Gigienik shart-sharoitlar.
Bolalarning jismoniy to‗g‗ri rivojlanishi uchun gigienik shart-
sharoitlar - uyqu, ovqatlanish va kiyinish, kun tartibi kabilarni hisobga olish zarur.
Bolalarning jismoniy jihatdan tarbiyalashdagi muhim vazifa nerv tizimi gigienasidir. Bu
vazifani hal etishda uyqu katta ahamiyatga ega.
Uyqu
miya yarim sharlarining normal ishlashi
uchun zarur bo‗lgan kuch-quvvatni tiklaydi. Chuqur va yaxshi, uzoq davom etadigan uyqu nerv
tizimining, organizm charchashining oldini oluvchi asosiy vositadir. Agar bola yomon uxlasa,
uyquga to‗ymasa nerv tizimining buzilganidan dalolat beradi. Nerv tizimi qo‗zg‗aluvchan
bolalar aksariyat yomon uxlashadi. Bunday bolalarning uyqu tormozlanishi chuqur normal
uyquni ta‘minlay olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |