jamoada qanday tutishlari kerakligi haqidagi, uyda va ishxonada nimalarga e‘tibor
berishlari lozimligi, savdoda, ish vaqtida insonlar bilan qanday munosabatda
bo‘lish maqsadga muvofiqligi, do‘stona va amaliy ko‘rinishdagi suhbatlarni
qanday qilib olib borish to‘g‘risidagi, oila va ishxonadagi konflikt sharoitlarda
349
nimalar qilish mumkinligi haqidagi yangi va zamonaviy adabiyotlar bilan tanisha
olmadilar, chunki ular o‘z vaqtida yaratilmadi va natijada bu sohaga oid ta‘lim-
tarbiya berish ishi ancha oqsab qoldi. Jamiyat hayotini va uning hozirgi holatini
faqatgina o‘zaro munosabatlar qoidalari mukammal emasligi bilan tushuntirish
juda ham soddalik bo‘lgan bo‘lar edi. Ammo bunday qonun-qoidalarning katta
madaniy ahamiyatini rad etish ham katta xatolik bo‘lar edi. Shuni ham ta‘kidlash
kerakki, atrofdagilar bilan muloqot qoidalarini yaxshi bilmaslik ko‘pchilik
odamlar, ayniqsa, tadbirkorlar oldida kattagina muammolarni keltirib chiqarishi
mumkin. Bu sohada o‘tkazilgan ko‘p yillik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
moliyaviy munosabatlarda muvaffaqiyat qozonish, xatto iqtisodiyotning texnik
sohalarida ham faqatgina 15% gina texnik bilimlarga, qolgan 85% esa hamkasblar
bilan muomala qila bilish, boshqacha qilib aytganda, odamlarga rahbarlik
qilishdagi shaxsiy fazilatlar va qobiliyatlarga bog‘liq ekan. Amerikalik tanikli
biznesmen Jon Rokfeller shunday degan ekan: «
Odamlar bilan muomala qilish
malakasi xuddi shakar yoki kofega o‘xshash sotib olinishi mumkin bo‘lgan
tovardir. Men dunyodagi barcha narsalardan ko‘ra, ana shu malaka uchun
ko‘proq haqto‘layman
».
Omad, muvaffaqiyat, do‘stlar, sog‘liq – bular hammasi ko‘pchilik insonlar
uchun oddiy insoniy baxt bilan bog‘liq bo‘lgan asosiy tushunchalardir. Xuddi shu
baxtga qanday erishish usullarini Deyl Karnegi o‘z kitoblarida batafsil xolda,
tarixiy dalillarga tayangan tarzda tushuntiradi va ularni ustalik bilan ko‘rsatib
beradi. Insoniy munosabatlar xuddi fan, san‘at yoki texnika kabi umuminsoniy
madaniyatning bir bo‘lagidir va shuning uchun ham bu sohadagi kitoblarni
yaratish ham muhim ish bo‘lib hisoblanishi kerak. Bunday kitoblar insonlarga
ularning kundalik muammolarini ijobiy hal qilish uchun suv bilan havodek zarur
desak, xato qilmagan bo‘lar edik. Ular hayotda muvaffaqiyatga erishishga va boy-
badavlat yashashga ko‘maklashish uchun ham zarurdir. Ular insonlarni ijodiy
hamda ijobiy fikrlashga majbur qiladi, o‘zlari uchun kerakli va eng to‘g‘ri yo‘lni
tanlab olishlari uchun xizmatqiladi.
350
Agar siz insonning tashqi qiyofasi va uningtabiatibir-biri bilan qanday
bog‘liqligini yaxshi bilib olsangiz, harqandaykishining hoh yaxshi, hoh yomon
odat va hislatlarini hech bir tajriba,tekshiruvvaimtihon qilmasdan ham osongina
bilib olishingizmumkin.Bunday odat va hislatlar tug‘ma yoki uning xayoti
davomidaorttirilganham bo‘lishi mumkin. Agarda har bir kishining
qiyofasidanuningyaxshi hislatlari ayon bo‘lib tursa, uni do‘st va
ulfatqilishingizmumkin.
Ammouningqiyofasidanyomonhislatvafe‘l-
atvorlarinamoyonbo‘lib turgan bo‘lsa, u kishi bilan suhbatni va
oshnogarchiliklarnitarkqilib,
yomonliklardan
saqlanishingiz
mumkin
bo‘ladi.Ko‘pchilikfaylasuflar va ruhshunoslarning ilmiy izlanishlaridan hamda
ko‘plab tajribalaridan ma‘lum bo‘lganki, har kimsaning tashqi ko‘rinishidagi
alomatlar uning ichki dunyosini va ruhiyatini ma‘lum ma‘noda aks ettirar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: