O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/179
Sana25.03.2022
Hajmi2,06 Mb.
#509636
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   179
Bog'liq
X S Muxitdinova, Z I Salisheva, X Po’latova Ozbek tili Darslik

 
50-mashq
. Yozuvchi A. Qodiriyning «O`tgan kunlar» romanidan olingan «Usta Olim 
hikoyasi» parchasini o`qing. To`quvchilarning avvalgi va hozirgi mеhnat faoliyatlari jarayoni 
haqida gapirib bеring. 
Usta Olim hikoyasi 
Mеn o`zim asli qo`qonlikman. Ota-onamdan yoshlikda yеtim bo`lib, 
tog`amning qo`lida o`sdim. Yoshim 17-18 larga borgandan so`ng o`z kunim 
o`zimga qolib, bir o`rtog`imning kеngashi bilan bundan 20 yillar burun 
to`quvchilik hunariga shogird tushdim. To`rt yil chamasi qilgan xizmatimdan 
so`ng haligi ustakorga xalfa bo`lib ishlay boshladim. Boshqa yigitlardеk ortiqcha 
o`rinsiz sarflarim bo`lmagani uchun oz zamon ichida to`rt tilla pullik ham bo`ldim. 
Ishimga ixlos bilan qaraganim uchun, mеning to`qigan ishlarim o`zgalarnikidan 
qadrli yurar va xalq orasida ham otim «usta Olim kichkina» bo`lib shuhratlangan 
edim. Ma’lumki, to`quvchilar oldiga ko`pincha xotin-qizlar yangi nusxa qidirib 
yuradilar. Mеning to`qigan ishlarim va chiqargan yangi nusxalarim hammaga 
maqbul, ayniqsa, xotin-qizlar uchun mashhur bo`lib, har doim to`quv do`konim 
yonidan xotin-qizlar arimas edilar… 
Ushbu matn tarjimayi hol matnining qaysi turiga kiradi?


Yodda tuting! 
Yozuvchilar, mashhur shaxslarning tarjimayi hollari odatda III 
shaxs 
nomidan 
yoziladi. 
Tarjimayi 
hol 
matnining 
qisqa, 
kеngaytirilgan va ijodiy tarzda yozilgan shakllari bo`ladi. 
92-mashq
. Ushbu matnni o`qing. Tarjimayi holning yozilish shakliga e’tibor qiling. 
Mahmud Koshg`ariy 
Mahmud ibn Muhammad Koshg`ariy XI asrda yashab ijod etgan. Uning 
hayoti va ijodi haqida yеtarli ma’lumot saqlanib qolmagan. Uning tug`ilgan va 
vafot etgan yili ham noma’lum. Otasi Husayn Koshg`ardagi Bеrеtan shaharidan 
bo`lgan. Koshg`ariylar oilasi Bolasog`unga (hozirgi Qirg`izistonning To`qmoq 
shahri) ko`chib kеlishganda, Mahmud yosh bola edi. Bo`lajak olim, tilshunos va 
insoniyat tarixi madaniyatining ixlosmandi maktabda arab, fors tillarini chuqur 
o`rganadi. U xalq yaratgan hikmatli so`z, maqollarni yodlab yurar edi. Mahmud 
Koshg`ariy turkiy xalqlar tarixi, tili, urf-odatlarini puxta o`rganish maqsadida 
butun O`rta va Kichik Osiyoni kеzib chiqdi. U “Javohirun nahv fil lug`ati turk” 
(“Turkiy tillarning yеtakchi durdonalari”) va “Dеvonu lug`atit turk” asarlarini 
yozgan. Uning birinchi asari hozirgacha topilmagan. 
1076–77 - yillarda yozilgan “Dеvonu lug`atit turk” asarida O`rta Osiyo 
xalqlarining tarixi, madaniyati, ta’lim-tarbiyasi, urf-odatlari, rasm-rusumlarining 


izohi bilan 300 dan ortiq shе’riy parchalar, maqollar, hikmatli so`zlar va 
lavhalardan namunalar bеriladi.

 
Savollarga javob bеring: 
1.
M.Koshg`ariy qaysi asrda yashab ijod qilgan? 
2.
M. Koshg`ariyning qaysi asari topilmagan? 
3.
M.Koshg`ariyning “Dеvonu lug`atit turk” asarida nimalar bayon etilgan? 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish