О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#394007
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   161
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

Qoraqalpoq      arig`i 
—  YOllanma      qishlog`i      va      CHinoz
 
xududlarini  suv  bilan 
ta`minlovchi ariqning nomi. Bu nomning kelib chiqishi haqida qiziq rivoyatlar bor. Biz ulardan 
eng e`tiborlisini keltiramiz. SHu qishloqda o`sib ulg`aygan 1880 yilda tug`ilgan Muhammad ota 
Xidirov  shunday  hikoya  qiladi:  «Utmishda  deyarli  CHinoz,  YOllanma  qishloq  hududida 
Bo`zsuvning  o`ng  va  chap  sohillariga  suv  chiqarish  juda  qiyin  bo`lgan.  SHu  sababdan  qishloq 
ahli  ariq  qazib  suv  chiqarishni  orzu  qilib  yurgan.  Bo`zsuv  arig`i  er  sathidan  ancha  pastda 
bo`lganligi  sababli  erli  xalq  qancha  urinsa  ham  Bo`zsuvdan  yuqoriga  suv  chiqara  olmaganlar. 
YUrt kattalari endi qanday qilib suv chiqaramiz, deb o`ylanib turganlarida oralarida paydo bo`lib 
qolgan bir cho`qqi qora telpak kiygan qoraqalpoq yigit ot minib olib, qalin yoqqan qor tepasidan 
iz  solib  beribdi.  Ariq  qazishga  kelgan  dehqonlar  uning  oti  izidan  ariq  qaziy  boshlabdilar. 
Nihoyat, suv ariq bo`ylab oqibdi va ariqqa iz solib bergan yigit qoraqalpoq bo`lganligi uchun shu 
yigitning millatini ulug`lab, ariqqa Qoraqalpoq deb nom qo`yishgan deyishadi. Boshqa birovlar 
bu ariqni qazishda juda ko`p qoraqalpoqliklar qatnashgan, ariq qazib tugatilgach, ularni qaygadir 
olib  ketishgan,  shu  sababli  ariqni  qoraqalpoqliklar  qazigan  deb  shu  nom  berilgan  deyishadi.  B. 
A.  Ahmedovning  ta`kidlashicha  XVI  asrda  Sirdaryoda  istiqomat  qilayotgan  Qoraqalpoqlarga 
ma`lum miqdorda taalluqli bo`lganligi sababli Qoraqalpoq nomini olgan bo`lsa kerak.
 
Qo`riq 
—  YAngiyo`l  rayonidagi  Tursunqulov  nomli  kolxoz  hududida  joylashgan 
qishloqning  eski  nomi.  U  qishloqda  qozoqlar  yashagan.  Ularning  erlari  juda  hosildor  bo`lgan. 
«Tosh  eksang  qo`karaman,  deydi,  biroq  euv  yo`q.  Suv  bo`lsa,  qishloqlar  guliston  bo`ladi».  el 
urug`lari shu haqda o`ylab, Bo`zsuvdan suv olib chiqish fikriga tushadilar. Ular to`planishib pul 
yig`adilar  va  1904  yilda  Toshkent  general-gubernatori  nomiga  ariza  yozadilar:  «Podsholiq  shu 
ishga  2000  so`mlik  qarz  bersin,  ikki  yilda  to`laymiz»  —  deydilar.  Arizadan  darak  bo`lmaydi, 
1905 yilda yana katta pul to`lab Oqpodsho Nikolay nomiga ariza yozadilar. Oylar, yillar o`tadi, 
undan  ham  javob  kelmaydi.  SHundan  so`ng  qishloq  yigitlari  to`planishib,  «ko`kragimizda 
yolimiz,  bilagimizda  kuchimiz  bor.  Ularning  yordamisiz  ham  o`zimiz  ariqni  qaziymiz»  — 
deydilar.  YUrt  boshliqlari  bu  tashabbusni  olqishlaydilar.        Pastdan        yuqoriga        suv    
chiqarmoqchi bo`ladilar. Oqsoqollar maslaxati bilan er ostidan suv olib kelmoqchi bo`lib, har 15 
— 20 metr joydan quduq qaziydilar. Er ostida bu quduqlarni bir-biriga bog`laydilar. Oylar, yillar 
va  og`ir  azobli  kunlar  birin-ketin  o`tadi,  azamatlar  o`z  ishlarida  oxiriga  qadar  izchil  turadilar. 
Biroq  ochlik  kuchayadi,  qishloq  xalqi  bor  bisotini,  ko`rpa-to`shagini,  hatto  bo`yrasigacha 
sotadilar. Ketmon chopgan azamatlar, er bag`rini tilib turgan qahramon yigitlarning ancha qismi 
ochlikdan qirilib keta boshlaydi, qolganlarini esa quduq bosib o`ldiradi. Xay attang mehnatimiz 
shamolga  sovirildi,  bir  tomchi  suv  deb,  ming  qatra  qonimiz  qurbon  bo`ldi,  azamat  yigitlardan 
ayrildik,  deb  nadomat  chekishadi  chollar.Qo`riq  qishlog`i  suvsizlikdan  xarob  bo`ladi,  xalqi 
bitadi,  lekin  ular  qazigan  quduqlari  o`tmishdan  alamli  bir  yodgorlik  bo`lib,  ayrimlarining  izi 
hozirgacha saqlanib kelmoqda.
 


 
69 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish