137
Jamoada va jamoa yordamida tarbiyalash - tarbiya tizimida muhim ahamiyatga ega
bo‗lgan tamoyillardan biridir. Shaxsni shakllantirishda jamoaning yetakchi rol o‗ynashi
to‗g‗risidagi fikrlar pedagogika fanining ilk rivojlanish davrlaridayoq bildirilgan. Jamoada uning
a‘zolari o‗rtasidagi munosabatning alohida shakli yuzaga keladi, bu esa shaxsning jamoa bilan
birgalikda rivojlanshini ta‘minlaydi. Lekin har qanday guruhni ham jamoa deb hisoblab
bo‗lmaydi. Jamoa bir qator belgilarga egadirki, mazkur belgilar jamoani kishilarning etarli
darajada uyushgan har qanday guruhdan ajratib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: