Masalalarga multidasturaviy ishlov berish rejimi
paydo bo‘lishi bilan nisbatan oddiy
boshqaruvchi dasturlardan zamonaviy murakkab OTlarga sifatli sakrab o‘tish ro‘y beradi. Bu rejimni
realizatsiya qilish hisoblash va informatsiyalar bilan almashish operatsiyalarini birga olib borish
tufayli mumkin bo‘ldi. Buning uchun o‘rta va katta EHMga (markaziy protsessordan tashqari, u faqat
hisoblash uchun mo‘ljallangan) operativ xotira va tashqi qurilmalar orasida informatsiya almashtirish
uchun mo‘ljallangan bir necha maxsus protsessorlar (kanallar) kiritilishi kerak. Kanallar bir vaqtning
o‘zida va bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda ishlashi mumkin.
Multidasturlashning g‘oyasi shundaki, zamonaviy EHMning operativ xotirasida baravariga bir
necha masala bo‘lib, ularga markaziy protsessor navbatma-navbat xizmat ko‘rsatadi. Muayyan
masalaga operativ xotira bilan tashqi qurilmalar orasida informatsiya almashinishi uchun zarur
bo‘lgan vaqtda protsessor boshqa masalalarga xizmat ko‘rsatishga ulanadi.
Hisoblash tizimining mutidasturaviy rejimda ishlashi operatsion tizim-boshqaruvchi
dasturlarining favqulodda murakkab kompleksini talab qiladi. Zamonaviy operatsion tizimlarning
juda murakkabligi hamma
hisoblash resurslarini
(markaziy protsessor, operativ xotira, tashqi
qurilmalar va fayllar) bir vaqtda bajarilayotgan hamma masalalar orasida mumkin qadar ratsional
taqsimlash zarurati bilan belgilanadi. Bunday masalalarni
raqobatli bajarilayotgan
deb atashadi,
71
chunki ulardan har biri boshqalari bilan hisoblash tizimining u yoki bu resursini egallash – uchun
doim raqobatda bo‘ladi.
Hisoblash jarayonini to‘g‘ri rejalashtirish uchun operatsion tizim loyihalovchilariga turli
uzilishlarga ishlov berishning ko‘p sonli va murakkab modellarini yozish; masalalarga ularning
ustuvorligiga yarasha xizmat ko‘rsatish tartibini yaratish; operativ xotiraning band va bo‘sh
jabhalarini doimo nazorat qilish; raqobatchi masalalar orasida uni ratsional taqsimlash; tashqi
tashuvchilardagi ma’lumotlar to‘plamlarini sanktsiyalanmagan kirishdan himoya qilish; masalalar
orasida soni cheklangan tashqi qurilmalarni taqsimlash va h.k.larni hisobga olishga to‘g‘ri keladi.
tabiiyki, natijada juda murakkab va beso‘naqay operatsion tizim hosil bo‘ladi, bu esa o‘zlashtirish va
ekspluatatsiya qilish qiyinligi; hisoblash resurslarining sezilarli qismini foydalanuvchi masalalarini
yechish uchun emas, balki operatsion tizim talablarini qondirishga sarflash kabi salbiy taraflarni
tug‘diradi.
Hamma resurslarni ratsional taqsimlash va hisoblash tizimining o‘tkazuvchi qobiliyatini
yashirishdan tashqari operatsion tizim foydalanuvchiga turli servis xizmatlari: kirish (доступ)ning
standart metodlari, utilitlar, rostlash (отладка), teledostup vositalari va masala o‘tishining hamma
bosqichlarini batafsil diagnostika qilish, avariyali damplarni olish imkoniyati va sh.k.larni taqdim
qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |