- 96 -
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, AQSH o`rta maktablari o`z
o`quvchilariga uch yo`nalishda: akademik, kasb-kor, umumiy yo`nalishlarda bilim beradilar. Ayni
paytda o`quvchilarga to`rt yo`nalishda hunar, kasb-kor asoslarini bepib boradilar. Bular quyidagilar:
Birinchisi, qishloq xo`jalik kasblari ta`limi hisoblanib, unda tinglovchilarga fermerlik asoslari
o`qitiladi va unda qishloq xo`jaligi bo`yicha menejmentlar etishtirib beriladi. Bunday ta`lim
Amerikaning bo`lg`usi fermerlari dasturi asosida ish olib boradi.
Ikkinchisi, biznes ta`limidir. Unda o`quvchilarga tijorat, tijorat iqtisodiyoti, ichki iqtisodiyot
mutaxassisligi o`rgatiladi, bunday o`quv yo`nalishlarida bolalarda muruvvat, bemorlarga
g`amxo`rlik qilish, insonparvarlik tuyg`ularini tarbiyalash masalalariga ham jiddiy ahamiyat beriladi.
Uchinchisi, savdo va sanoat ta`limi bo`lib, unda yoshlarga mahsulot ishlab chiqarish va
mexaniklik kasbi o`rgatiladi.
To`rtinchisi, qurilish ta`limi bo`lib, bu ta`lim tizimi orqali turli qurilish kasblari bo`yicha bilim
va ko`nikmalar beriladi.
By kasb dasturlari o`quvchilarni ana shu kasblarga tayyorlashi ham, ularni shu kasb-korni
yanada chuqurroq o`rganish bo`yicha o`qishni davom ettirishga ham tayyorlashi mumkin. Bundan
tashqari, dasturning uchinchi turi ham mavjud bo`lib, bu umumiy ta`lim (akademik) dasturidir. Bu
dastur kasblar yuzasidan umumiy tushuncha beradi va o`quvchilarga kasblarning o`ziga xos
xususiyatlarini ochib beradi.
AQSHda har bir o`quvchining fanlar bo`yicha olgan bilimlarini jamlovchi attestatlar mavjud.
U o`quvchilarning oliy o`quv yurtlariga kirishlarida ana shu attestat nusxalari topshiriladi.
Kollejlarda o`qish istagida hujjat topshirgan o`quvchilar yuqori o`rta maktabning so`nggi ikki yili
bilimlari hajmida kirish test sinovlaridan o`tkaziladilar. Test sinovlarini amalga oshirish maxsus
ta`sis etilgan ta`lim test xizmati hamda Amerika kollejlari test sinovlari xizmati tomonidan ado
etiladi. Test sinovlari tegishli bilimlar bo`yicha o`quvchilarning saviyasini belgilab berishdan
tashqari o`g`il-qizlarning tanlagan kasbiga layoqatini va qobiliyatini ham aniqlaydi.
CHunki o`quvchi tanlagan kasb uning tabiatiga, sog`lig`iga, dunyo qarashiga mos kelmay
qolishi mumkin. Test sinovlarida attestatda ko`rsatilgan ballar umumlashtiriladi va o`quvchilar
tomonidan berilgan tavsifnomalar e`tiborga olinib, kollejga kiruvchining taqdiri belgilab beriladi.
Odatda o`quvchilarga dastlabki 6 yil davomida barcha o`quv predmetlari bo`yicha bir
o`qituvchi bilim beradi. Keyingi 6 yil ichida esa har bir predmet bo`yicha alohida o`qituvchi
belgilanadi.
Ayrim maktablar o`quvchilarining o`quv predmetlarini o`zlashtirishda eng yangi o`quv
vositalarini
qo`llash
va
o`rganilayotgan
darsliklarni
programmalashtirish
tufayli
katta
muvaffaqiyatlarni qo`lga kiritdilar. Maktablarda qo`llanishi mumkin bo`lgan vositalar elektron
yozuv apparatlari (kolligrafiya va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam beradigan
moslamalar), ta`lim televideniesi, qo`lda ko`tarib yuradigan elektron til laboratoriyasi, slaydlar,
videoapparaturalar, kompyuter va hokazolardan iborat.
Maktablar ishini tashkil etishdagi yana bir o`ziga xoslik shundaki, o`quv binolaridan butun yil
davomida foydalanib turiladi. 1970 yillarda Amerika maorifchilari tomonidan ilgari surilgan
«Maktab eshiklari doimo ochiq bo`lsin» degan chaqiriq hozir ham amalga oshirilayotir. YOzgi ta`til
kunlarida ham maorifchilar yoshlarga turli mashg`ulot va o`quvlar taklif qiladilar, maktab
o`quvchilari bilimini chuqurlashtirish, ular uchun kollejlarga tayyorlov kurslarini tashkil qilish bilan
band bo`ladilar.
Do'stlaringiz bilan baham: