo etilishi, Qo‗ng‗irot kompressor
stansiyasidagi gaz namini qochirish qurilmasi, Qarshi kaskadi nasos stansiyalarining
rekonstruksiya qilinishi, «O‗zbekiston havo yo‗llari» milliy aviakompaniyasining
havo flotini yangilash loyihalari, 400 ta «Mersedes-Bens» rusumli yo‗lovchi tashish
avtobuslarini xarid qilish loyihalari, Sho‗rtan gaz-kimyo majmuasida tozalangan
metanni qayta ishlash bazasida suyultirilgan sintetik yoqilg‗i ishlab chiqarish
zavodini barpo etish, Yangi «Angren» ko‗mir konini modernizatsiya qilish orqali
Angren issiqlik elektr stansiyasining 1-5-sonli energiya bloklarini yil bo‗yi ko‗mir
asosida ishlash tizimiga o‗tkazish, Navoiy va Toshkent issiqlik elektr stansiyalarida
bug‗-gaz moslamalarini qurish, Toshkent - Samarqand temir yo‗l yo‗nalishida
foydalanish uchun «Talgo - 250» yuqori tezyurar elektropoezdlarini xarid qilish,
Olmaliq tog‗-metallurgiya kombinatini kompleks modernizatsiya qilish kabi
loyihalarni amalga oshirishda faol ishtirok etmoqda.
So‗nggi yillarda qariyb
Do'stlaringiz bilan baham: |