(kuldirgich) yuzga qaragan chekkani, ko‘z kosasini uning ostidagi chek-
kadan ajratib turadi. Bu chekkaning pastida joylashgan teshik orqali qon
tomirlar va nerv tolalari chiqadi. Medial tomondagi chekkasi o'yma oldi-
dagi burun qiltanog'i bilan tugaydi.
Peshona o'sig'i orqa tomonidan pastga qarab chuqur ko'z yoshi egati,
ko'z yoshi suyagi va pastki chig'anoqlar bilan birga burun-ko'z yoshi
kanalini hosil qiladi va ko'z bo'shlig'ini burun bo'shlig'iga qo'shib turadi.
Ko'zga qaragan yuzasi tekis uchburchak shaklidagi plastinkadan ibo
rat. Yuzaning orqa chekkasi ko'z kosasining pastidagi yorig'i bilan
chegaralangan. Orqa chekkadan ariqcha boshlanadi va oldingi tomonga
davom etib, kanalga aylanadi, kanal ko'z kosasining pastki teshigi bo'lib,
yuz sohasiga ochiladi. Undan qon tomirlar va nervlar chiqib tarqaladi;
b) yuqori jag'ning peshona o'sig'i peshona suyagiga qo'shiladi.
Tishlar turadigan yoki alveolalar o'sig'ida tish ildizi joylashadigan ka-
taklar bor. Tanglay o'siqlari o'zaro birlashib, qattiq tanglayni hosil qiladi.
Yonoq suyagiga birlashadigan o'siq yonoq suyagiga kiritiladi.
T a n g l a y s u y a g i (57-rasm) bir juft bo'lib, ko'z kosasi, burun
bo'shlig'i, og'iz bo'shlig'i va qanot-tanglay chuqurini hosil qilishda qat
nashadi. Suyakning gorizontal plastinkasi orqa tomondan yuqori jag'
suyagining tanglay o'sig'iga birlashib, qattiq
tanglayni hosil qiladi. Gorizontal plastinka qara-
ma-qarshi tomondagi ana shu nomli plastinka
bilan birlashib, burun qirrasining davomini vu
judga keltiradi. Orqa tarafdagi chekkasi bir oz
bukilgan bo'lib, kataklarning pastki chekkasini
hosil qiladi. Gorizontal plastinkaning lateral
chekkasi vertikal plastinkaga birlashgan. Uning
pastki yuzasida joylashgan katta tanglay teshigi
shu nomli kanalga davom etadi.
Vertikal plastinka yuqori jag' suyagining bu
run yuzasiga tegib turadi va burun bo'shlig'ining
yon devorini hosil qilishda qatnashadi. Vertikal
plastinkaning lateral yuzasida joylashgan qanot -
tanglay egati yuqori jag' suyagiga shu nomli egat
bilan qo'shilib kanal hosil qiladi.
P a s t k i b u r u n c h i g ' a n o g ' i
(58-rasm) bir juft suyak bo'lib, yupqa
bukilgan plastinkadan iborat. Uning
yuqori chekkasi burun bo'shlig'ining
yonbosh devoriga yopishib turadi. Suyak
ning medial bo'rtib turgan yuzasi burun
bo'shlig'iga turtib kirib, bumnning o'rta
yo'lini pastki yo'ldan ajratib turadi.
58 rasm- Pastki burun ^ig'anog'i.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: