O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi


Muloqot texnikasida uchraydigan kamchiliklar



Download 3,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet126/449
Sana02.01.2022
Hajmi3,04 Mb.
#311066
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   449
Bog'liq
Ўзбек тилини соҳада қўлланилиши мажмуа 2020 2021

Muloqot texnikasida uchraydigan kamchiliklar: 

1.Nuqsonli ovoz 

2.Tovushni noaniq aytish 

3. Nafas olishdagi tartibsizliklar 

4. Nutq  tempi,  tezligini  to‗gʻri  belgilamaslik 

 

Muloqot texnikasiga qoʻyiladigan talablar: 

1.Ovozning sifatiga e‘tibor berish; 

2.Muloqot jarayonida to‗gʻri nafas olish; 

3.Tovush va soʽzlarni aniq talaffuz qilish; 

4.Toʻliq va aniq diksiya; 

5.Soʽz va gaplarning «chaynalmasligi»;  

6.Fonetikaga oid  bilimlardan  xabardor boʻlish;  

7.Nutqdagi  nuqsonlarni  bartaraf  etishga  yordam  beradigan  mashqlardan 

muttasil  foydalanib  borish.    

       Muloqotning 

ta‘sirchanligini  ta‘minlash  nafaqat  lingvistik,  balki 

ekstralingvistik  omillarni  ham  oʽz  ichiga  oladi.  Ekstralingvistik  omillarga  tilga 




115 

 

bogʻliq boʻlmagan shart-sharoitlar kiradi. Bamisoli ummon boʻlgan tilimizdan bir 



fikrni  bir  qancha  shaklu  shamoyillarda  ifodalash  imkoniyatlari  mavjud,  ya‘ni 

tilimizda  har  qanday  voqea-hodisalarni  ifodalash  uchun  soʽz  va  iboralar  topiladi, 

lekin, muloqot vaziyati uchun eng uygʻun ifodani topa bilish oʻqituvchining bilimi, 

ma‘rifatu  madaniyati,  mahoratu  malakasiga  bogʻliq.  Muloqotdagi  ohangning 

tezligi, yuqori-pastligi ham ta‘sirchanlikni oshiruvchi omillardir.  Bunday nutqlar, 

odatda, muhim qarorlar, axborotlar, farmoyishlar o‗qilganda ishlatiladi. 

   Mashhur  qadimgi  yunon  notigʻi  Demosfenning  dastlab  ovozi  past,  talaffuzi 

yomon, nafasi qisqa boʻlganligidan chiroyli va ta‘sirli nutq ayta olmaganligi haqida 

tarixchilar  yozganlar.  Bu  sohani  chuqur  o`rgangan  olim  S.Inomxo‗jayev 

ta‘kidlaganidek, keyinroq  Demosfen  muloqot texnikasi asoslarini  egallashga  juda 

jiddiy kirishgan. U bir yertoʻla qazib, shu yertoʻlada ovozini rivojlantirish, diksiya, 

deklamatsiya  boʻyicha  oylab  mashqlar  qiladi.  Talaffuzidagi  nuqsonlar,  "r" 

tovushini  aytolmaslik,  ba‘zi  tovushlarni  noaniq  aytish  kabilarni  bartaraf  etish 

maqsadida  ogʻziga  mayda  toshlarni  solib,  she‘rlar,  turli  matnlarni  o‗qish  bilan 

shugʻullanadi.Ovozini  rivojlantirish,  ovoz  apparatlarini  chiniqtirish  uchun  esa 

tepaliklarga yugurib chiqib, yugurib tushib, nafasini ushlab turgan holda she‘rlarni 

deklamatsiya  qiladi.  Demosfen  gapirayotganda  bir  yelkasini  hadeb  ko‗taraverish 

odatidan    qutulish  uchun  yerto`lasining  shiftiga  uchi  o‗tkir  Hanjarni  osib  qoʻyib, 

yelkasini Hanjarning ayni uchiga to‗gʻrilab turib, mashqlarini davom ettiradi. Ana 

shunday  mashaqqatli  va  muntazam  mashqlar  tufayli  Demosfen  notiqlikning  eng 

cho‗qqisini zabt etgan. 

 Muloqot  jarayonida  kuzatiladigan  kamchiliklardan  yana  biri  fonatsiya 

jarayonida,  ya‘ni  nutq  hosil  bo`lish  paytida  nafas  olishdagi  tartibsizliklar  bilan 

bogʻliq.  Fonatsiya  jarayonida  nafas  olish  va  nafas  chiqarish  fazalari  shunday  

yoʻlga  qoʻyilishi  kerakki,  nafas  olish  zo‗riqishsiz,  bir  qadar  jadalroq,  nafas 

chiqarish  esa  tekis,  bir  me‘yorda  va  davomliroq  kechishi  lozim.  Nafas  chiqarish 

qanchalik  davomli,  uzun  boʻlsa,  shunchalik  yaxshi.  Zotan,  tovush,  nutq  ayni  shu 

nafas chiqarish jarayonida hosil boʻladi. Fonatsiyada nafas olish va nafas chiqarish 

fazalarining  ketma-ketligi,  almashinish  tartibini  to‗gʻri  tasavvur  etmoq  kerak.  Bu 



116 

 

fazalar  bilan  nutqning  hajmiy  va  albatta,  mazmuniy-estetik  qurilishi  oʻrtasidagi 



mutanosiblikni  to‗gʻri  belgilamaslik  oqibatida  nafasning  yetmay  qolishi,  shunga 

koʻra  bir  nafas  bilan  yaxlit  aytilishi  lozim  boʻlgan    nutq  parchasining  boʻlinib 

ketishi,  mantiqiy  mazmunni  buzadigan  nooʻrin  pauzaning    paydo    boʻlishi    kabi  

nuqsonlar oʻrtaga chiqadi. Masalan,  qadimiy va boy tilimizning sofligini saqlash 

har birimizning burchimizdir  jumlasi  aytilarkan,   masalan,  har  soʽzidan keyin 

nafas tugab qolsa,  ilojsiz,  nafas olish uchun toʻxtalish majburiyati paydo boʻladi, 

bu  esa  jumlaning  noto‗gʻri  boʻlinishiga  olib  keladi.  Yoki  ba‘zan  noto‗gʻri 

taqsimlangan nafas jumlaning oxiriga borib yetmay qolsa, jumladagi so‗nggi soʽz 

"yamlanib"  talaffuz  qilinadi,  soʽzlovchi  xuddi  bo‗gʻilib  qolganday,  juda 

qiynalganday  tuyuladi,  bu  tinglovchi  uchun  ham  sezilarli  darajada  qiyinchilik  

tugʻdiradi. 

Yana  bir  misol.  Odam  o‗ta  hayajonlanganida,  qattiq  qo‗rqqanida  yoki  ogʻir 

musibat ichida boʻlganida, umuman, turli hissiy holatlarga tushganida soʽzlarkan, 

nafas  olish  va  nafas  chiqarish  fazalarini  nazorat  qila  olmay  qoladi.  Buning 

natijasida  normal  fonatsiya  uchun  nafasi  to‗gʻri  taqsimlanmaydi, koʻpincha  oddiy 

bir soʽz uchun ham nafasi yetmay qoladi. Muloqot texnikasini egallashda umumiy 

tarzda  boʻlsa-da,  fonetik  bilimlardan  boxabarlik  zarur.    Ayrim  kishilar  koʻpincha 

muloqot  jarayonida  boshqa  joylardagiga  qaraganda  anchayin  baland  ovozda 

gapiradilar.    Yana  ba‘zilar  borki,  ular  muloqot  jarayonida  deyarli  past  ovozda 

soʽzlaydilar. Bunda ularning oʽzlari qiynaladilar,  sezilarli samaraga erishilmaydi, 

faqat  bunday  ovoz  bo‗gʻiq,  tussiz  eshitiladi.  Muloqot  texnikasi  bilan  bogʻliq 

nuqsonlardan  yana  biri  nutq  tempi,  tezligini  to‗gʻri  belgilamaslik  yoki  tezlik-

sekinlikning  maqsadga  koʻra  mo‗‘tadilligini  saqlay  olmaslikdan  iborat. 

Muloqotning  tempi,  albatta,  bayon  qilinayotgan  materialning  mohiyatiga, 

ifodalanayotgan  fikr  strukturasiga  uygʻun  boʻlishi  maqsadga  muvofiq. 

Tinglovchining    ruhiyati,  charchagan  yoki  charchamaganligi,  materialni  qanday 

qabul  qilayotganligidan  kelib  chikqan holda  nutq  tempini  tanlasa,  uni o‗rni  bilan 

oʽzgartirib tursa, ham pedagogiq ham psixologik jihatdan to‗gʻri boʻladi. 




117 

 

  Muloqot jarayonida 




Download 3,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   449




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish