О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


  O`lkashunoslik   to`garagini   tashkil   etish



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#394007
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   161
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

 
1.   O`lkashunoslik   to`garagini   tashkil   etish
 
O`lkashunoslik  to`garagini  tashkil  etishdan  oldin  ana  shu  muhim  va  murakkab  ishga 
rahbarlik qila oladigan, o`lkashunoslik ishini chin ko`ngildan sevadigan va bu sohada etarli bilim 
va malakaga ega bo`lgan mutaxassisdan rahbar tanlash va uni maktab o`qituvchilar Kengashida 
tasdiqlab  olish  zarur.  Bu  ancha  qiyin  masala.  O`lkashunoslik  to`garagining  bo`lg`usi  rahbari 
nimalarni  yaxshi  bilishi  kerak?  eng  avvalo,  u  o`lkashunoslik  nima  va  u  nimalarni  o`rganadi  va 
nimadan  bahs  etadi,  o`lkashunoslikning  manbalari,  ob`ektlari  qaysilar,  1917  yilgacha  undan 
keyin o`lkashunoslikning rivojlanish bosqichlari, turlari, tarixiy o`lkashunoslikning ilmiy-nazariy 
va uslubiy asoslari va boshqalarni juda yaxshi bilgan va tushunib olgan bo`lishi kerak.
 
Binobarin,  ana  shularni  o`rganib  olmasdan  turib  o`lkashunoslik  soxdsida  ma`lum  bir 
natijaga erishib bo`lmaydi.
 
O`lkashunoslik to`garagi ishi uning quyidagi asosiy manbalarini o`rganishdan boshlanadi. 
Darslikda  bayon  qilinganidek,  dastavval  o`lkashunoslik  haqida  qisqacha  ma`lumot  beriladi; 
o`lkashunoslikda  arxeologiya,  etnografiya,  toponimikaning  roli  va  ahamiyati  ochib  beriladi; 
o`lkashunoslikning asosiy manbalaridan biri  arxivshunoslik,  muzey eksponatlari xaqida batafsil 
tushuncha hosil qilinadi. XO`sh, bu manbalarning har biri qanday masalalar bilan shug`ullanadi? 
Demak, ish o`lkashunoslikning birinchi manbai arxeologiya nima degan savoldan boshlanadi.
 
«Arxeologiya»  so`zi  lotin  tilidan  olingan  bo`lib  «arxayos»  —  qadimgi,  «logsk»  —  fan 
degani,  ya`ni  qadimiylikni  o`rganadigan  fan  ma`nosini  anglatadi.  Dastlab  bu  atamani 
milodimizdan  avvalgi  IV  asrda  Platon  (Aflotun)  o`zining  «Gippiy»  dialogida  qadimgi  zamon 
haqidagi fan sifatida tilga olgan. Bu fan Evropada ancha qadimdan rivojlanib kelayotganligi, rus 
arxeologiyasi  haqida  qisqacha  so`z  aytish  bilan  birga,  O`rta  Osiyo  Rossiya  tomonidan  bosib 
olingach, O`rta Osiyo, shu jumladan, O`zbekiston hududida ham sharqshunos olimlar, havaskor 
arxeologlarning  olib  borgan  bu  sohadagi  ishlari  bilan  tanishtiriladi.  SO`ng  boshqa  fanlar  qatori 
arxeologiya  fani  ham  keyingi  davrda  rivoj  topgani,  O`zbekistonda  arxeologiyaning  vujudga 
kelishida,  rivojlanishida  rus  sharqshunoslarining  ko`rsatgan  beqiyos  xizmatlari,  mahalliy 
arxeologlarning  olib  borgan  ishlari,  hozirgi  kunda  o`zbek  arxeologlarining  ulkan  yutuqlari 
to`g`risida to`garak rahbari batafsil gapirib berishi kerak.   
 
To`garak  rahbari  arxeologiya  —  qazish  yo`li  bilan  topilgan  tarixiy  manbalar  asosida 
insoniyatning  uzoq  o`tmishi  o`rganilishini  aytib  berish  bilan  birga,  u  qanday  olib  boriladi? 
Arxeologiya  qidiruv  ishlarining  qanday  turlari  bor?  Qazish  ishlarini  tashkil  etish  tartiblari 
qanday?  degan  savollarga  javob  beradi.  Arxeologlar  o`rganadigan  predmet,  ob`ektlar  haqida 
tushuncha beradi. SO`ng arxeologiyaga yaqin va uni aniqlashda bevosita ishtirok etadigan fanlar 
ustida  to`xtaladi.  Masalan,  tosh,  metall,  sopol  va  yog`ochdagi  yozuvlarni  o`rganuvchi  soha 


 
123 
epigrafika,  tanga  pullarni  o`rganadigan  soha  numizmatika,  muhrlarni  o`rganadigan  soxa 
sfragistika, gerblarni o`rganadigan geraldika kabi arxeologiyaning bir qancha soxdlarini dalillar 
bilan tushuntirib berishi lozim.
 
Arxeologiya  tarixga  oid  fan  bo`lishi  bilan  birga  to`garak  rahbari  izohlab  bermoq  uchun 
geologiya, botanika, zoologiya va antropologiya ma`lumotlaridan foydalanadi va shu bilan birga 
o`zi  ham  o`sha  tabiiyot  fanlariga  qimmatli  materiallar  beradi,  topilgan  materiallarning  ayniqsa 
«yoshini» aniqlashga yordam beradi.
 
O`lkashunoslikning  ikkinchi  manbai  entografiyaga  kelsak  u  o`tmishda  va  hozirda 
xalqlarimizning  milliy  xususiyatlari,  urf-odatlari,  madaniyatiga  doir  ma`lumotlarni  xdmda 
millatlarning  kelib  chiqishlariga,  ularning  moddiy  va  ma`naviy  madaniyatining  o`sib  borishiga 
doir materiallarni o`rganadi.
 
Etnografiya so`zi lotin tilidan olingan bo`lib, «etnos» — xalq, «grafeyn» — yozmoq yoki 
yozaman  degan  ma`noni  anglatadi.  Bu  fan  xalqshunoslik  fani  deb  ham  yuritiladi.  Demak, 
etnografiya fani xalqimizning o`tmishidan boshlab to hozirgi kungacha saqlanib kelayotgan urf-
odatlari,  moddiy  va  ma`naviy  madaniyat,  turmush  tarzi  va  millatlarning  kelib  chiqishi 
muammosi (etnogenez), ularning o`zro aloqalari va boshqalarni o`rganadi.
 
O`lka  tirixini  o`rganishning  asosiy  manbai  bo`lgan  toponimikachi?  U  nima  degani? 
Qanday masalani o`rganadi? Bu so`z xam lotin tilidan olingan bo`lib, ikki so`zning birikmasidan 
tashkil  topgan,  ya`ni  «topos»  —  joy,  «onoma»  yoki  «onima»  —  nom,  demak  joyning  nomi 
o`rganiladigan  fan  degan  ma`noni  bildiradi.  Greklar.  bu,  fanni  «er  tili»  deb  ham  ataydilar. 
Masalan: Sariosiyo — bosh tegirmon, Taxta-pul — taxta ko`prik, Jizzax — diz (jiz) — qal`a, ak 
kichraytirish  affiksicha,  ya`ni  qal`acha  demakdir.  Har  qanday  til  leksikasi  qator  manbalar 
hisobiga  boyib  boradi.  Ana  shunday  manbalardan  biri  yuqorida  ta`kidlab  o`tganimizdek 
toponimikadir.
 
Toponimlardan  nom  olgan  buyumlar,  o`simlik,  xayvonlar  shu  qadar  ko`pki,  ba`zan  xatto 
ularning  etimologiyasi  to`g`risida  o`ylab  ham  o`tirmaymiz.  Qo`qon  arava,  buxori  qovun,  chust 
do`ppisi yoki pichog`i kabi so`zlarda o`sha joyning nomlari esga kelishi mumkin.
 
Demak,  toponimika  qishloq,  tuman,  shaharlarning  nomlarini  iqtisodiy,  sotsial,  siyosiy 
hayotdagi o`zgarishlar zaminida o`rganadi. O`qituvchi-rahbar toponimlar xaqida gapirayotganida 
uning  bevosita  tilshunoslikka  oid  bo`lgan  va  toponimlar  deb  hisoblangan  quyidagi  terminlari 
haqida ham to`xtalib o`tishi zarur, chunki o`quvchilar material yig`ish jarayonida mana shunday 
terminlarga ham e`tibor beradigan bo`ladilar. Masalan, antroponim so`zi — lotin tilidan olingan 
bo`lib,  «antropo»  —  odam,    «onoma»  —  nom,    kishi  ismi,  laqabi,  familiyasi  demakdir; 
antroponimika  —  kishi  ismlarini  o`rganadigan  fan.  Gidronim  —  grekcha  —  «gidro»  —  suv, 
«onoma»  —  nom,  suv  ob`ektlarining,  masalan,  kanal,  ariq,  anhor,  daryo,  soy,  jilg`a,  irmoq, 
buloq, quduq, dengiz, ko`l va qo`ltiq, bo`g`oz, sharsharalarning nomlarini o`rganadi.
 
Diminutiv  —  lotin  tilidan  olingan  so`z  bo`lib,  kichraytirilgan  shakldan  toponim  yasalishi 
demakdir.  O`zbekistonda  -cha  va  -ak  ba`zan  -ik  affikslari  diminutiv  shakldagi  toponimlar 
yasaydi;  bunday  toponimlar  otlardan  (-Hisorak,  Xumdonak,  Rudak),  sifatlardan  (Ko`kcha, 
Oqcha,  Qoracha,  Saricha),  etnonimlardan  (DO`rmoncha,  Naymancha)  yasalishi  mumkin.  Ba`zi 
hollarda esa biron toponimga taqlid qilib nom qo`yilganda ham diminutiv shakldagi toponimlar 
yasaladi, chunonchi Buxorocha, Samarqandak, Bag`dodik, Registonak va boshqalar.
 
Metateza  —  lotin  tilyda  metatesis  —  joy  almashtirish  —  so`zdagi  tovushlarning  o`rin 
almashishi (Beshog`och — Bechog`osh, Sayram — Saryom).
 
M e tafara (grekcha — «ko`chirish») — so`zning ko`chma ma`noda ishlatilishi (Tuyatosh 
— katta qoya, Mingbuloq — ko`p buloq), etak — daryoning, tog`ning, soyning yoki odamning 
etagi, burun — odamniki, qayiqniki va boshqalar.
 
Metonimiya  (grekcha  —  «qayta  nom  qo`yish»)  —  toponimikada  joy  nomining  qo`shni 
ob`ekt nomyga o`tishi, masalan, daryo nomining shahar nomiga aylanishi (Zarafshon daryosi — 
Zarafshon shahri, CHirchiq daryosi — CHirchiq shahri), daryo nomining tag` nomiga ko`chishi 
(Ko`ksuv  daryosi,  Ko`ksuv  tizmasi,  Vaxsh  daryosi  —  Vaxsh  tizmasi).  O`zbekistonda 
metonimiya hodisasi juda keng tarqalgan.
 


 
124 
Mikrotoponimiya  (grekcha  «mikro»  —  kichkina,  «onoma»  —  nom)  —  kichik  ob`ektlar: 
buloqlar quduqlar, dalalar, o`tloqlar, jarlar, yo`llar, kichik tepalar, ko`chalar va hatto atoqli otga 
ega  bo`lgan  ayrim  daraxtlarning  nomlari;  mikrotoponimiya  bilan  makrotoponimiya  orasida 
muayyan  chegara  yo`q,  masalan,  ba`zi  bir  tadqiqotchilar  ko`chalarni  makrotoponimlar  desalar, 
boshqa  birovlar  makrotoponim  deb  hisoblaydilar.  (Masalan,  Siob  arig`ini  ayrim  tadqiqotchilar 
siyoh ob, ya`ni qorasun desalar, ba`zilari o`ttiz, ob — suv so`zidan olingan deydilar.)
 
Oronimiya (grekcha «oros» — shahar, «onoma» — nom) — er yuzining rel’ef shakllari — 
tog`lar, cho`qqilar, qirlar, daralar, tekisliklar, jarlar nomlarini o`rganadi.
 
P olinimiya (grekcha — «polis» — shahar, «onoma» — nom). Urbonimiya so`zi ham lotin 
tilidan  olingan  bo`lib,  «urbs»  —  shahar,  aholi  punktlari;  xutor,  ovul,  qishloq,  shaharcha, 
stantsiya, shahdrlarning nomlarini o`rgatadigan maxsus fandir.
 
O`lkashunoslik  to`garagining  asosiy  manbalaridan  biri  —  arxiv  hujjatlaridan  foydalanish 
ekanligini o`qituvchi yana bir anyq dalillar bilan tushuntiradi.
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
YUqorida  keltirilgan  chizma  masalaga  ma`lum  darajada  aniqlik  kiritadi.  Demak, 
o`lkashunoslik o`z navbatida ikkiga, ya`ni maktab o`lkashunosligi va bolalar turistik ekskursiya 
stantsiyasiga bo`linadi.  Maktab o`lkashunosligi  darsda va darsdan tashqarida  amalga oshiriladi. 
Bolalar  turistik  ekskursiya  stantsiyasi  ekspeditsiyalar  hamda  turistik  poxodlar  uyushtiradi. 
Natijada darsdan tashqari olib borilgan hamda bolalar turistik ekskursiya stantsiyalari tomonidan 
uyushtirilgan  ekspeditsiyalar  va  turistik  poxodlarda  to`plangan  materiallar  maktab 
o`lkashunoslik to`garagida muhokama qilinadi.
 
Demak,  rahbar-O`qituvchi  o`lkashunoslikning  barcha  manbalari  bilan  o`z  a`zolarini 
batafsil tanishtirib chiqishi shart. 
 
O`lkashunoslik  to`garagida  qatnashadigan  o`quvchilarni  tanlashga  alohida  e`tibor  berish 
zarur.
 
To`garakka shu ishga astoydil qiziqadigan, tarih inson va jamiyat, geografiya, adabiyot va 
boshqa  fanlardan  puxta  bilimga  ega  bo`lgan,  sinchkov,  qidiruvchan,  a`lochi  o`quvchilar  tanlab 
olinishi kerak.
 
To`garak  a`zolari  bilan  birgalikda  maqsad-rejalar  haqida  obdon  maslahatlashib, 
maktabning  o`lkashunoslik  ishlariga  bevosita  yoki  bilvosita  aloqasi  bo`lgan  o`qituvchilar  bilan 
fikrlashib chiqqandan so`ng to`garakning ish rejasi tuzilib u o`quvchilarning umumiy yig`ilishida 
muhokama qilinadi va bildirilgan fikr-mulohazalar hisobga olinadi.
 
O`lkashunoslik  to`garagining  ish  rejasi  o`quvchilar  umumiy  yig`ilishida  muhokama 
qilyngach, bolalar sayohat stantsiyasi xodimlari bilan ham fikr almashiniladi.
 
Maktabda o`lkashunoslik ishlarini olib borish chizmasi 
O`lkashunoslik 
Maktab
 
Bolalar sayo?at 
stantsiyasi 
Ilmiy safarlar 
Darsda 
Darsdan tashqarida 
O`lkashunoslik to`garagi 
Sayoqatga chiqish 


 
125 
YUqoridagi  to`garak  rejasi  maktab  o`quvchilar  yig`ilishida  va  o`qituvchilar  kengashida 
uzil-kesil tasdiqlangandan keyin to`garak rahbari o`z a`zolarini har bir soha bo`yicha qilinadigan 
ishlar  xarakteri  bilan  tanishtirib  chiqishi,  yo`l-yo`riqlar  va  maslahatlar  berishi  lozim. 
O`lkashunoslik  masalalarini  aniq  misollar  keltirish,  sayohat,  suhbatlar  uyushtirish  yo`li  bilan 
o`rganish  kerak.  O`lkashunoslik  to`garagi  ishi  ham  g`oyaviy  ishning  ta`sirchan  vositalaridan 
biridir.  To`garak  tomonidan  o`rganilayotgan  yoki  uning  a`zolari  tomonidan  topilgan  har  bir 
tarixiy  yodgorlik  hududdagi  aholining  ko`z  o`ngida  bo`lishi,  istalgan  vaqtda  uni  borib  ko`rishi, 
bu yodgorliklar ustida doimo g`amxo`rlik qilinishi, u yaxshi saqlanishi va shu bilan birga ta`lim-
tarbiya ishida o`z aksini topa olishi lozim.
 
«Tarix va madaniyat yodgorliklarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to`g`risida»gi 
Qonunning I moddasiga muvofiq quyidagilar tarix va madaniyat yodgorliklari jumlasiga kiradi.
 
Tarixiy yodgorliklarga — xalq turmushidagi eng muhim tarixiy voqealar bilan, jamiyat va 
davlatning rivoji, inqilobiy harakat bilan, fuqarolar urushi, Ulug` Vatan urushi bilan, ijtimoiy va 
texnikaviy qurilish bilan, xalqlar madaniyati va turmushining rivoji bilan, atoqli siyosiy, davlat, 
harbiy  arboblarning,  xalq  qahramonlarining,  fan  va  san`at  arboblarining  hayoti  bilan  aloqador 
bo`lgan imoratlar, inshootlar, esdalik joylar va boshqalar kiradi,
 
Arxeologiyaga  oid  yodgorliklarga  —  ko`hna  shaharlar,  qal`alar,  qo`rg`onlar,  qadimiy 
manzilgohlar, istehkomlar, korxonalar, kanallar, yo`llarning qoldiqlari, qadimiy dafn joylari, tosh 
xdykallar, qoyalardagi tasvirlar, qadimiy narsalar, qadimiy aholi punktlaridagi tarixiy madaniyat 
qatlamlari uchastkalari kiradi.
 
SHahar  qurilishi  va  me`morchilik  yodgorliklariga  me`morchilik  ansambllari  va 
komplekslari,  tarixiy  markazlar,  kvartallar,  maydonlar,  ko`chalar,  shaharlar  va  boshqa  aholi 
punktlarining qadimiy tuzilishi va qurilishi qoldiqlari, grajdan, sanoat, xarbiy, diniy arxitektura, 
xalq me`morchiligi inshootlari tabiat landshaftlari kiradi.
 
San`at yodgorliklariga — monumental, tasviriy, amaliy-dekorativ va boshqa turdagi san`at 
asarlari kiradi.
 
YOdgorlik hujjatlariga — davlat va davlat boshqaruv organlarining aktlari, boshqa yozma 
jadval  hujjatlar,  kino  —  fotohujjatlar  va  tovush  yozuvlari,  shuningdek,  qadimiy  va  boshqa 
qo`lyozmalar hamda arxivlar, fol’klor va muzika yozuvlari, nodir bosma nashrlar kiradi.
 
Bu  yodgorliklar  jumlasiga  tarixiy,  ilmiy,  badiiy  qimmatga  ega  bo`lgan  yoki  boshqa  xil 
madaniy  qimmatga  ega  bo`lgan  ob`ektlar  xam  kiritilishi  mumkin.  Mana  shu  materiallar  tartibi 
bilan o`lkashunoslik to`garagi yig`ilishlarida muhokama qilinadi.
 
Sohalar  bo`yicha  ishlar  qanday  bajarilayotganligi  to`garak  mashg`ulotlarida  muntazam 
ravishda  muhokama  qilib  boriladi.  YUqorida  ta`kidlab  o`tilganidek,  avvalo  arxeologiyaga  oid 
materiallar  juda  uzoq  davrlarni  o`z  ichiga  olganligi,  topilmalarni  hali  to`garak  a`zolari  yaxshi 
o`zlashtirib  olmaganligi  sababli  ish  mana  shularni  o`rnatishdan  boshlanadi.  Ibtidoiy  jamoa 
tuzumining eng uzoq davrini kechirgan quyi paleolit, o`rta paleolit, yuqori paleolit (bu so`z lotin 
tilidan  olingan  bo`lib,  «paloyos»  qadimgi  «litos»  —  tosh,  ya`ni  qadimiy  tosh  demakdir)  davri 
tosh  qurollarining  o`ziga  xos  xususiyatlari,  ularning  hali  qo`pol  ishlanganligi,  bunday  tosh 
qurollar  oddiy  toshdan  emas,  balki  eng  qattiq  chaqmoq  toshlardan  yasalganligi  tushuntiriladi. 
Mezolit — o`rta tosh davridagi qurollarning paleolit davridagi tosh qurollaridan anchagina farq 
qilishi,  neolit  —  yangi  tosh  davriga  kelib  esa  tosh  qurollarning  murakkablasha  boshlaganligi 
muzeylardagi  mavjud  materiallar  asosida  tushuntirilsa,  bolalar  ekspeditsiya  va  sayohatlarga 
chiqqanlarida bunday tosh qurollarni oddiy yoki tabiiy toshlardan tez ajratadigan bo`ladilar.
 
SO`ngra  o`qituvchi  —  rahbar  eneolit  —  mis-tosh  davri  va  uning  qurollari  haqida 
tushuncha  beradi  va  ulardan  namunalar  ko`rsatadi.  Keyin  milodimizdan  avvalgi  III  minginchi 
yillarga xos bo`lgan va O`rta Osiyoda keng tarqalgan bronza davriga doir materiallar bilan, asta-
sekin sun`iy sug`orishga, dehqonchilikka o`tilishi munosabati tufayli shu davrga doir materiallar 
bilan  tanishtiradi.  Hunarmandchilikning  kelib  chiqishi,  sopol  idishlar  davrma-davr  o`rgatiladi. 
Natijada  o`lkashunoslik  to`garagi  a`zolari  arxeologiyaga  oid  materiallarni  juda  yaxshi  ajrata 
oladigan yosh arxeologlar bo`lib etishadilar.
 


 
126 
O`tmishdan to hozirgi kunga qadar hayot kechirib, mehnat qilib, o`z madaniyatini yaratgan 
xalqimizning  moddiy  va  ma`naviy  madaniyatini,  xalqlarning  kelib  chiqishini,  ularning  tillari, 
urf-odatlarini  o`rganadigan  etnografiya  haqida  materiallar  yig`ish  va  unts  o`rganish  juda  qiziq 
ekanligi  daliliy  ashyolar  asosida  tushuntirilsa,  student  va  o`quvchilar  etnografiyaga  oid 
materiallar to`plashda ham qiynalmaydilar.
 
O`lkashunoslik  to`garagi  ivdiga  iloji  boricha  qishloq  yoki  maktab  hududidagi  ko`pchilik 
ommani jalb etish maqsadga muvofiqdir.
 
Ayniqsa,  etnografiya,  toponimikaga  oid  va  qadimiy  qo`lyozma  kitoblar  va  hujjatlar 
to`plashda o`sha hududda istiqomat  qiluvchi  qariyalardan ko`proq foydalaiit  lozim. To`garakda 
muhokama etilgan har bir masala maktabda o`qitilayotgan tarih inson va  jamiyat  fanlari  oldiga 
qo`yilgan  yuksak  talablarni  amalga  oshirishda  katta  hissa  qo`shadi.  Ularning  shu  fanlardan 
oladigan bilimlarini mustaxkamlashga va kengaytirishga yordam beradi.
 
 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish