VLB shinasi
80-yillar oxirida kompyuter grafikasiga bo‘lgan talab keskin ortib ketdi. ISA shinasi zarur
bo‘lgan ma’lumotlar oqimini eplay olmay qoldi. Yechimni uzoq qidirishmadi. Protsessor bilan
xotirani ulovchi shinaga yana maxsus bo‘linma ulashdi; bu bo‘linmaga videokartani ulash mumkin
bo‘ldi. Shunday qilib to‘rtinchi avlod kompyuterlarida yangi shina – VLB (
VESA Local Bus
) paydo
bo‘ldi.
VLB lokal shinasiga nafaqat videokartani, balki boshqa qurilmalarni ham ulash mumkin
bo‘ldi. Onalik platasi taktli chastotasi 33 MGts bo‘lganda – uchta qurilmagacha, taktli chastotasi 40
MGts bo‘lganda – ikkitagacha, chastotasi 50 MGts bo‘lganda esa – faqat bitta qurilma (odatda
videokarta) ulash mumkin bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |