Funksiyasi
.T irnoq falan-
galarini yozib, II—V barmoqlar-
ning birinchi falangalarini bukadi.
Qo‘l fassiyalari va topografi
yasi
Q o ' l n i n g t e r i o s t i
y u z a f a s s i y a s i yaxshi ri-
vojlanmagan. Xususiy fassiya del
tasimon, kurak, qirra usti va osti
muskullari, kurak osti muskulla-
rining xususiy fassiyalari qin hosil
qilib muskullami o'raydi.
Y e l k a
f a s s i y a s i
yelka suyagining oldingi va orqa
tomonlarida joylashgan muskul-
larni qin hosil qilib o'raydi.
Yelkaning bukuvchi va yozuv
chi m uskullari orasiga fas-
siyadan ularni ajratib turuvchi
lateral va medial o'siqlar chiqib,
suyakka yopishadi.
Bilak fassiyasi yelka fas-
siyasining davomi bo'lib, bi-
lakda joylashgan muskullami
87-rasm. Panja muskullari.
1 -
bilakni buruvchi kvadrat muskul; 2 - panjani
bukuvchi chuqur muskul paylari; J-panjani
bukuvchi yuza muskul paylari;
4,9, 10, 12, 1 7 -
fibroz qinlar; 5 -jimjiloqni uzoqlashtiruvchi
muskul; 6 -jimjiloqni bukuvchi kalta muskul; 7-
jimjiloqni boshqa barmoqlarga qarshi qo'yuvchi
muskul;
8 -
chuvalchangsimon muskullar; // - su
yaklararo muskul;
13 -
bosh barmoqni yaqinlash
tiruvchi
muskul;
14 -
bosh
barmoqni
uzoqlashtiruvchi muskul;
15 -
bosh barmoqni
buruvchi muskul;
16 -
bosh barmoqni boshqa bar
moqlarga qarshi qo‘yuvchi muskul.
www.ziyouz.com kutubxonasi
o'raydi. Lateral va medial muskullararo o'siqlar orqa guruh muskullardan
ajratadi. Bilak fassiyasi bilak-kaft b o'g 'im i sohasida qalinlashib, orqa
tomonda kaftni yozuvchi muskulni ushlab turuvchi ko'ndalang pay boy-
lamini hosil qilsa, old tomonda ko'ndalang bilakuzuk boylamini ko'rish
mumkin. Orqa tomondagi ko'ndalang pay boylami ostida
6
ta kanalcha
mavjud bo'lib, undan fibroz qinlarga o'ralgan panjani yozuvchi muskul
paylari o'tadi. Kaft sohasida fassiya bosh barmoq va jim jiloq tomondagi
muskullami o 'rab turadi. Kaft o 'rta chuqurchasini keng uchburchak shaklli
kaft aponevrozi yopib turadi. Panjaning kaft tomondagi ko'ndalang boy
lami va aponevrozi ostida ikkita kanalcha bo'lib, ularning biridan fibroz
qinga o'ralgan bosh barmoqni bukuvchi muskul, ikkinchisidan, panjalar-
ni bukuvchi muskul paylari o'tadi. Fibroz qinlarda sinovial suyuqlik
bo'lgani uchun muskullar qisqarganda ularning paylari ravon sirg'aladi.
Fibroz (sinovial) qinlar kaftning o'rtalarida (jimjiloqqa boruvchi paydan
tashqari) tugaydi. Jimjiloq tomondagi sinovial qin tirnoq falangigacha
davom etadi. II— IV barmoqlarga boruvchi muskul paylarining har biri
alohida fibroz qinga ega.
Q o ' l t i q o s t i c h u q u r c h a s i . Uni oldindan katta va kichik
ko'krak muskullari, orqadan orqaning serbar muskuli, katta va kichik
dumaloq muskullar, kurak osti muskuli, medial tomondan oldingi tishli
muskul, lateral tomondan esa yelka suyagi-bilak muskullari chegaralaydi.
Q o'ltiqda fassiyalarga o'ralgan nerv chigali, qo'ltiq arteriyasi va venasi,
limfa tugunlari joylashgan. Qo'ltiqning orqa devorida ikkita teshikcha
bo'lib, biriga to 'rt qirrali, ikkinchisiga uch qirrali teshiklar deyiladi. Bu
teshiklar tepadan kurak osti muskuli, pastdan
katta dumaloq muskul
bilan chegaralangan. Bu bo'shliq o'rtasidan yelka uch boshli muskulining
uzun boshi о 'tishi natijasida to 'rt qirrali teshiklar paydo bo'ladi. T o 'rt
qirrali teshikning lateral devorini yelka suyagi chegaralab turadi.
Yelkadagi ikki boshli muskulning ikki yonboshida medial va lateral
egatchalar, medial egatchada esa yelka arteriyasi bilan venasi va oraliq
nervi joylashgan. Yelkaning orqa sohasida uch boshli muskul bilan yelka
suyagining aylanma muskuli joylashgan. Bilak egatchasi orasida bilak
nervi kanali hosil bo'ladi.
Tirsak chuqurchasini yelka-bilak’ va dumaloq pronator m uskullari
chegaralab turadi. Chuqurcha tubini yelka muskuli hosil qiladi. Bu
chuqurchadan yelka arteriyasi, venasi va oraliq nervi o'tadi. Chuqurcha
sohasida teri ostidan o'tadigan venadan amaliyotda har xil dorilarni vena
tomiriga quyishda foydalaniladi.
Bilakda yelka muskuli bilan kaftni bilak tomonga bukuvchi muskul
oralig'ida bilak egati bor. Tirsak tomonda kaftni tirsak tomonga bukuvchi
muskul bilan barmoqlami bukuvchi yuza muskul oralig'ida tirsak egati joylash
gan. O'rta egat esa barmoqlami bukuvchi yuza muskul bilan kaftni bilak
tomonga bukuvchi muskul oralig'ida vujudga kelgan. Bu egatlardan bilak,
tirsak arteriya va venalari, nervlar va o'rta egatdan oraliq nerv tolalari o'tadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Oyoq muskullari chanoq, son, boldir va oyoq panjasi muskullaridan
tuzilgan.
Download Do'stlaringiz bilan baham: |