1.2 Bargxo„r qo„ng„izlar oilasi tavsifi, morfologiyasi.
Bargxo‘r qo
ʻ
ng
ʻ
izlar
(
chrysomelidae)oilasi – qattiq qanotli hasharotlar
turkumi ichida eng kattasi bo‘lib, turlarining soni bo‘yicha uzuntumshuqlilardan
keyingi o‘rinda turadi va 2500 urug
ʻ
ga mansub 50 mingdan ortiq turni o‘z ichiga
oladi. Rossiya hududlari va yondosh mamlakatlarda 1.5 mingga yaqin tur,
Sibirda 400 tur uchraydi. O‗rta Osiyo va MDH mamlakatlarida 2000 ga,
O‗zbekistonda 240 ga yaqin turi tarqalgan.Kolorado qo‗ng‗izi (Leptinotarsa
desemlineata) kartoshkaga, terak bargxo‗ri (chrysomela populi) terakka,
qizilko‗krak pyavinza (Ouloma melanopus) g‗alla ekinlariga katta ziyon
yetkazadi.[4,60.91]
Bu qo‘ng‘izlar o‘rtacha kattalikda ovalsimon, kam hollarda cho‘zinchoq
tana shakliga ega. Mo‗ylovlari kalta, rangi yaltiroq. Qurtlari uzunchoq, erkin
yashovchi, oyoqlari yaxshi taraqqiy etgan. Qo‗ng‗iz va qurtlari o‗simlik bargini
kemirib oziqlanadi. Tanasining yarmidan ham kalta mo‘ylovlarini ega olish
xususiyatiga ega. Bargxo‘rlarning katta oilasining 13 tadan ortiq kenja oilalari
bor.[71,72]
Bargxo‘rlar o‘simliklarning bargi va yer ustki qismlarida, gullarda, kam hollarda
tuproq yuzasi va qatlamlarida uchraydi. Ko‘p hollarda bargli daraxt va
butalarda, o
ʻ
t o
ʻ
simliklarda, kam hollarda ninabargli daraxtlarda uchraydi.
Qo‘ng‘izlar yorqin rangli, ko‘p hollarda metall yaltiroqligiga ega. Urg‘ochi
qo‘ng‘iz tuproq, daraxt po‘stlogi ostiga yoki poya, barglarning ostiga tuxum
qo‘yadi. Bargxo‘rlarning lichinkalari turli shaklda bo‘lib, tansining katta qismi
yo‘g‘on va kalta, ko‘krak, oyoqlari kuchli rivojlangan, tanasida ko‘p sonli
tolalar, qalqonchalar bo
ʻ
ladi. Ayrim lichinkalarning tanasi uzun va yassi,
ayrimlarinikida qurigan ekskerementlardan hosil bo‘lgan qalqoncha yoki jild
12
bo‘ladi. Ko‘p turlarida lichinkalari tasirlanish natijasida hidli sarg‘ish suyuqlik
ajratadi.[49,54]
Lichinkalar ochiq muhitda yashaydi, o‘simliklar tomirlari orasidagi
parenximasi bilan oziqlanadi. Lekin butun umrini poya o‘zagida o‘tadigan yoki
suv o‘simliklari bilan oziqlanadigan turlari ham uchraydi. Bir qator turlarning
lichinkalari tuproqda yashaydi va o‘simliklar ildizlari bilan oziqlanadi.
Ko‘pchilik bargxo‘rlar katta zarar yetkazadi. Bargxo‘rlar juda kichik yoki
o‘rtacha kattalikdagi uzunli 1mm dan 35mm gacha yorqin tusli qo‘ng‘izlar
hisoblanadi. Bargxo‘rlar biologik guruhi, meva-sabzavot, dukkakli, texnik
ekinlar, o‘rmon, manzarali o‘simliklar , moyli o‘simliklar zararkunandalari
hisoblanadi.[48,55,61]
Bargxo‘rlar oilasi qattiq qanotlilar turkumi ichiga eng turlarga boy oila
hisoblanib,voyaga yetgan bargxo‘rlar tanasi tuxumsimon, slindirsimon,
yumaloq, tana uzunligi enidan 1,5- 2 marta ziyod bo‘ladi. Ustki qismi bo‘rtiq,
yalang‘och yoki tuk, tangachalar, tikonchalar bilan qoplangan. Tana qoplami
rangi xilma xil, ba‘zida metall yaltiroqligiga ega, tanasida sariq, qizil, yoki qora
rasmli bargxo‘rlarni uchratish mumkin. Boshi kichik biroz yelka oldi
bo‘limiga qarab siqilgan kam hollarda osilgan. Qalqon burunlarda
(Cassidinae)da yelkasi yelka oldi bo‘limi bilan qoplangan va yuqoridan
ko‘rinmaydi. Ko‘zlari bo‘rtiq, yumaloq, tomoq choki yaxshi rivojlangan ichki
chetlarida o‘yma bor ba‘zan o‘ymasiz. Mo‘ylovlari 11 bo‘g‘imli ba‘zan 9
yoki 10 bo‘g‘imli, odatda tanasining yarmidan kalta, tirik qo‘ng‘izlarda oldinga
yoki pastga yo‘nalgan cho‘tkasimon, arrasimon, ipsimon yoki uchlari
yo‘g‘onlashgan ko‘rinishida bo‘lishi mumkin. Yuqori labi ko‘ndalang, uning
oldingi cheti o‘ymali, yoki egilgan.Mandibulasi ichki cheti kalta, o‘tkirlashgan
uchli yoki tishchali. Maksillasida tishcha va o‘siqchalar yaxshi rivojlangan.
Jag‘ paypaslagichlari 4-bo‘g‘imli. Pastki labi 3 - bog‘imli paypaslagichli,
ko‘ndalang. Yelka oldi bo‘limi odatda ko‘ndalang, oldingi uchi siqilgan, chetlari
mutloq o‘tkirlashgan, yon o‘ymasi bo‘lmasligi mumkin. Burchaklari ajralib
turadi va qalqonchali teshiklarga ega. Ichki qanoti erkin ba‘zida ustki qanotning
13
asoslari yelka oldi qismidan keng. Ustki tomoni aralash yoki ko‘ndalang
qatorlar ko‘rinishida nuqtalar yoki tikanchalar bilan qoplangan.Ba‘zi hollarda
ustki qanot qisqargan yoki bargxo‘rlarning qanotlari yaxshi rivojlanmagan,
ko‘pgina guruhlarida ularning turli darajadagi reduksiyasini ko‘rish mumkin.
Ko‘krakning oldingi segmenti u darajada zich birikmaydi. Yelka oldi qismi va
old bo‘g‘imi orasidagi to‘sig‘i keng. Oldingi tirqish berk, ochiq yoki yarim
ochiq. Yelka oldi episternalari epimerlari bilan qo‘shilgan.O‘rta ko‘krak
kalta,keng,uchburchak epimerali.Oldingi qismi bo‘rtiq yoki chetlari tekis
bo‘lishi mumkin. Episterna va epimeralari alohida choklar bilan ajratilgan.
Episternalar uzun va ingichka, keying uchi siqilgan epimeralari kichik,
uchburchak, ba‘zida ustki qanoti epiplevralari bilan qoplangan. O‘rta va oxirgi
to‘siq bir- biriga qo‘shilmagan. Qorni 5 ta aniq bilinib turadigan sternitli,
tergitlari 6-8 ta, oxirgi tergit kuchli skeletlashgan Birinchisi va oxirgisi juda
yirik. Ustki qanotida to‘g‘ri nuqtali qatorlar bo‘lib, epiplevrasi yaxshi
rivojlangan. Qanotining tomirlanishi kantarid tipda, oldingi chanoq chuqurchasi
yopiq, ochiq yoki yarimochiq bo‘ladi. [7,8,13,14,35,62,63,70]
Erkak bargxo‘rlar urg‘ochisidan kichik va kelishgan, mo‘ylovi kuchli
rivojlangan, panjasi uzun bo‘lishi bilan alralib turadi. Panja segmentlari yo‘g‘on
bazida qorin sternitlari o‘zgaradi. Ayrim turlarining erkaklarida maxsus bezlar
paydo bo‘ladi. Urg‘ochisining oxirgi qorin sterniti yumaloq- uchburchaksimon
yoki konussimon, bazida tuxumsimon uymaga ega.Erkaklarida esa u
o‘tmaslashgan to‘mtoq yoki uchburchakli. Bundan tashqari barxo‘rlarning rangi
ham turlicha bo‘lib,pigmentga bog‘liq bo‘lmasdan, tana qoplamining optik
xususiyatiga bog‘liq.Ularning ayrimlaridagi yorqin yaltiroq rang kutikulaning
nozik ustki qatlamlarida joylashgan va unga tushgan yorg‘lik qaytib,
tushayotgan nur ko‘rinishini aks etadi.
Oyoqlari kalta yoki biroz uzun, oldingi soninig keying qismi norma yoki
biroz yo‘g‘onlashgan.Tovoni silindrik yoki uchga tomon kengaygan, ba‘zida
tashqi cheti o‘ymali va tishchali. Panjasi yashirin besh bo‘g‘imli, 4 bo‘g‘inlidek
14
ko‘rinadi haqiqiy 4- bo‘g‘in reduksiyalangan. Panjansining 3 bo‘gini o‘ymali
yoki uchi 2 bo‘lakli, tirnoqlari ajralgan. Oddiy yoki asosi tishchali.[54,56,62]
Ovoz aparati hamma kenja oilalarda ham uchrayvermaydi, yelka oldi
ko‘krakning keyingi qismi pigidiylarida joylashgan.[48]
Erkagining jinsiy aparati tashqi qismining tuzilishi turlarning eng yaxshi
tashxis belgisi hisoblanadi.Urg‘ochilik sistemasining sistematika uchun
ahamiyati kam.Urg‘ochisi yirikroq.
Do'stlaringiz bilan baham: |