Amerikalik biznesmenlar
Amerikalik tadbirkorlarning asosiy maqsadi har bir tadbirning ma‘lum bir
miqdorda foyda keltirishiga qaratilgan. Ya‘ni, bekorga mehnat va vaqt sarfiga
yo‘l qo‘yilmaydi, so‘z berildimi, uni bajarish shartdir, har qanday ishni yaxshi va
har tomonlama puxta o‘ylab amalga oshiriladi, chuqur tahlil, mas‘uliyatlarning
aniq bo‘linishi, bajaruvchanlik madaniyatiga katta ahamiyat beriladi, ishni ertaga
bugundan ko‘ra yaxshiroq bajarishga intilish, mayda-chuyda detallarga ham katta
e‘tibor berish, kadrlarning va ishlab chiqarishning mutaHasislashuviga diqqatni
qaratish, aniqlik va shaffoflik hamda konstruktivizmga intilish ularning
ishuslubidir.
Ular bilan ishlash uchun Amerikaliklarning o‘zaro aloqalariga e‘tibor
bering. Ular yaxshi iqtisodiy ma‘lumot olganliklari uchun o‘zlarini har qanday
davlat iqtisodiyotini va biznesini juda yaxshi biladilar deb hisoblaydilar.
Kontraktlar tuzayotganda ular bu bilan bog‘liq hamma mayda-chuyda narsalarni
Sizga aytmaydilar, lekin, baribir Sizdan ishning mohiyatini tushunishni hamda
amerikacha tadbirkorlik faoliyatini yuritishingizni kutadilar. Agarda uchrashuvlar
paytida Siz muhokama qilinayotgan masalalar yuzasidan to‘liq ma‘lumotga ega
bo‘lmasangiz, uni bilganday qilib ko‘rsating va tegishli savol-javoblar orqali
tezlik bilan ishning mohiyatini tushunib olishga harakat qiling (
induktsiya va
deduktsiya usuli
). Maktublar yozganda yoki muloqot qilayotganda albatta, Sizni
54
ular bilan birinchi bor tanishtirgan tashkilotlar yoki shaxslar nomini ko‘rsatib
o‘ting. Agar, bu shaxslar oldindan Sizni amerikalik tadbirkor tanishtirib qo‘ysalar
(
telefon, faks yoki
e-mail
orqali
)nurustigaa‘lobo‘ladi.Muhokamachog‘idaqarama-
qarshitomon diqqat-e‘tiborini o‘z korxonangizning boshqa firmalardan farqli
bo‘lgan alohida ijobiy xususiyatlariga qaratsangiz, bu Sizga bir qadar yordam
berishi mumkin. Agarda Sizning takliflaringiz ularning asosiy maqsadi bilan
muvofiq bo‘lsa, ular albatta, bunga qiziqib qoladilar. Amerikalik hamkorni
qidirayotganda Sizning fikringizcha ishlash maqsadga muvofiq bo‘lgan 12-16 ta
firmani tanlab oling. Katta va juda ham mashxur firmalarni tanlamang, chunki,
Sizga o‘xshaganlardan juda ko‘pchiligi ularga takliflar bilan chiqadilar va Sizning
taklifingiz nazardan chetda qolishi ehtimoldan holi emas. Ular haqida iloji
boricha ko‘proq ma‘lumot yig‘ing. Muammo, bo‘yicha biror-bir odamning ismini
bilib oling va u bilan muloqot qilib bo‘lganingizdan so‘ng, keyingi muloqotlarda
uning nomiga ishora qiling. Muhokama yoki uchrashuvdan oldin Siz nimani
istayapsiz va natija qanday bo‘lishi kerakligini aniqlab oling. Muloqotni shunday
uyushtiringki, unda Sizning asosiy muammolaringiz muhokama qilinsin va
Sizning imkoniyatlaringizga urg‘uberilsin.
Do'stlaringiz bilan baham: |