O‛zbekiston respublikasi oliy va o‛rta maxsus ta`lim vazirligi


To’qima qo’zg’alganda qo’zg’aluvchanlikning o’zgarishi



Download 0,62 Mb.
bet3/27
Sana21.01.2022
Hajmi0,62 Mb.
#395549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
foydali-fayllar uz asab va mushak fiziologiyasi

To’qima qo’zg’alganda qo’zg’aluvchanlikning o’zgarishi.

To’qima qo’zg’alganda uning qo’zg’aluvchanligi vaqtincha pasayadi. Qo’zg’aluvchanlikning bunday pasaygan davri refrakter davr deyiladi (refrakterlik- javob bermaslik). Refrakter davr ikkiga: mutloq refrakter davr va nisbiy refrakter davrlariga bo’linadi. Qo’zg’alishning paydo bo’lish va rivojlanib, avjiga chiqish davri mutloq refrakter faza deyiladi. Bu fazada qo’zg’aluvchanlik butunlay yo’qolgan bo’ladi. Mutloq refrakter fazada ikkinchi ta'sirot har qancha kuchli bo’lsa ham, jami qo’zg’alishni, ya'ni yangi harakat potensiallari farqini vujudga keltira olmaydi. Mutloq refrakter faza har xil to’qimalarda har xil muddat davom etadi. Issiq qonli hayvonlarning nerv tolalarida 0,0004-0,002, tana muskullarida 0,0025-0,003, yurak muskullarida esa 0,3-0,4 sek. teng bo’ladi. Mutloq refrakter fazadan keyin to’qimaning qo’zg’aluvchanligi tiklana boradi. To’qima qo’zg’aluvchanligining shunday davrini nisbiy refrakter faza deyiladi. Nisbiy refrakter fazada to’qima kuchli ta'sirotga kuchsiz qo’zg’alish bilan javob qaytara oladi. Bu fazada to’qima qo’zgatilganda harakat potensiallarining amplitudasi keskin kamaygan bo’ladi.

Nisbiy refrakter faza nerv tolalarida 0,001-0,01, muskullarda 0,03sek. davom etadi. Nisbiy refrakter faza supernormal faza, ya'ni qo’zg’aluvchanlik kuchayadigan faza bilan almashinadi. Bu fazani N.E.Vvedenskiy ekzaltatsiya fazasi deb atagan edi. Supernormal faza (ekzaltatsiya fazasi) harakat potensialidan keyin kuzatiladigan manfiy iz potensiallari davrida kuzatiladi. Ta'sirot to’qimaga ana shu fazada ta'sir qilgandagina to’qima to’la qo’zg’aladi. Manfiy iz potensiali yo’q to’qimaning supernormal fazasi bo’lmaydi. Ayrim to’qimalarda supernormal faza subnormal faza bilan almashinadi. Supernormal fazada to’qimaning qo’zg’aluvchanligi fiziologik tinchlik holatdagiga nisbatan pasaygan bo’ladi. Bu faza musbat iz potensiallari yuzaga kelgan davrda kuzatiladi. To’qima qo’zg’alganida qo’zg’aluvchanligining o’zgarishi to’qimada moddalar almashinuvining o’zgarishiga bog’liqdir. Refrakterlik qo’zg’aluvchan to’qimaning normal faoliyati uchun zarur holatdir. Chunki mutloq refrakter fazada to’qimaning qo’zg’alayotgan joyida murakkab bioximik hodisalar sodir bo’ladi, oqibatda organik moddalar parchalanib, energiya ajralib chiqadi, to’qima shu energiya hisobiga qo’zg’aladi.


Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish