О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Kaltaminorliklar chaylasi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#394007
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   161
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

 
3. Kaltaminorliklar chaylasi
 
Neolit  (yangi  tosh)  davriga  o`tish,  asosan  toshni  silliqlash  va  teshish  usullarini  rasm 
qilishdan boshlanadi. Bu davrda odamlarning katta yutuqlaridan biri sopol idishlar yasash bo`ldi. 
Ko`pchilik xalq bu davrda daryo, ko`l va dengizlar bo`yida, aksariyati qum ustida chayla qurib 
yashagan.  Bular  asosan  o`troq  bo`lib,  faqat  ovchilik  va  baliqchilik  bilan  kun  kechirganlar. 
SHuning   uchun   sopol   idishlarning   tagi   tekis   emas,
 
yumaloq yoki tuxum uchiga o`xshash 
bo`lgan. O`zbekistonda Boysun tog`laridagi Machay, Amir Temur g`orlarida, Uzboy atrofida va 
Qoraqalpog`istondagi YOnbosh qal`a atroflarida neolit davri madaniyatining qoldiqlari topilgan. 
Bu makonlar ichida eng diqqatga sazovori qoraqalpog`istondagi kaltaminorliklar chaylasidir.
 
Professor S. P. Tolstov boshliq Xorazm arxeologiya ilmiy safari 1937 yilda qidirish ishlari 
olib  borib,  Janubiy  Qoraqalpog`istondagi  qizilqum  ichida  qolib  ketgan  qadimgi  obod  erlarda 
g`oyatda  ko`p  va  ahamiyatli  yodgorliklarni  topib  tekshirdi.  Bu  yodgorliklar  orasida  eng 
qadimgisi  kaltaminorliklar  chaylasi  bo`lib,  unda  so`nggi  davrlarning  yodgorliklari  ham  yaxshi 
saqlangan.
 
Qizilqum  sahrosidagi  qum  tepaliklar  orasida  YOnbosh  (Jonbos)  qal`a  nomli  qir  ustida 
eramizdan  300  —  400  yillar  ilgari  solingan  qal`a  bor.  O`sha  qirning  janub  tomon  etagida 
shamolda buzilib nurayotgan taqirlar tagida kul,  sopol siniqlari,  mayda tosh  qurollar va boshqa 
narsalar ko`rinib qolgan.
 
1940 yili o`sha joy qazilganda, u erda qum tepasini tekislab, xodachalar va qamishdan juda 
katta chayla qurilganligi aniqlandi.
 
Professor  S.  P.  Tolstovning  taxminiga  ko`ra,  deb  yozadi  marhum  akademik  YA.  G`. 
G`ulomov,  bu  chaylada  100—120  odam  ona  urug`i  oilasi  tartibida  yashagan.  CHaylada  qumni 
o`yib  ishlangan  20  dan  ortiq  o`choq  bo`lgan.  Har  bir  o`choq  atrofida  baliq  suyaklari,  kiyik, 
yovvoyi cho`chqa, qirg`ovul, suv qushlarining suyaklari, o`rdak, g`oz tuxumlarining po`choqlari, 
yovvoyi jiyda danaklari, chaqmoqtoshdan yasalgan mayda pichoqsimon asboblar, toshni silliqlab 
ishlangan bolg`asimon asbob, sopol idish siniqlari va shunga o`xshash narsalar ko`p bo`lgan. Bu 
joyda hali metall, uy hayvonlari, qo`lda ekiladigan ekin qoldiqlari yo`q.
 
CHaylada  topilgan  narsalarning  hammasi  bu  joyda  qadim  zamonda  suv  bo`lganligidan 
dalolat  beradi.  Bu  atrof  bir  zamonlar  ko`l  va  botqoq  bo`lgan,  unda  yovvoyi  jiyda  danaklari 
bo`lgan,  chaqmoqtoshdan  yasalgan  mayda  pichoqsimon  qurollar  topilgan  joy  atrofida  paxta 
daraxtlari  o`sgan  chakalakzorlar  va  qamish  o`sadigan  to`qaylar  bo`lgan.  CHaylani  shu 
materiallardan  yasaganlar.  Baliq  suyagining  ko`pligi  bundagi  odamlarning  asosiy  kasbi  ko`lda 
baliq ovlash va to`qayda ovchilik qilishdan iborat bo`lganligidan guvohlik beradi.
 
Metallning  yo`qligi,  uy  hayvonlari  va  dehqonchilik  alomatlarining  yo`qligi  —  bular  hali 
ona  urug`i  bosqichida  yashaganligidan  darak  beradi.  Bu  chayla  ahli  bundan  5000  yillarcha 
muqaddam  yangi  tosh  (neolit)  davrining  oxirida  yashagan.  Bu  O`zbekistonda  ona  urug`i 
tartibining oxiri hisoblanadi.
 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish