Ishni bajarish tartibi
1. Lyuksmetr Yu-116 ning tuzilishi bilan tanishib chiqing.
2. Laboratoriyada derazadan 1, 2, 3, 4, 5 m masofalarla poldagi belgilar bo’yicha
yoritilganlikni o’lchang. Bunda stol balandligida (0,8 m) fotoelement yuzasini tepaga qaratib polga parallel holda ushlang. Shu vaqtining o’zida tashqaridagi yoritilganlik ham o’lchanadi.
3. Formula /33/ bo’yicha o’lchangan beshta nuqtaning har biri uchun tabiiy
yoritilganlik koeffitsientini hisoblang.
Olingan qiymatlar bo’yicha uning o’zgarish grafigini chizing.
9 - jadvaldan foydalanib, tabiiy yoritilganlik koeffitsienti qiymati va
yoritish sistemasi bo’yicha oynadan 1, 2, 3 m va h. k. uzoqlikda bajariladigan
ishning turi va razryadini aniqlang.
Chiziqning yo’g’onligi 0,7 mm bo’lganda oynadan 2 m masofada chizmachilik
ishlarini va mikrometr shkalasining bo’limlari qalinligi 0,7 mm bo’lganda
derazadan 4 m masofada o’lchov ishlarini bajarib bo’ladimi?
Olingan raqamlarni va qilingan xulosalarni laboratoriya ishiga oid
hisobotingizga yozing.
Do'stlaringiz bilan baham: |