Fassiya orqa tomonda umurtqalarning qirrali o'siqlariga yopishib yo'nal-
sa, ikkala yonboshida umurtqalarning ko'ndalang o'siqlariga to'siq
orqali
yopishadi, natijada bo'yin oldingi va orqa sohalarga ajraladi. Fassiya
bo'yinning old tomonida qarama-qarshi fassiya bilan tutashib, bo'yinning
o'rta chizig'ida oq chiziqni hosil qilishda qatnashadi. Fassiya o 'z yo'na-
lishida kekirdakni qoplab jag '
osti bezini, to'sh-o'm rov-so'rg'ichsim on
muskulni qin hosil qilib o'rab turadi.
3.
Bo'yin xususiy fassiyasining chuqur varag'i
til osti suyagi bilan to'sh
va o'm rov suyaklari oralig'ida joylashgan. Bu fassiya til osti suyagidan
pastda joylashgan muskullar uchun qin hosil qiladi. Til ostida joylash
gan muskullar va fassiya qisqarib, venada qon oqishini osonlashtiradi.
4.
Bo'yin ichki fassiyasi
— ikki (pariyetal va visseral) varaqdan iborat
bo'lib, pariyetal varag'i halqum, hiqildoq,
qalqonsimon bez, kekirdak,
qizilo'ngach va qon tomirlari ustidan o'rab o'tsa, visseral varag'i har bir
a’zoni alohida o'rab (qin hosil qilib) joylashadi.
Natijada pariyetal va
visseral varaqlari kekirdak oldida bo'shliq hosil qiladi. Bu bo'shliq ko'ks
oralig'i bilan qo'shilgan. Chunki bo'yin ichki fassiyasi pastda ko'ks ora-
lig'iga davom etib, ko'krak fassiyasiga qo'shilib ketadi.
BOSH M USKULLARI
Bosh muskullari mimika va chaynov muskullaridan tuzilgan.
Mimika muskullari
Mimika muskullari boshqa muskullardan o'zining suyakdan boshla
nib, teriga yopishishi bilan farqlanadi. Binobarin, mimika muskullari qis
qarib, yuzda har xil o'zgarishlar (holatlar) ni vujudga keltiradi. Bundan
tashqari, mimika muskullari so'zlash, chaynov jarayonida siqilish (sfink-
terlar) yoki kengayish (dilatatorlar)ni ta’minlaydi.
E n s a - p e s h o n a m u s k u l i serbar va yupqa bo'lib,
uning muskul
qismi peshona va ensada joylashgan bo'lsa, fibroz plastinka (aponevroz)
bo'lagi ikki muskul o'rtasida joylashib, kallaning tepa qismini qoplaydi.
Ensa-peshona muskulining peshona muskul qismi qosh terisidan boshla
nib, fibroz plastinkaga qo'shiladi. Qisqarganda qosh ko'tarilib, peshonada
ajin paydo bo'ladi. Ensa muskul bo'lagi esa ensa suyagining g'adir-buduridan
boshlanib, aponevrozga o'tib ketadi. Qisqarganda aponevrozni orqaga tortadi.
Aponevroz tepada bosh terisiga mustahkam birlashgan bo'lsa, kalla suyagi
ga yumshoq to'qim a orqali tutashadi. Shuning
uchun kalla aponevrozi
osongina harakatlanuvchi bo'ladi. Kalla aponevrozi ikki yonbosh tomondan
qninn atrnfiHa invlachaan o>iHingi, tepa, orqa) quloq muskullari bilan ta-
ranglashgan.
T a k a b b u r l i k m u s k u l i peshona suyagining burun qismidan bosh
lanib, ikki qosh o'rtasidagi teriga yopishadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi