Muskullar fiziologiyasi.
Organizmdagi barcha muskullar ikki guruhga: ko’ndalang-targil va silliq muskullarga bo’linadi. Muskullarning asosiy vazifasi qisqarish bo’lib, ularning yordamida organizmdagi barcha harakatlar vujudga keladi. Ko’ndalang-targil muskullar (skelet muskullari) odam va hayvonlarning faol harakat qilishini ta'minlaydi. Ichki organlarning devorlari silliq muskullardan tuzilganligi sababli, barcha ichki organlarning harakatlari ana shu muskullarning faoliyati bilan bog’liq. Masalan, oziqalarning hazm organlari bo’ylab harakati, qon tomirlarining kengayib- torayishi va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |