«5» baho qo‗yiladi, agar: a) o‗quvchi dasturdagi materialni to‗liq o‗zlashtirib olgan bo‗lsa;
b) o‗rganilgan mavzu bo‗yicha asosiy fikrlarni ochib bera olsa; v) egallangan bilimlarni amalda
erkin qo‗llay olsa; g) o‗rganilgan mavzuni bayon qilishda, yozma ishlarda xatolarga yo‗l
qo‗ymasdan, ma‘lumotlarni tushuntirib bera olsa.
«4» baho qo‗yiladi, agar: a) o‗quvchi o‗rganilgan mavzuning mohiyatini bilsa; b)
o‗qituvchining savollariga qiynalmasdan javob bera olsa; v) egallangan bilimlarni amaliyotda
qo‗llay olsa; g) og‗zaki javob berishda jiddiy xatolarga yo‗l qo‗ymasdan, o‗qituvchining
113
qo‗shimcha savollari bilan xatolarini to‗g‗rilay olsa hamda yozma ishda uncha jiddiy bo‗lmagan
xatoga yo‗l qo‗ysa qo‗yiladi.