O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,3 Mb.
bet15/17
Sana06.02.2022
Hajmi2,3 Mb.
#434082
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Виртуал технологиялар (1)

VR-NERDS

  • VR-NERDS
  • Kompyuter o‘yinlari va sportning uyg’unligi– bunday o‘yinlar shinavandalarining orzusi. Hamburgda joylashgan VR-Nerds firmasi tomonidan yaratilgan VR otishma o'yinida VRdagi o'yinchilar virtual lazer to'pponchalar bilan bir-birlariga qarshi jang olib boradilar. O'yin muhiti shu qadar real o'yin maydoniga moslashtirilganki, o'yin ishtirokchilari VR ko'zoynagi orqali ko'rayotgan narsalarni, masalan, o’zlari ortida bekinib turgan ustunni his qilishlari mumkin. Barcha virtual sport o'yinlari, Tower Tag musobaqalari, VR-Nerds tomonidan aralash reallik dunyosida tashkil etiladi. VR-Nerds VR o‘yinlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan, bundan tashqari Virtual Reallik va 360 daraja mavzulariga bag‘ishlangan ommabop yangiliklar portalini yuritadi.
  • GAMELAB.BERLIN
  • Virtual muhitda raqs tushish qandoq bo‘larkin? Xoreograf Aynav Katan-Shmid gamelab.berlin bilan hamkorlikda VRdagi shunday sahna ishlab chiqdi-ki, unda barcha raqqoslar o‘z olamlarida harakatlanadilar. Bundan avval o‘tkazilgan raqs harakatlariga bag‘ishlangan kengash doirasida ular VRdagi raqs harakatlari bilan birga professional raqqoslarning tana harakatlarini ham tahlil qilishdi. gamelab.berlin teatrshunos va faylasuf olim Tomas Lilge tomonidan 2013 yilda asos solingan Berlindagi Humbold Universitetining oliy klasteri bo‘lmish „BildWissenGestaltung“ (RasmBilimShakl) nomli sohalararo laboratoriyaning loyihasi bo‘lib, mazkur laboratoriya VR va o‘yinlar, jiddiy o’yinlar va geymifikasiya, ya’ni o’yin shakliga keltirish bo’yicha transmedial hikoyanavislik bilan shug‘ullanadi.
  • SEHSUCHT BERLIN
  • Berlindagi „Moderat“ musiqiy guruhi o’z musiqiy klipi uchun tasavvur mahsuli bo’lmish distopik olam yaratishni istagandi. Ularning talabiga binoan, rejissyor va ijodiy direktor Meyt Shtaynfort 2016 yilda Berlindagi Produktionsstudio Sehsucht studiyasi bilan hamkorlikda „Eslatma“ nomli 360 darajali qamrovchi animasiyani suratga oldi. Odatdagi jonli ijrodan farqli ravishda, ushbu video VRda yanada plastik qiyofa kasb etuvchi video o’yinlari ruhida yaratilgan illyustratsiyalar vositasida ishlangan. „Sehsucht“ firmasi tijorat asosida, jumladan, avtomobil sohasi uchun 360 darajali manzillar yaratishga ixtisoslashgan.
  • VRAGMENTS
  • Berlin shahridagi Vragments startapi Fader , Deutsche Welle va Euronews bilan hamkorlikda jurnalistlarga osongina 360-darajali loyihalar yaratish imkonini beruvchi brauzerga asoslangan moslama ishlab chiqdi. Bunday turdagi kontentlarni boshqa ishlab chiqaruvchi firmalar ko’magisiz yaratish jurnalistlar uchun ulkan qadam bo’ldi. Vragments o’z xujjatli filmlari va reportajlarini ham tayyorlaydi. Vragments „Deutschlandradio Kultur“ radiokanali bilan hamkorlikda GDR havfsizlik xizmatining (shtazi) virtual tergov kamerasini yaratdi. Bu foydalanuvchilarga GDRda qo’llangan tergov usullari haqida aniq taassurotga ega bo’lish imkonyatini beradi.
  • WDR & ARTE
  • Ijtimoiy-huquqiy yo’nalishdagi WDR hamda ARTE telekanallari yot va tarixiy muhitlarni VR jurnalizmi orqali foydalanuvchilarga tanishtirishga muvaffaq bo’lmoqda. Westdeutsche Rundfunk (WDR) ning hayratga soluvchi 360-darajali olamlari ham ma’lum va mashhur. Uning Grimm-Onlayn mukofotiga tavsiya etilgan Aushvits kontslageri va Parijda sodir etilgan terrorchilik xujumiga bag’ishlangan 360-darajali xujjatli filmlari shular jumlasidan.
  • Nemis-frantsuz telekanali bo’lmish ARTE o’z tomoshabinlarini butkul yangicha taassurotlar olamiga taklif qiladi. Ular dengiz qa’riga sho’ng’ishlari yoki Jonatan Meze va uning onasi Brigittaxonimning VRdagi chiqishlaridan bahramand bo’lishlari mumkin.
  • YULIA LIB
  • Myunchenlik VR jurnalisti Yulia Lib urush hukm surayotgan hududlardan, jumladan Suriya, Afg’oniston hamda Shimoliy Koreyadan xujjatli filmlar tayyorladi. Lib tomoshabinlarni komfort zonasidan chiqarib, ularni hodisalarning o’chog’iga boshlaydi. Uning 2016 yilda tasvirga olingan 360-darajali reportajlari orqali siz, masalan, Kongoda qarshilik harakati domidagi qishloq hayotiga sho’ng’ishingiz mumkin.
  • INVR.SPACE GMBH
  • VRdagi Vakken og’ir rok festivali, shouyulduz Fridrix Lixtenshteyn ishtirokidagi virtual installyasiya, Berlindagi Siyosiy Go’zallik Markazining „Qochoqlarni yeyish“ nomli 360-darajali san’at loyihasi – bu kabi interfaol videolar, har xil turdagi VR hamda 360-darajadagi tasvirlar Berlinda joylashgan INVR.SPACE firmasi tomonidan ishlab chiqariladi. Yulia Lib kabi virtual reallik jurnalistlari, shuningdek, nashriyot va film studiyalari INVR.SPACE yordamida o’z loyihalarini amalga oshiradilar. Yangicha, qamrab oluvchi kamera technologiyalari va dronlar vositasida amalga oshirilgan loyihalari uchun ushbu firma 2018 yilda Germaniya Dizayn mukofoti bilan taqdirlandi.
  • FRANK SHTAYNIKKE
  • 2014 yilda 24 soat davomida butunlay virtual olamga sho’ng’igan Frank Shtaynikke jahon rekordi o’rnatishga urinib ko’rdi. Ushbu tajribadan so’ng u ko’ngil aynishidan aziyat chekdi. Shu qadar qattiq toliqqanidan, baayni samolyotda olis safar qilgandek bo’ldi, xabar beradi Hamburg Universiteti Odam va Kompyuter muloqoti yo’nalishi professori „Süddeutsche Zeitung“ gazetasiga bergan intervyusida. Frank Shtaynikke Germaniyada VRni, kompyuterlar orqali yaratilgan realliklarda insonlarning sezish qobiliyatini tadqiq qilish bo’yicha yetakchi olimlardan biri. Yaqin vaqt ichida jismoniy va virtual dunyolar orasidagi chegara barham topishiga Shtaynikkening ishonchi komil.
  • EGBERT VAN WYNGAARDEN
  • O’z mazmun-mohiyatiga ega bo’lmagan texnologiya bir tiyinga qimmat. Myunxendagi Makromediya Oliy Maktabi senariy va ijodiy yozish yo’nalishi professori va sohalararo tizim hisoblanmish „Transmedia Bayern“ning asoschisi Egbert van Wyngaarden ayni shu yo’nalishda ijod qiladi. Van Wyngaarden qamrab oluvchi hikoyanavislik va VR imkoniyatlarini o’rganadi. Masalan, o’yin va filmlarning o’zaro birlashib ketishi mumkinligi ustidan tadqiqot olib boradi

Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish