Qurilish maydoni (binolar, ochik va yopik turdagi omborxonalar va boshka maksadda ishlatiluvchi maydonlar) 0.92 ga, (30%)
Qurilish zichligi ____________________________________ga, (%)
Ko‘kalazorlashtirilgan maydon 0.42 ga, (14%)
Ko‘kalamzorlashtirish koeffitsenti 0.14
Avtomobil yullarining va maydoni 1.72 m.kv. (56%)
O‘rab turuvchi to‘sik uzunligi 700 m.
10.Zilzilaga, yemirilishga va yong‘inga qarshi qabul kilingan chora-tadbirlar Loyihalanadigan bino davriy ravishda zilzilalar takrorlanib turadigan tumanda quriladi. Seysmik kuchlar tasiri Rixter shkalasi bo‘yicha 8 ballni tashkil etadi.
Loyihalanadigan binoda zilzilaviy tumanlarda qurilishi amalga oshiriladigan sanoat binolarining asoslari va konstruksiyalarini loyixalashda xar qanday yo‘nalishdagi silkitish kuchini o‘zida sodir etish xususiyatiga ega bo‘lgan seysmik tasirlarni xisobga olgan xolda loyixalangan.
Binoni loyihalashda zilzilaga qarshi chora-tadbirlar bilan birgalikda loyixalash ishlarida quyidagicha qo‘shimcha konstruktiv choralar xam qabul qilingan:
ekspluatatsiya sharoitida binoning mustaxkamligi va ustivorligini taminlovchi qattiq va sharnirli birikmalardan foydalanilgan;
cho‘kishlar natijasida xosil bo‘lgan shikastlanishlarni tezda bartaraf etish texnolgiyalarini ishlab chiqilgan.
Loyihalanadigan bino doimiy ravishda issiq quruq iqlim sharoitiga ega bo‘lgan tumanda loyixalananib, bino doimiy ravishda uzoq muddatli yuqori xaroratlar ostida ekspluatatsiya qilinadi. Doimiy ravishda tasir etuvchi quyosh nurlari tasirida yemirilishdan saqlash maqsadida bino nur qaytaruvchi ochiq-biryuza (svetlo-biryuzovыy) rangga bo‘yoqlangan. Binoning yer ostida joylashgan konstruksiyalari yer osti termitlari va boshqa kuch bilan tasir etmovchi tasirlardan saqlash uchun bitum bilan bo‘yoqlangan.
Loyihalanadigan binoda yong‘inga qarshi choralar sifatida bino ichkarisida xar bir proyotda xar 50 m masofada yong‘inga qarshi kranlar o‘rnatilgan. Korxonaning yordamchi hamda omborxonalar va transport zonalarida maxsus yong‘inga qarshi suv havzalari loyihalangan. Ishlab chiqarish binosida yong‘in holatlarida qo‘llash uchun maxsus yong‘inga qarshi panellar o‘rnatilgan.
Loyixalangan binoda texnologik yoriqlar yoki eshik o‘rinlari yonmaydigan maxsulotlardan loyixalangan o‘zi yopiladigan jixoz va qurilmalar bilan to‘ldirilgan, yani darvoza va eshiklar uchun yonmaydigan va qiyin yonuvchi xarakterga ega bo‘lgan oralig‘i bo‘sh yoki mineral to‘qimalar bilan to‘ldirilgan po‘lat polotnolardan foydalanilgan.