Nervdan ta'sirotning o’tish tezligi. Bundan 100 yildan ko’proq ilgari ta'sirot nervdan juda tez o’tadi va bu tezlik yorug’likning tarqalish tezligiga baravar bo’ladi, deb xisoblanar edi. Mashhur nemis fiziologi Gelmgols maxsus asbob-galvanometr yordamida nervdan ta'sirot o’tish tezligini aniqlashga muvaffaq bo’ldi va bu tezlik uncha katta emasligini, masalan, baqaning harakatlantiruvchi nervi uchun sekundiga
27 m ga tengligini isbotladi. Issiq qonli hayvonlarning afferent tolalari ta'sirotni tezroq o’tkazadi. Jumladan, mielinli nervlarning afferent tolalari bo’ylab ta'sirot 160 m/sek. tezlik bilan tarqaladi. Mielinsiz nervlar mielinli nervlarga qaraganda ta'sirotni 100 baravar sekinroq o’tkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |