Ma‟naviy-axloqiy ongni shakllantirish metodlari.
Ma‘naviy-axloqiy mavzudagi
hikoya
- axloqiy mazmundagi voqea-hodisalarni yorqin emosional bayon etilishidir. Hikoya
tarbiyalanuvchilarning his-tuyg‗ulariga ta‘sir etib, ularga axloqiy me‘yor va qoidalarni tushunish
hamda o‗zlashtirishga yordam beradi. Yaxshi bayon tavsifiga ega hikoya axloqiy
tushunchalarning mohiyatini ochib berishgagina xizmat qilib qolmay, balki tarbiyalanuvchilarda
madaniy xulq-atvor qoidalariga ijobiy munosabatning yuzaga kelishiga xizmat qiladi. Ma‘naviy-
axloqiy mazmundagi hikoya bir nechta vazifani bajaradi: bilimlar manbai bo‗lib xizmat qiladi,
tarbiyalanuvchining xulq-atvor tajribasini kattalarniki asosida boyitadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |