10-rasm.
Alangali pechning sxemasi:
1 - bunker; 2 - varonka; 3 - pech tubi; 4 - shixta; 5 - suyuq shteyn uchun teshik;
6 - shlak uchun teshik; 7 - o‘txona; 8 - mo‘r.
Shuni qayd etish kerakki, shteyn deb ataluvchi qotishma tarkibida
o‘rtacha 20-60% Cu, 10-60% Fe, 20-25% S va qisman Pb, Ag, Au, Zn, Ni va
boshqa elementlar bo‘ladi.
Konvertorda suyuq shteyndan xomaki misni olish.
Konvertor diametri 3-4
m, uzunligi 6-10 m bo‘lib, devorlari magnezit g‘ishtdan terilib, sirtiga po‘lat list
qoplanadi va bandajlar bilan to‘rt juft rolik (1) ga o‘rnatilgan bo‘ladi (11-rasm).
Konvertorni ishga tushirishdan oldin uni mexanizm (2) yordamida
shunday holatga keltiriladiki, og‘zidan avval kvars bo‘laklari, keyin ~1200°C li
shteyn quyilganda u havo haydaladigan furma teshiklaridan tashqariga oqib
ketmay- digan bo‘lsin. Furmadagi teshiklar soni 40-50 ta, diametri 50 mm gacha
bo‘ladi, ular orqali konvertorga 1-1,4 MPa bosim ostida havo haydalib,
konvertor ish holatiga keltiriladi.
Konvertordan o‘tadigan jarayonni ikki bosqichga ajratish mumkin:
Birinchi bosqich.
Bu bosqichda konvertorga haydalayotgan havo kislorodi
temir sulfidlarini oksidlaydi va hosil bo‘lgan temir (Il) oksid kvars (qumtuproq)
bilan birikib shlak hosil qiladi:
2FeS+3O2 = 2FeO + 2SO2 + Q 2FeO+2SiO2=2FeOSiO2+Q.
Jarayonda ajralayotgan shlak yig‘ilishi bilan konvertor og‘zidan kovshga
chiqariladi. Konvertorga esa yangi shteyn va flyus kiritiladi. Birinchi bosqichda
temir sulfidining oksidlanishi va shlak ajralishi bilan shteyn temirdan deyarli
tozalanadi.
38
Ikkinchi bosqich
. Bu bosqichda konvertordagi mis sulfid haydalayotgan
havo kislorodi va Cu2O bilan reaksiyaga kirishib misni qaytaradi:
2Cu2S + 30, = 2Cu2O + 2SO2 + Q Cu2S + 2Cu2O = 6Cu + S02 - Q.
Bu bosqich 2-3 soat davom etadi. Olingan misda 0,03
8% S, 0,03-0,1% Fe, 0,3-0,5% N2, 0,1 % gacha O2, juda oz miqdorda Rv, Ag,
Au va boshqa qo‘shimchalar bo‘lgani uchun bunday mis xomaki mis deyiladi.
Konvertordan ajralayotgan gazlarda 12-17% SO2 bo‘lgani uchun uni changdan
tozalab, sulfat kislota olishda foydalaniladi.
Xomaki misni rafinirlash.
Agar xomaki misning tarkibida juda oz
miqdorda Au, Ag kabi nodir metallar bo‘lsa, olinadigan metalldan begona
qo‘shimchalar miqdoriga u qadar katta talablar qo‘yilmasa, alangali pechlarda
havo haydab rafinirlanadi. Bunda pechga kiritilgan xomaki mis suyultirilgach,
unga diametri 20-40 mm li o‘tga chidamli material bilan qoplangan po‘lat traba
tushirilib, u orqali metall sathiga 0,2 MPa (2 atm) bosimda havo haydaladi.
Havo kislorodi ta’sirida 4[Cu]+02=(2Cu20) hosil bo‘ladi hamda metalldagi
qo‘shimchalar Al, Si, Mn, Zn, Sn, Fe, Ni, Rb, S, Sb, As, Vi lar ham oksidlanadi:
[Me] + [Su2O] = [MeO] + 2Cu; bir vaqtda Cu2S + 2Cu2O = 6Cu + SO2
reaksiya ham boradi.
Hosil bo‘layotgan oksidlarning bir qismi Sb2O3, RbO, ZnO pech gazlari
bilan atmosferaga chiqib ketsa, boshqalari A12O3, SiO2, Fe2O3 shlakka o‘tadi.
Bunda Ag va Au oksidlanmay, qaytarilgan mis tarkibida bo‘ladi.
Begona jinslarni oksidlanish davri tugagach, metallni gazlardan tozalash
uchun shlak pechdan chiqarilib, metall vannaga ma’lum miqdorda pista ko‘mir
kukuni (metall oksidlanmasligi uchun) kiritiladi.
Keyin diametri 200-300 mm.li uzun ho‘l qayin yoki qayrag‘och tayoq
tushirilib aralashtiriladi.(Yog‘och tayoq o‘rniga tabiiy gazdan yoki boshqa
qaytaruvchilardan ham foydalanish mumkin). Ajralayotgan uglevodorodlar va
suv bug‘lari mis oksiddan misni qaytarib, oltingugurt va boshqa gazlardan
tozalanadi:
4Cu2O + CH4 = 8Cu + CO2 + 2H2O.
Misni elektrolitik rafinirlash.
Bunda juda toza mis olish bilan birga uning
tarkibidagi nodir metallar (Au, Ag va boshqalar) ham ajratiladi. Bu jarayon ichki
devori qo‘rg‘oshin list yoki viniplast bilan qoplangan yog‘och yoki beton
39
vannalarda olib boriladi. Elektrolit esa mis kupo- rosining suvdagi 12-15% li
eritmasi (CuSO4-5H2O) ga 1015% li sulfat kislota (H2SO4) aralashmasi
qo‘shib tayyor- lanadi. Anod sifatida o‘lchami lxl m va qalinligi 50 mm.li
xomaki mis plastinkalardan, katod sifatida esa qalinligi 0,5- mm.li elektrolitik
toza mis plastinkalardan foydalaniladi. Anodlar soni vannaning hajmiga qarab
20 dan 50 tagacha bo’lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |