2.Qoida
. Dushman orttirishning eng oson usuli va qanday qilib unga chap berish
mumkin. Agar siz suhbatdoshingizga u nohaq ekanligini tushuntirsangiz, bu bilan
uning obrusiga putur etkazasiz va u sizdan qattiq hafa bo‘lib qoladi. Boshqalardan
aqlliroq ekanligingizni isbot qilishingiz yaxshi natijalarga olib kelmaydi. Hech
qachon insonlarga ularning nohaqligini aytmang, suhbatdoshning fikrlariga
xurmat bilan qarang. Uni tushunishga harakat qiling. Bilib qo‘ying, juda
kamchilik insonlar mantiqiy fikrlaydilar. Ko‘pchilik insonlar ob‘ektivlikdan uzoq,
hissiyotga to‘liq bo‘ladilar, o‘zlarining qandaydir fikr-uylari va dunyokarashlari
bilan bog‘lanib qolganlar. Ular o‘zlarining o‘rganib qolgan holatlarini hecham
o‘zgartirgilari kelmaydi. Shuning uchun ular ustidan kulish va hafa qilish hech
qachon ijobiy natijalarga olib kelmaydi. Fikrni aniq bildiradigan so‘zlarni
ishlatmang. Yaxshisi «
O‘ylaymanki», «Qo‘rqaman», «Mening fikrimcha», «Faraz
qilaman», «Menga shunday tuyulayapti
» kabi so‘zlarni ishlatganingiz
ma‘qulroqbo‘ladi.
3. Qoida
. Agar nohaq bo‘lsangiz, buni ro‘y-rost tan oling. Agar qo‘qqisdan nohaq
ekanligingizni sezib qolsangiz, suhbatdoshingiz buni sezmasidan oldinroq buni
o‘zingiz tan oling. Suhbatdoshingiz sizni tanqid qilmasidan burun, o‘zingizni
o‘zingiz tanqid qiling. Suhbatdosh tilida gapirgan xolda o‘zingizni
357
yomonlashingiz ham mumkin. O‘z xatolarini astoydil tan olish insonni umumiy
ommadan yuqori qo‘yib, uni tantanavor rux bilanto‘ldiradi.
4. Qoida
. Inson ongiga eng to‘g‘ri yo‘l hech qanday majburlovlarsiz, qistovlarsiz,
bosimlarsiz yoki o‘z fikrini boshqalarga majburan o‘tkazmasdan amalga
oshiriladi. Agar insonni o‘z nuqtai-nazaringizga og‘dirmokchi bo‘lsangiz,
avvalambor u bilan do‘stona usulda muloqotqiling.
5. Qoida
. Suqrotning siri (
insonni «Ha» deyishga majbur qiling
). Biror bir inson
bilan suhbatlashayotganda u bilanfikringizbir xil bo‘lmagan mavzularda
gaplashishni boshlamang. Avvalo u bilan bir xil fikrda bo‘lgan masalalar haqida
suhbatlashing. Doimo u bilan umumiy maqsadingiz bir ekanligini ta‘kidlang,
faqatgina ushbu maqsadlarga etishish usullaridagina fark bo‘lishi mumkinligini
unga anglating. Suhbatdoshingizning doimo «Ha, Ha» deyishiga erishing. Uning
«Yo‘q» deyishiga aslo imkon bermang. Suhbatni shu tarzda tashkil qilish
asnosida, u bilan kelishuv amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi.
6.Qoida
. Suhbatdoshni o‘z fikringizga ishontirish uchun o‘zingiz juda ham ko‘p
gapirmang. Iloji boricha ko‘p vaqt davomida suhbatdoshingizgapirgani
ma‘qulbo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |