54
3.4.j adval.
Zarafshon davlat qo‘riqxonasi
Cryptocephalinae
kenja oilasiga mansub bargxo‘r
qo‘ng‘izlar tur tarkibi va dominantlik darajasi
(Zarafshon davlat qo‘riqxonasi2015)
Cryptocephalus
avlod qo‘ng‘izlari torondoshlar, burchoqdoshlar,
toldoshlar oilasiga kiruvchi o‘simliklar bilan oziqlanadi. Barcha turlarning
tarqalish miqdori 14.65% ni tashkil etadi
Qo‘riqxonada
Criocerinae
kenja oilsiga mansub 1 avlodga oid yagona tur
mavjudligi aniqlandi. Bu bargxo‘r
Oulema melanopus
bo‘lib, uning dominantlik
darajasi 1.06% ni tashkil etadi.Bu tur bug‘doshlar oilasiga doir o‘simliklar bilan
oziqlanib, ularga turli darajada zarar keltiradi.
T/r
Turning nomi
Tutqichga
tushgan
qo‘ng‘izlar
soni
Dominintlik
darajasi,%
1
Cryptocephalus arnoldii sogdianus
Lop
22
1,69
2
Cryptocephalus bitaeniatus Sols
19
1,46
3
Cryptocephalus undulatus Suffr
36
2,76
4
Cryptocephalus.sarafschanensis
sarafschanensis Solsky
15
1,15
5
Cryptocephalus flexuosus Kryn
10
0.77
Cryptocephalus tamaricis Sols
14
1,07
7
Cryptocephalus balassogloi Jсbs
4
0,08
8
Cryptocephalus turangae Wse
45
3,45
9
Cryptocephalus kokanda Jcb
39
2,99
10
Cryptocephalus populi Suffrian
12
0,92
55
3.2. Zarafshon davlat qo‟riqxonasida tarqalgan bargxo„r qo‟ng‟izlarning
biologiyasi va fenologiyasi
.
Alticinae kenja oilasi turlar tavsifi
.
Phyllotreta arta.F
var Goeze
-
Qora burgacha qo‘riqxonadagi
karamdoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning bargi ostidan terildi. Bu qo‘ng‘iz
karamdoshlar xavfli zararkunandasi hisoblanadi. Voyaga yetgan burglar,
lichinkalari o‘simliklarning mayda ildizchalari bilan oziqlanadi. Generatsiyasi
bir yillik. Imago qora yoki yashil rangdagi metall tovlanishga ega qo‘ng‘iz
uzunligi 1.8-2.5 mm. Ustki qanotidagi nuqtalar
qator hosil qiladi. Mo‘ylovlari qoramtir. Jinsiy
organlari tuzilishi bilan urg‘ochi va erkaklari
bir biridan farq qiladi.Tuxumi yorqin sariq ,
uzunchoq yarim shafof. Tuxumida embrioni
o‘rtacha 12 sutkada rivojlanadi. Uzunligi 0.34-
0.40 mm. Lichinkasi ingichka uzun, yorqin
sariq rangda, 3 juft oyoqli. Boshi rivojlangan.
Og‘izi atrofi kemiruvchi tipda. Voyaga yetgan lichinkalarining uzunligi 4-5
mm. Lichinkalik bosqichi 1- 2 oy davom etadi.Lichinkasi karamdoshlar yon
ildizlarida rivojlnadi va o‘sha yerda g‘umbakka aylanadi G‘umbagi sarg‘ish
rangda. G‘umbagi tuproqda rivojlanadi. G‘umbaklik davri 1- 2 oy. Uchib
chiqqan qo‘ng‘izlar yovvoyi holda o‘suvchi karamdoshlar va rediska, karam
ko‘katlariga o‘tib,ularnig bargi bilan oziqlanib, butunlay ilma teshik qilib
tashlaydilar. Urg‘ochisi tuxumlarini tuproqqa bir yoki bir necha to‘plam
ko‘rinishlarida qo‘yadi.Qong‘izlarning yangi avlodi yozning 2-yarmida
g‘umbakdan chiqadi. Poya to‘qimasining ustki qatlami, to‘pgul va qo‘zoqlar
bilan oziqlanadi. Bir yilda bitta avlod rivojlanadi. Yosh avlod qo‘ng‘izlari
qishlaydilar.
Bu tur Rossiyaning Yevropa qismi, Kavkaz, Qozog‘izton O‘rta Osiyo, Sibir,
Ukrainada tarqalgan.