HTlarining ish rejimlari.
EHM apparat vositalari dasturaviy ta’minot bilan birga HTlari bir
dasturli va multidasturli rejimlarda ishlashi mumkin.
B i r d a s t u r l i r e j i m d a ishlaganda EHM xotirasida faqat bitta dastur bo‘ladi va faqat shu
dastur bajariladi. Bunday rejim odatda mikro-EHM va personal EHMlar uchun xos, ya’ni
individual
foydalaniladigan
EHMlar uchun xos.
M u l t i p r o g r a m m a l i ( k o ‘ p p r o g r a m m a l i ) r e j i m d a ishlaganda EHM xotirasida
bir nechta dasturlar bo‘ladi, ular tizimda hosil bo‘layotgan vaziyatga qarab protsessor bir masaladan
ikkinchisiga o‘tish oralig‘ida qisman yoki to‘liq bajariladi. Multidasturli rejimda mashina vaqti va
operativ xotira samaraliroq foydalaniladi, chunki yechilayotgan masalada protsessorning kutish
rejimiga o‘tishi talab qilinadigan qandaydir vaziyat paydo bo‘lganda, protsessor boshqa masalani
yechishga o‘tadi va uni shunga o‘xshash vaziyat paydo bo‘lgunicha bajaradi va h.k. Multidasturli
rejim realizatsiya qilinganda masalalardan bir-biriga o‘tishi navbati aniqlanishi va o‘tish momenti
tanlanishi talab qilinadi, bundan murod – mashina vaqti va xotiradan maksimal darajada samarali
foydalanishdir. Multidasturli rejimni EHM apparat vositalari va OT vositalari ta’minlaydi. Bu
murakkab EHMlarga xos; ularda mashina yechishga o‘tadi va uni shunga o‘xshash vaziyat paydo
bo‘lgunicha bajaradi va h.k. Multidasturli rejim realizatsiya qilinganda masalalardan bir-biriga o‘tishi
navbati aniqlanishi va o‘tish momenti tanlanishi talab qilinadi, bundan murod – mashina vaqti va
xotiradan maksimal darajada samarali foydalanishdir. Multidasturli rejimni EHM apparat vositalari
va OT vositalari ta’minlaydi. Bu murakkab EHMlarga xos; ularda mashina vaqtining narxi mikro-
EHMlarnikiga qaraganda ancha qimmat. Oxirgi paytlarda personal EHMlarning imkoniyatlari ortib
borishi bilan, ular uchun bir necha masalalar yechilishini bir vaqtda kuzatish va shu bilan muhandis
ishi samarasini oshirish imkonini beradigan multidasturli OTlar ishlanmoqda.
Multidasturli rejimda ALT foydalanuvchilarining dasturlari qaysi tartibda bajarilishiga qarab,
masalalarni paketli ishlash va ko‘pchilik birdaniga foydalana oladigan rejimlarni farqlashadi.
P a k e t l i i s h l a s h r e j i m i d a masalalar bir yoki bir nechta qatorga teriladi va ular birma-
bir bajarish uchun tanlanadi.
K o ‘ p c h i l i k b i r d a n i g a f o y d a l a n a d i g a n r e j i m d a foydalanuvchi o‘zining
masalasini bajarishga istalgan ixtiyoriy vaqtda qo‘yadi, ya’ni bunday HT har bir foydalanuvchiga
go‘yo individual foydalanuvchi rejimini realizatsiya qiladi. Bu odatda
kvantaviy mashina vaqti
yordamida amalga oshadi; bunda EHM operativ xotirasidagi har bir masalaga kvant vaqti ajratiladi.
Kvant vaqti tugaganda protsessor boshqa masalaga ulanadi yoki HTdagi vaziyatga qarab yechilishi
uzilgan masalani yechishni davom ettiradi. Mashina vaqtini kvantlab ko‘pchilikka birdaniga
foydalanish imkonini ta’minlaydigan hisoblash tizimlarini –
vaqt taqsimlanadigan HT
lari deb
atashadi.
Avtomatik boshqarish tizimlarida
real vaqt rejimi
tushunchaqidan keng foydalaniladi; bunda
masalalarni yechish tezligi ularning HTga kirib borishi tezligiga teng yoki katta bo‘ladi. ALTda real
vaqt rejimi deganda muhandisning EHM bilan shunday muloqoti tushuniladiki, unda muhandis
so‘roviga javoblar insonga qulay tezlikda keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |