O’zbekistоn respublikasi оliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


-§. Marten pechlarida po‘lat ishlab chiqarish usullari



Download 3,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/192
Sana22.01.2022
Hajmi3,15 Mb.
#399651
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   192
Bog'liq
konstruktsion materiallar texnologiyasi

3-§. Marten pechlarida po‘lat ishlab chiqarish usullari 
Bu  usul  XIX  asrning  ikkinchi  yarmida  yaratildi  (Rossiyada  dastlabki 
Marten pechi 1869-yilda Sormov zavodida injener A.A. Iznoskov va usta Ya. I. 
Plechkov  tomonidan  qurilgan  bo‘lib,  uning  sig‘imi  2,5  t  bo‘lgan,  xolos)  (6-
rasm).  Zamonaviy  pechlaming  sig‘imi  200-900  t  atrofida  bo‘lib,  ularda 
uglerodli, kam va o‘rtacha legirlangan konstruksion po‘latlar olinadi. 
Marten pechining tuzilishi va ishlashi. Marten pechi alangali regeneratorli 
pech  bo‘lib,  uning  eng  muhim  qismi  ish  bo‘shlig‘i  (kamerasi)dir.  Uni  gaz  va 
havo  kirituvchi  kallaklari  bo‘lib,  ularga  gorelka,  (mazutda  ishlaydiganga  esa 
forsunka)  o‘rnatiladi.  Pechning  old  qismida  esa  pol  sathidan  ancha  pastroq-da 
juft  regenerator  8,  9  o‘rnatilgan.  Regeneratorlar  bilan  pechning  ish  bo‘shlig‘i 
oralig‘ida  esa  «shla-kovik»  deb  ataluvchi  kameralari  bo‘ladi.  Metallurgik 
zavodlarida  250-500  t.li  pechlar  ko‘proq  tarqalgan.  Ular  tagligining  o‘lchami 
20x6  m  gacha  yetadi.  Odatda,  bu  pechlarda  400-600  marta  po‘lat  olingandan 
keyin kapital ta’mir qilinadi. 


28 
 
 
6-rasm
. Marten pechining sxemasi: 
1 - suyuqlantirilgan metall; 2 - shlak; 3 - pech shipi; 4 - pechning tubi; 
5 - pechning orqa devori; 6 - pechning old devori; 7 - shixta kiritiladigan 
darchalar; 8 - gaz regeneratorlari; 9 - havo regeneratorlari; 
10 - sirtqi ish sathi; 11, - pechga haydaluvchi havo kiritiladigan va yonish 
mahsulotlari chiqarib yuboriladigan kanallar; 12,12’ - pechga haydaluvchi gaz 
kiritiladigan va yonish mahsulotlari chiqarib yuboriladigan kanallar; 13 - klapan; 
14 - mo‘r; 15 - suv bilan sovutib turiluvchi kislorod furmasi. 
Pechni  ishga  tushirish
.  Pech  bo‘shlig‘iga  shixta  materiallari  ma’lum 
tartibda yuklangandan keyin gorelkaga bosim ostida qizdirilgan yonuvchi gaz va 
havo  yuborilib,  kamerada  yondiriladi.  Yonish  mahsulotlari  o‘z  yo‘lida  shixta 
materiallarini  qizdira  borib,  qarama-qarshi  tomondagi  kallaklar  kanallari  orqali 
sovuq  regeneratorlarning  katak-  katak  kanallaridan  o‘tib,  devorlarini  qizdirib 
mo‘riga yoki bug‘ qozonlariga chiqariladi
Agar chap tomondagi 1250-1280°C qizigan rege- neratorlarga sovuq gaz 
va havo haydalganida, ular qizigan regeneratorlarning vertikal kanallaridan o‘ta 
borib,  800-  900°C  temperaturagacha  qizigach,  u  yerdan  o‘z  kallaklari  orqali 
pech  kamerasiga  o‘tib  yonadi.  Yonayotgan  gaz  mahsulotlar  oqimi  shixtani 
qizdira  borib,  qarama-qarshi  tomondagi  kallaklar  kanallari  orqali  sovuq  o‘ng 
tomondagi  juft  regeneratorlarga  o‘tib  ularni  qizdiradi.  Gaz  va  havo  oqimining 
harakat yo‘nalishi klapanlar (13) orqali har 20-25 daqiqada avtomatik ravishda 
boshqariladi.  Agar  maiten  pechlari  suyuq  yoqilg‘i  (mazut)da  ishlasa,  faqat 
havoni qizdirish regeneratorigina o‘rna-tilgan bo‘ladi. 


29 
 
Asosli marten pechlarida shixta tarkibiga ko‘ra po‘latlarni skrap-rudali va 
skrap usullarda olinadi. 
Po‘latlarni  skrap-rudali  usulda  ishlab  chiqarish
.  Bu  usuldan  domna 
pechlari  bo‘lgan  po‘lat  ishlab  chiqaruvchi  kombinatlarda  foydalaniladi,  chunki 
bunda  shixtaning  60-  75%i  temir-tersak  (skrap)  chiqindilardan,  qolgani  suyuq 
cho‘yandan iborat bo‘ladi. 
Bu  pechlarda,  avvalo,  ma’lum  miqdorda  temir  ruda,  ohaktosh,  keyin 
metall  chiqindilar  pechning  oldi  devoridagi  yuklash  darchasi  orqali  kiritiladi. 
Ular obdon qizigach pechga qayta ishlanuvchi cho‘yan quyiladi. 
Suyuq cho‘yan tarkibidagi Si, P, Mn va qisman С lar temir ruda kislorodi 
bilan oksidlana boradi hamda bu oksidlar ohak bilan o‘razo birikib shlak ajrala 
boshlaydi. Metalldagi S ni shlakka o‘tkazish uchun shlak pechdan chiqarilgach 
pechga  ma’lum  miqdorda  boksit  qo‘shilgan  ohaktosh  kiritiladi.  Bu  sharoitda 
yuqorida  ko‘rilgan  reaksiya  bo‘yicha  metalldagi  S  shlakka  o‘tadi.  Jarayon 
oxirida  vaqt-  vaqti  bilan  namunalar  olib,  uning  tarkibi  va  xossalari  ekspress 
laboratoriyada 
kuzatib 
boriladi. 
Kutilgan 
tarkibga 
kelgach, 
pechga 
qaytaruvchilar  kiritilib,  so‘ngra  nov  teshigi  ochilib  u  kovshga  chiqariladi.  Bu 
variantda  faqat  sifati  pastroq  uglerodli  po‘latlar  olinadi.  Lekin  temirning  temir 
rudadan qaytarilishi hisobiga po‘lat miqdori biroz ortadi. 
Po‘latni skrap usulda ishlab chiqarish.
 Bu usuldan domnalari bo‘lmagan 
kichik  metallurgik  va  mashinasozlik  zavodlarida  foydalaniladi.  Bunda  shixtani 
55-75%  temir-tersak  chiqindilar,  qolgani  qayta  ishlanadigan  qattiq  (chushka) 
cho‘yan- dan iborat bo‘ladi. Jarayonni tezlatish maqsadida pechga ozroq temir 
ruda, flyus sifatida ma’lum miqdorda ohaktosh kiritiladi. 
Jarayon yuqorida ko‘rilgan skrap-rudali usuliga o‘xshash kechadi. Pechni 
ishga tushirishdan avval unga temir-tersak chiqindi (skrap)larning yarmi, keyin 
esa metall massasining 
5%  hisobida  ohaktosh,  qolgan  temir-tersak  chiqindilar  va  qattiq  cho‘yan 
solinadi. 
Shixta  to‘la  suyuqlangach,  pechdagi  kislorod  hamda  metalldagi  erigan 
FeO ning kislorodi hisobiga Si, P, Mn lar oksidlanadi. SiO2, MnO, CaO oksidlar 
birikib,  shlak  hosil  bo‘ladi.  Vanna  temperaturasi  zarur  temperaturaga  ko‘taril- 
gach С jadal oksidlanib metall gazlardan va nometall qo‘shimchalardan tozalana 
boradi.  Yuqoridagidek  metalldagi  FeO  dan  Fe  qaytaruvchilar  yordamida 


30 
 
qaytariladi.  Kutilgan  tarkibli  po‘lat  pechdan  kovshlarga  novlari  orqali 
chiqariladi.   

Download 3,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish