О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


jarayonini  o`rganishda  etnograflardan  V.G.Moshkiva



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#394007
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   161
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

 
jarayonini  o`rganishda  etnograflardan  V.G.Moshkiva,
 
K.L.Zadixina,  B.X.Karmisheva, 
K.SHoniyozov,  T.Fayzievlarning  ilmiy  ishlari  ham  diqqatga  sazovordir.  Millatlarning 
yaqinlashuvi  masalasini  falsafiy  jihatdan  yoritishda  Q.Honazarov  ham  ba`zi  tadqiqotlar 
o`tkazgan  edi.  O`zbek  etnografiya  guruhlaridan  loqay,  qorliq,  qurama,  SHimoliy  Xorazm  va 
Zarafshon  vodiysida  yashovchi  ayrim  qabilalar  ancha  mukammal  o`rganilgan.  etnografiya 
guruhlarini,  asosan,  tarixiy-qiyosiy  uslub,  etnografiyaga  oid  xaritalar  yordamida  o`rganish 
muhim ahamiyatga ega.
 
Jamiyatda ro`y  berayotgan har  bir  voqea negizida moddiy  ne`matlar  ishlab  chiqarish  
yotganligini  e`tiborga olib, xalqlarning xo`jalik faoliyatini o`rganish xam muhimdir.
 
Hunarmandchilik  o`zbeklarning  eng  qadimgi  va  asosiy  xo`jalik  kasblaridan  biri  bo`lib 
hisoblanadi.  Hunarmandchilikni  o`rganishda  xalq  ijodkorligiga  zo`r  e`tibor  qilinishi  tabiiy 
miskarlik,        zargarlik,  kulolchilik,  yog`och,  ganch  va  marmar  o`ymakorligi,  gilamchilik, 
kashtachilik   singari   an`anaviy   nozik   san`at   faqag etnograflarnigina emas, balki shu bilan 
birga juda ko`p san`atshunos tadqiqotchilarning ham diqqatini ko`pdan beri jalb qilib kelmoqda. 
Hamdo`stlik davlatlarida, shu jumladan, O`rta Osiyoda olib borilgan arxeologiyaga oid qazishlar 
nafis  zargarlik  ishlari  bilan  milodimizdan  avvalgi  III-II  ming  yilliklarda  shug`ullanganliklari   
ma`lum      bo`ldi.      Zargarlik,      ayniqsa,      Grek  Baqtriya        podsholigida,      Xorazm,        Buxoro,    
Samarqand, Xiva,   Qo`qon,   SHahrisabz   va   boshqa   hududlarda   rivojlangan. Zargarlikda 
quyish,  bolg`alab (zarb  berib) ishlash,   hallash   (oltin va kumush suvi berish),  uyib,  bo`rttirib 
naqsh yasash, bosib (siqib) naqsh solish kabi usullardan foydalanganlar.
 
Farg`ona shevalarining kasb-hunar leksikasiga bag`ishlangan ilmiy tadqiqotlar ham o`zbek 
hunarmandchiligini etnografik jihatdan o`rganishda muhim  manba bo`la oladi. Bu tadqiqotlarda    
xususan Sobirjon  Ibrohimovning asarlarida kulolchilik,  tandirchilik,  shuvoqchilik,  degrezchilik, 
ijtimoiy sohalaridagi ish jarayoni juda ko`p maxsus atamalar ancha batafsil tahlil qilingan.
 
O`zbek  xalqining  eng  qadimiy  va  an`anaviy  kasb-korlaridan  biri  dehqonchilikdir. 
Dehqonlarning  xo`jalik  faoliyati,  ijtimoiy  iqtisodiy  munosabatlari,  dehqonchilik  bilan  bog`liq 
urf-odatlarini o`rganish ularning rivojlanish bosqichlarini tasavvur qilishga yordam beradi.
 
Xalqlarning  milliy  xususiyatlari  ularning  uyi,  uy-ro`zg`ori  va  jihozlari,  kiyim-kechak  va 
taomlarida  ayniqsa  yorqin  ifodalanadi.  SHuning  uchun  ham  moddiy  madaniyat  etnograflarning 
diqqat markazida turadi.
 
Ayniqsa,  o`zbek  xalqining  kiyim-kechaklarini  o`rganish  etnografiya  jihatidan  ancha 
muhim  ahamiyatga.  ega.  Ular  asosida  o`zbek  xalqining  madaniy  saviyasini,  u  yashagan 
geografik  muhitni  bir  qadar  belgilash  mumkin.  O`zbek  an`anaviy  moddiy  madaniyati  tobora 
chuqur  o`rganilmoqda.  Ayniqsa,  respublika  viloyatlari  aholisining  o`ziga  xos  milliy  kiyim-
kechaklarining etnografiya atlas xaritasi tuzilgan. Bu atlaslar o`zbek etnografiyasini o`rganishda 
muhim qo`llanma bo`lib xizmat qiladi.
 
Bu  o`rinda  Rossiya  Fanlar  Akademiyasining  tashabbusi  bilan  «O`rta  Osiyo  va 
Qozog`istonning tarixiy-etnografik atlasi»ning yaratilishi juda katta ahamiyat kasb etdi.
 


 
47 
O`zbek  xalqining  ma`naviy  turmushini  tadqiq  qilishda  etnograflardan  tashqari 
fol’klorchilar va san`atshunoslarning ham xizmatlari bor. O`zbek xalq teatri, ayniqsa drama teatri 
hamda  origyogaal  janrlardan      biri      bo`lgan      qo`g`irchoq      teatri      haqida      asarlar  yaratildi.   
o`zbek   xalq   musiqasi   xalq   o`yinlari   ko`p tadqiqotchilar diqqatini o`ziga jalb qildi.
 
O`zbek  xalqining  juda  boy  va  rang-barang  og`zaki  ijodini  o`rganish  uning  etnografiyasi 
bilan  bevosita  bog`liq  bo`lgani  tufayli  fol’klor  materiallarida  ham  muhim  etnografiyaga  oid 
lavhalar  to`plandi.  O`zbekiston  Fanlar  Akademiyasi  Til  va  adabiyot  instituti  fol’klor  bo`limi 
hujjatxonasida  ko`p  yillik  ilmiy  safarlar  natijasida  to`plangan  xalq  ijodining  boy  merosi 
etnografiyaga oid muhim manba bula oladi.
 
O`zbek etnograflari so`nggi yillarda respublikamizda   yashovchi   kolxozchi dehqonlar va 
ishchilarning hozirgi turmushi va madaniyatini jamoa ravishda o`rganishga katta e`tibor berdilar. 
1950  —  1953  yillar  davomida  O`zbekiston  Fanlar  akademiyasi  Tarix  va  arxeologiya  instituti 
tomonidan  Namangan  viloyati  YAngiqo`rg`on  (CHortoq)  rayoni  kolxozlarida  o`tkazilgan 
etnografiyaga  oid  ilmiy  safarlarda  muhim  ma`lumotlar  to`plandi.  Bu  ma`lumotlar  asosida 
yozilgan  O.A.Suxareva  va  M.A.Bekjonovaning  «Oyqiron  qishlog`ining  o`tmishi  va  hozirgi 
turmushi»  degan  asarida  Oyqiron  qishlog`ining  qisqacha  tarixi,  aholisining  o`tmishidagi  etnik 
tavsifi, kasb-hunari, er egaligi va tavsifi munosabatlari, 1917 yildan keyingi tarixiy o`zgarishlar, 
kolxozchilarning  madaniy-maishiy  turmushi  aks  ettirilgan.  Kitobda  jamoa  xo`jaligidagi 
oilalarning  shakllanishi,  oilaviy  munosabatlar  va  turmushiga  alohida  e`tibor  berilgan.  Bunday 
ilmiy safarlar  respublikaning ko`pgina viloyatlarida o`tkazildi.  O`zbekiston etnograflari qishloq 
xo`jaligi  mashinasozligi  sanoatida  band  bo`lgan  o`zbek  ishchilari  turmushini  bir  necha  yil 
davomida  kuzatib  qimmatli  ma`lumotlar  to`pladilar.  Bu  ma`lumotlar  asosida  yozilgan 
etnografiyaga  oid  maqola  va  sanoat  ishchilarining  shakllanishi  tarixiga  bag`ishlangan  muhim 
ilmiy ishlar diqqatga sazovordir.
 
So`nggi  yillarda o`zbek ishchilar sinfining maishiy va madaniy hayotini aks ettiruvchi bir 
qator  ilmiy  ishlar  maydonga  keldi.  O`zbekistonda  yashayotgan  boshqa  qardosh  xadqlar 
etnografiyasini o`rganishga ham katta ahamiyat berilmoqda.
 
O`zbekiston  taryxiga  oid  ko`p  jildlik  yirik  ilmiy  asarning  etnografiyaga  bag`ishlangan 
bo`limlari  fanning  so`nggi  yutuqlari  asosida  mutaxassis  tadqiqotchilar  tomonidan  yozilgan 
«Jahon  xalqlari»  turkumida  bosilib  chiqqan  ikki  jildlik  «O`rta  Osiyo  va  Qozog`iston  halqlari» 
nomli  mukammal  ilmiy  asar  deyarli  butun  etnografiyaga  oid  tadqiqotlarning  yutuqlarini  o`zida 
mujassamlashtirgan.  etnografiya  sohasida  bunday  yirik  tarixiy  asarlarni  yaratishda  mahalliy 
tadqiqotchilar  faol  ishtirok  qilgan  edilar.  Asarning  «O`zbeklar»  nomli  bobini  yozish  va  tahrir 
qilishda  mahalliy  etnograflardan  O.A.Suxareva,  M.A.Bekjonova,  I.  Jabborov  va  boshqalar 
qatnashganlar.
 
O`zbek  xalqi  etnografiyasini  o`rganish  sohasida  erishilgan  yutuqlar  —  mahalliy 
tadqiqotchilarni yangi, umumiylashtirilgan yirik ilmiy asar yozishga undadi. Mahalliy mualliflar 
tomonidan  tayyorlangan  ma`lumotlar  1972  yildan  boshlab  O`zbekiston  etnograflarining  ilmiy 
to`plamida  yoritila  boshlandi.  1917  yildan  ilgari  va  undan  keyin  o`tkazilgan  ko`p  sonli 
ma`lumotlar  ilmiy  safarlar  etnografiyalarga  oid  har  xil  buyumlarning  to`planishiga  imkon 
tug`dirdi.  Hozirgi  kungacha  to`plangan  bu  boy  ashyolar  respublikaning  muzeylarida,  ayniqsa, 
Toshkent,  Samarqand,  Xiva,  shuningdek,  Moskva  va  Sankt-Peterburg  muzeylarida  saqlanib 
kelinmoqda.
 
SHunday  qilib  o`zbek  xalqining  etnografiyasini  o`rganish  yuqori  bosqichga  ko`tarildi  va 
ajoyib yutuqlarni qo`lga kiritdi.
 

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish