О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#394007
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   161
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

 
Foydalanilgan adabiyotlar. 
 
1.
 
Karimov  I.A.  Vatan  sajdagox  kabi  muqaddasdir.  Toshkent  «O`zbekiston  1996 
yil.» 
2.
 
Artsixovskiy A B.«Arxeololgiya asoslari» Toshkent «O`qituvchi» 1970yil. 
3.
 
Nabiev A. «Tarixiy o`lkashunoslik» Toshkent «O`qituvchi» !996 yil. 
4.
 
Sa`diev A. «XIX asrda Turkistonda tarix fani» Toshkent 1960 yil 
5.
 
G`ulomov YA.G. «O`zbekistonda arxeologiya» Toshkent 1956 yil.  
 
 
 
2-MAVZU: 
Tarixiy  o’lkashunoslikning  asosiy  manbalari.  O’lkashunoslikda 
arxeologiyaning roli.
 
 
REJA: 
 
1.
 
Fanning asosiy manbalari 
2.
 
O`zbekistonda arxeologiya: Yozma va moddiy ashyoviy manbalar. 
 
O`lkashunoslik  besh  asosiy  manbaga:  arxeologiya,  etnografiya,  toponimika  va  arxiv 
hujjatlari xamda muzey materiallariga tayanib ish tutadi.
 
Qishloq,  rayon,  shahar  yoki  viloyat  hududining  tarixini  o`rganishda  shu  manbalardan 
birontasi ham diqqat-e`tibordan chetda qolmasligi lozim, busiz o`lka tarixini mukammal o`rganib 
bo`lmaydi.
 
O`sha  besh  manbadan  biri  bo`lgan  arxeologiya  to`g`risida  gap  borganda,  avvalo  maktab 
tarixi  kursining  qaysi  qismida,  qaysi  sinfda  va  qanday  qilib,  qachon  arxeologiyaga  oid 
materiallardan  foydalanish  mumkin  degan  savolga  javob  berish  kerak  bo`ladi.  CHunonchi,  V 
sinf  tarixi  kursida  O`zbekiston  xalqlarining  eng  qadimgi  ibtidoiy  jamoa  davri:  odamlar  to`da 
holda  yashagan davr, ona urug`i  (patriarxat) davri,  ona urug`ining rivojlanishi, kaltaminorliklar 
chaylasi, ota urug`i (patriarxat) davri, temirning tarqalishi, sug`orishning kelib chiqishi davridan 


 
21 
boshlab,  quldorlik  jamiyati,  feodalizm  davri,  nihoyat  XVIII  asrning  ikkinchi  yarmida 
feodalizmning  emirilishi  va  kapitalistik  munosabatlarning  rivojlanishigacha  bo`lgan  juda  katta 
tarixiy davr o`z ifodasini topgan. Demak, bu kursda ayrim mavhum tarixiy tushunchalar haqida 
o`quvchilar  ma`lum  tasavvur  hosil  qilishida,  tarixiy  faktlarni  ishonarli  qilib  tushuntirishda 
arxeologiyaga oid materiallardan o`rinli foydalanish juda muhimdir.
 
«Arxeologiya»  so`zi  lotin  tilidan  olingan  bo`lib,  «arxayos»  —  qadimgi,  «logos»  —  fan, 
ya`ni qadimgi davrni o`rganuvchi fan degan ma`noni bildiradi. Arxeologiya — o`lkashunoslik va 
tarix fanlarining asosiy manbalaridan biridir.
 
Dunyo  xalqlarining  bir  necha  yuz  ming  yillardan  beri  davom  etib  kelayotgan  tarixi  bor. 
Lekin  shu  uzoq  tarixiy  taraqqiyotning  eng  keyingi  5  —  6  minginchi  yillaridan  boshlabgina 
yozma asarlar bo`lib, undan avval xalqlarda yozuv va yozma tarix bo`lmagan.
 
YOzuv  paydo  bo`lgandan  keyin  xam  ko`pgina  voqealar  yozilmay  qolgan,  podsholarning 
buyruqlari,  ruhoniylarning  diniy  ta`limotlari,  xazinalarning  hisob-kitoblari  hamda  turli  urushlar 
haqidagi  yozma  asarlar  esa  o`z  zamonasining  ishlab  chiqarish  usullari  va  vositalarini,  xalqning 
maishatini etarlicha aks ettirmagan.
 
Demak,  qadimgi  shahar  va  qishloqlar  qazib  ko`rilganda,  u  erlardan  qadimgi  xalqlarning 
uy-joy qoldiqlari, uy-ro`zg`or asboblari, zeb-ziynat buyumlari, e`tiqod yodgorliklari topiladi; bu 
narsalar  esa  yozma tarixdagi  ma`lumotlarga qaraganda o`sha davr turmu-shini har taraflama va 
aniqrok,  yoritib  berishga  yaraydi.  YOzma tarix paydo bo`lgungacha o`tgan bir necha  yuz ming 
yillik  davr  tarixini  hamda  yozma  tarix  chiqqandan  keyingi  davr  hayotini  to`la  o`rganish 
zaruriyati  o`sha  davr  xalqlaridan  qolgan  buyumlarni  tekshirib  ko`rishni  taqozo  etadi.  Bunday 
yodgorlik  buyumlarini  tekshiruvchi  fan  arxeologiyadir,  Arxeologiya  ibtidoiy  odamlar  yashagan 
makonlarni, sinfiy davrdan qolgan shahar, qishloq va mozorlarni qazib ko`rib, tarixni aniqlaydi.
 
Arxeologlar  qazishma  usuli  bilan  ish  ko`radilar.  Ayniqsa  yozuvlar  paydo  bo`lmasdan 
burungi  davr  tarixini  arxeologiya  qazishmalarida  topilgan  buyumlar  to`ldiradi,  arxeologiya 
qazishmasining natijalari matbuotda keng yoritib boriladi.
 
Katta  qurilishlardao`tkaziladigan  er  qazish  ishlarida  arxeologiya  buyumlariga  ehtiyot 
bo`lish  yuzasidan  ilmiy  tushuntirishlar  o`tkaziladi.  ArxeoloGiya  fani  hali  boshqa  fanlarga 
qaraganda yosh bo`lishiga karamasdan, dunyoda katta e`tibor qozongan va hammani qiziqtirgan 
fandir.
 
 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish