О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


O`lkashunoslikning turlari



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#394007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

1. O`lkashunoslikning turlari
 
O`lkashunoslik  uch  turga  bo`linadi:  1)  ilmiy,  ya`ni  davlat  o`lkashunosligi;  2)  jamoat 
o`lkashunosligi; 3) maktab o`lkashunosligi. O`lkashunoslikning har uchala turi o`zaro bir-biriga 
aloqador bo`lib, biri ikkinchisini to`ldiradi.
 
Davlat o`lkashunosligi bilan respublika tarixiy va madaniy yodgorliklarni muhofaza qilish 
hamda  ulardan  foydalanish  qo`mitasi,  muzeylar,  respublika  Fanlar  akademiyasi  qoshidagi  tarih 
arxeologiya ilmiy-tadqiqot institutlari shug`ullanadi.
 
Jamoag o`lkashunosligi  qishloq, ovul, qo`rg`on, tuman, shahar, viloyat hududidagi tarixiy 
obidalarni saqlash va asrash ishlariga boshchilik qilish bilan birga joylarda istiqomat qilib turgan 
xalqlarning  kelib  chiqishlari  (etnogenezi),  urf-odatlarini  o`rganadi  hamda  ilg`or  mehnatkashlar, 
Mehnat  qahramonlari  xotirasini  abadiylashtirish  uchun  haykallar,  mangu  olovlar,  hurmat 
taxtalari  tashkil  qiladi.  Bundan  tashqari  jamoat  o`lkashunosligiga  mustaqil  ravishda  tanga 
pullarni  o`rganuvchi mutaxassislar — numizmatlar, muhrlarni o`rganuvchilar sfragistlar, tamg`a  
(gerb)larni  o`rganuvchilar  —  geraldistlar,  tosh,  metall,  sopol  va  yog`ochdagi  yozuvlarni 
o`rganadigan  olimlar-epigrafistlar,  eski  asbob-uskunalar  va  qurol-aslaha  hamda  shu  kabi 
narsalarni to`plovchilar ham uyushadi.
 
Maktab  o`lkashunosligi  esa  maktablarda  tarih  inson  va  jamiyat  fani  o`qituvchilarining 
bevosita rahbarligida tashkil qilinadi. Maktab o`lkashunosligining a`zolari V-X (XI) sinflarning 
eng intizomli va a`lochi o`quvchilaridan tuzilib, ular o`lka materiallarini to`rt guruhga bo`lingan 
holda  to`playdilar.  To`plangan  arxeologik,  etnografik,  toponimik  va  arxiv  hujjatlari  maktab 
o`lkashunoslik va tarix muzeylarida namoyish qilinadi.
 
Maktab  o`lkashunosligi  ta`lim-tarbiyani  turmush,  ishlab  chiqarish,  yangi  jamiyat  qurish 
tajribasi  bilan  uzviy  bog`liq  holda  o`rganadi.  O`qitish  jarayonida  o`lka  materiallaridan  o`rinli 
foydalanish o`quvchilarning o`z o`lkasi tarixini bilib olishga, chuqur bilim olishga, mustaqil ijod 
qilishga  bo`lgan  qiziqishini  orttiradi  va  kelgusi  hayot  yo`lini  tanlab  olishga  yordam  beradi. 
Maktab o`lkashunosligi fanlar o`rtasidagi aloqani mustahkamlaydi hamda o`qituvchi zimmasiga 
katta  mas`uliyat  yuklaydi.  U  dastur  asosida,  o`z  a`zolarining  bilim  darajasi  hamda  ijodiy 
qobiliyatlarini hisobga olgan holda (iloji boricha mutaxassislarning maslahatlari va ko`rsatmalari 
asosida)  tadqiqot  o`tkazish  ishining  rejasi  va  ish  hajmi  hamda  uslubini  ishlab  chiqadi. 
O`lkashunoslikning butun muvaffaqiyati shu ishga raxbarlik qilayotgan o`qituvchining bilimiga 
va tashkil qila olishiga bog`liq. Agar o`qituvchi o`z o`lkasini yaxshi bilsa, bu haqdagi og`zaki va 
yozma  manbalarni  muntazam  o`rganish  bilan  birga  o`quvchilarning  ota-onalari,  keksalar, 
o`lkashunoslik  tashkilotining  xodimlari  bilan  suhbatlar  olib  borib,  pedagogik  mahoratini  ishga 
solsa, o`quvchilarning faolligi  ortib  boradi,  o`tilgan materiallarni to`liq o`zlashtirish  bilan birga 
uni hayotga xam tatbiq qila boshlaydi. Natijada o`quvchilarning puxta bilim olish bilan birga o`z 
o`lkasiga  bo`lgan  mehr-muhabbati  ortadi  va  tarixiy  tasavvuri  hamda  tarixiy  tushunchasi 
shakllanib boradi.
 
Maktab o`lkashunosligi ikkiga bo`linib, o`quv jarayonida (o`quv dasturi asosida) va 
dasturdan tashqari (maktabning tarbiyaviy ishlar rejasiga asoslangan holda) amalga oshiriladi. 
O`quv  jarayonida (sinfda) olib boriladigan o`lkashunoslik ishlari ham   ikki maqsadni 
ko`zlaydi. Biri – o`z o`lkasining o`tmishini arxeologik, etngorafik, toponomik, qo`lyozma 
asarlar va arxiv xujjatlari asosida o`rganish va o`lkashunoslik materiallarini bir tizimga solish
ikkinchisi — to`plangan o`lkashunoslik materiallaridan tarix hamda inson va jamiyat 
darslarida foydalanish. Sinfda olib boriladigan o`lkashunoslik ishlariga barcha o`quvchilariing 
ishtirok etishi majburiydir. Maktabdan tashqari olib boriladigan o`lkashunoslik ishlari, ya`ni 
sayohatlar, arxeologik ilmiy safarlarda O`zbekiston Fanlar akademiyasi tarix hamda 
arxeologiya institutining tavsiyasi bilangina shu ishga layoqatli o`quvchilar ixtiyoriy ravishda 


 

ishtirok etadilar. Maktab o`lkashunosligi tarix hamda inson va jamiyat fanlaridan olgan 
bilimlarni oydinlashtiradi, kengaytiradi hamda har xil fanlarning o`zaro aloqasini ta`minlaydi. 
Maktab  o`lkashunosligi  tarixiy  obidalarni  saqlash  va  himoya  qilish,  qadimiy 
manzilgohlarni  topishda  ham  katta  rol’  o`ynaydi.  U  jamoa  bo`lib  yashash,  ishlash  va  ijod 
qilishga  o`rgatadi.  O`quvchilarda  sinchkovlik,  tirishqoqlik,  tevarak-atrofga  havas  bilan  boqish, 
tadqiqotga qiziqish, Vatanni sevish va uni ardoqlash hislari shakllanib boradi.
 
Darhaqiqat, maktab o`lkashunosligi o`quvchilarda o`z Vataniga mehr uyg`otish bilan birga
ularni estetik ruhda tarbiyalashga xdm munosib hissa qo`shadi.
 
Vatanga  bo`lgan  mehr  tuyg`usi  o`z  o`lkasini  o`rganishdan  boshlanadi.  Maktab 
o`lkashunosligida ana shunday tuyg`u shakllanadi.
 
 
2. Tarixiy o`lkashunoslikning rivojlanishi. 1917 yilga qadar o`lkani o`rganish masalasi. 
Rus  olimi  M.  V.  Lomonosov  o`z  o`lkasini  mukammal  o`rganish  maqsadida  1761  yili  30 
savoldan  iborat  javob  varaqasi  tuzib,  aholi  o`rtasida  tarqatgan  edi.  Ayni  vaqtda  bu  bilan 
o`lkashunoslik  faniga  asos  solingandi.  O`lkani  o`nganish  masalasi  O`rta  Osiyo,  shu  jumladan 
O`zbekiston  hududida  Rossiyadan  anchagina  keyinroq,  ya`mi  XIX  asrning  ikkinchi  yarmidan 
boshlanadi.
 
Rus  olimlari  O`rta  Osiyoning  chorizm  tarafidan  bosib      olishidan      ancha      ilgari      bu  
o`lkani      o`rganish  bo`yicha  bir  qancha  ishlar  qilgan  edilar.  Biroq,  XIX  asrning  birinchi 
yarmidagi  o`lkani  o`rganish,  ya`ni  mahalliy  tarixchilik  ijtimoiy-siyosiy,  iqtisodiy  va  madaniy 
hayotdagi biqiqliqka mos bo`lib, feodal tuzum manfaatlari uchun xizmat qilar edi. Tarix fanidan 
feodal  sinfining  manfaatlari,  xonlar  va  ular  sulola-sining  taxtga  egaligi  va  «odilligi»ni 
mafkuraviy  jihatdan  asoslash  uchun  foydalanib  kelindi.  Saroy  tarixchilari  o`zlarining  asosiy 
e`tiborlarini  siyosiy  voqeliklarni  xonlarning  faoliyati  va  o`z  raqiblari  ustidan  qozongan 
g`alabalarini ko`klarga ko`tarib maq-tash, saroydagi an`analarni tasvirlashga qaratdilar. CHunki 
zamon o`zi shunaqa edi. Natijada bu davr tarixchiligining mavzui jahon tarixchiligi mavzusidan 
bir  qadar  ajralib  qoldi.  X—XV  asrlardagi  mahalliy  tarixchilar  Muhammad  Narshaxiy,  Tabariy, 
Rashididdin,  Nizomiddin  Jomiy,  Abulg`ozixon  va  boshqalarning  asarlari  o`zining 
mazmundorligi,  faktik  materialga  boyligi  bilan  bu  davrda  yozilgan  tarixiy  asarlardan  sezilarli 
darajada  ajralib  turadi.  SHarqshunos  A.  A.  Romaskevich  Rashididdinning  «Jome  ut-tavorix» 
nomli asari ustida so`z yuritar ekan, haqli ravishda bu asar o`zining mazmuni va hajmi jihatidan 
muhimligini ko`rsatib, biz bu asardan keyin eron tarixchiligida voqealarni bu xilda bayon qilish 
uchun  bo`lgan  intilishni  ko`rmaymiz,  deb  yozgan  edi.  Bu  O`rta  Osiyo  tarixchiligiga  ham  xos 
narsa  edi.  SHunday  qilib,  XIX  asrning  birinchi  yarmida  tarix  fani  ham,  boshqa  fanlar  singari, 
hukmron sinfning manfaati uchun xizmat qildi.
 
X1X asrning 30-yillarida Buxoro saroy tarixchisi Muhammad YOqub yozgan «Gulshan ul-
muluk»  nomli  asar  o`sha  davr  tarixiy  manbalaridan  biri  hisoblanadi.  Bu  asar  fors-tojik  tilida 
yozilgan  bo`lib,  unda  qadimgi  zamonlardan  to  XIX  asrning  30-  yillarigacha  bo`lgan  Buxoro 
amirligidagi  siyosiy  voqealar  bayoni  beriladi.  Asarda  saroy  voqeliklari,  xukmron  sinflar  tarixi, 
o`zaro  urushlar,  unda  erishilgan  g`alabalar,  xonlikning  keyingi  sulolasining  genealogiyasi 
(nasabnomasi)  ifodalanib,  jamiyatning  rivojlanishida  asosiy  kuch  bo`lgan  xalq  ommasining 
ahvoli, uning tilak-orzulari, xalq harakatlari va bu harakatning tub mohiyatini yoritishga bo`lgan 
intilishni deyarli ko`rmaymiz.
 
YAna  o`sha  davrda  fors-tojik  tilida  yozilgan  ikkinchi 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish