O`zbekistоn respublikasi оliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi


«Avesto»   ya'ni  «hayot  yo'riqnomasi»  (asli  «Ovasta»)   da  ham  muhim  iqtisodiy fikrlar bayon etilgan



Download 2,43 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/321
Sana01.01.2022
Hajmi2,43 Mb.
#294106
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   321
Bog'liq
iqtisodiy talimotlar tarixi

«Avesto»
 
ya'ni  «hayot  yo'riqnomasi»  (asli 
«Ovasta»)
  da  ham  muhim 
iqtisodiy fikrlar bayon etilgan. 
 
 Jumladan,  sun'iy  sug'orish  asosida  dehqonchilik 
yuritish,  ona  tabiatni  e'zozlash,  hayvonlarni  asrash,  noo'rin 
so'ymaslik,  unga  zug'um  qilmaslik,  tuproq  sharoitini 
yaxshilash masalalari yoritilgan. Bu kitob eramizdan avvalni 
II ming yillik oxiri - I  
Avesto 
ming  yillik  boshlaridagi  voqealarni  aks  ettiradi  va  juda  qadimiy 
yodgorlikdir (2700 yilligi bayram qilindi).  
Bu  dinning  ta'sir  doirasi  juda  keng  bo'lib,  hozirgi  Eron,  Markaziy  Osiyo, 
Kavkazorti  yurtlari  (ayniqsa  Ozarbayjon)  va  boshqa  joylarda  tarqalgan.  M.a.  II 
ming  yillik  oxiri  -  I  ming  yillik  boshida  paydo  bo'lgan  «Avesto»ning  to'liq  asl 
nusxasi  saqlanmagan,  uning  ayrim  qismlari  topilgan,  u  qadimiy  parfyan,  oromiy 
yozuvida  bitilgan,  hozirgi  davrda  rus  va  o'zbek  tillariga  tarjima  etilgan,  ayrim 
bo'laklari «San'at», «O'zbek tili», «Fan va turmush» jurnallarida e'lon qilindi. 
 Zoroastrizmning  asosiy  g'oyasi  dualizmga,  ya'ni  bir  tomondan  Yaxshilik  va 
rug'lik  (xudosi  Axura  Mazda),  ikkinchi  tomondan  vuzlik  va  Qorong'ilik  (xudosi 
Anxra Manu) kuchlari o'rtasidagi kurashdir.  
Inson  xo'jalik  faoliyatida  tabiiy  muhit  bilan  chambarchas  bog'liq  deb 
uqtiriladi, ammo  insonga  alohida  e'tibor  beriladi. Insonga  tanlash huquqi  berilgan 
bo'lib,  u  Yaxshilik  yoki  monlik  tomonlarni  olishi  va  shunga  mos  harakat  qilishi 
kerakligi aytiladi.  
Yaxshilik odamining faoliyati yaxshi g'oya, yaxshi so'z va yaxshi ishlar bilan 
bog'langan  bo'lishi  kerak.  Moddiy  boyliklarni  ko'paytirish  erug  dunyodagi  yaxshi 
ishlarning  asosiysi  hisoblangan.  Shu  sababli  «Avesto»  matnlarida natural-xo'jalik 
faoliyati keng targ'ib etilishi va amaliy maslahatlar berilishi tasodif emas.  
Avestoda «O'z hayoti davomida go'zallik va yaxshilik, nur va quvonch yo'lida 
xizmat qilgan odam parso va hakgo'y, pok va adolatli bo'lib, mehmonlarni beg'araz 
kutgan.  Xotinini  sevib  erni  mollarni  parvarish  qilgan,  odamlarning  molu  mulkiga 
ko'z olaytirmagan, tabiatni asrab-avaylab undan zavq olgani uchun uning joni ham 
bitmas-tuganmas rohat va farog'atga burkanadi» deb yoziladi.  
Ko'chmanchi  xalqlarning  asosiy  boyligi  bo'lgan  mollar  sonini  saqlash 
qo'llanilib,  ularni  bekordan-bekorga  qurbon  qilaverish  qoralanadi.  Bu  g'oya 


 
50 
ayniqsa  ilk  zoroastrizmda  kuchli.  Hayvonot  dunyosini  asrash,  uning  sonini 
oshirish, sifatini yaxshilash (ayniqsa semirtirish) ga alohida urg'u berilgan. Buning 
uchun  esa  yaxshi  yaylov,  kerakli  qarov,  em-xashak  bilan  ta'minlash  eng  yaxshi 
faoliyat  deb  baholanadi.  Yaxshi  ishlarni  amalga  oshirish  kuchli  hokimiyat  bilan 
bo'lishi qayd etiladi. Kitobda yozilishicha, hayvonlarni o'g'irlash yoki tortib olish, 
turar  joylarni  xonavayron  qilishdan  asrashga  intilish  Yaxshilik  g'alabasiga  olib 
keladi.  Ana  shu  qoidalarga  amal  qilganlarga  yaylovlar  bo'ylab  erkin  harakat 
qilishga  va'da  beriladi,  chunki  tabiiy  yaylovlar  cheklangan  sharoitda  bu  «erkin 
harakat» ta'minoti muhimdir, aks holda o'zaro to'qnashuv va urushlar ro'y bergan.  
Ma'lum  qonun-qoidalarga  bo'ysunish  kuchli  hokimiyat  va  mo''tadillik  bilan 
bog'liq  edi.  O'zaro  shartnomalarga  bekamu-ko'st  amal  qilish  zarurligi,  ayniqsa 
o'zaro moddiy yordam berish kerakligi targ'ib etiladi.  
Avesto ma'lumotlariga qarab shu davrdagi jamiyatning ijtimoiy ahvolini bilib 
olish  mumkin.  Bu  davrda  urug'  jamoasi  emirilib,  dastlabki  sinf  (kasta)lar  paydo 
bo'lganligi ayondir, ular kohinlar, harbiylar, chorvadorlar va hunarmandlar, demak, 
ilk  sinfiy  jamiyat  yuzaga  kelayotgan  davr  bo'lgan.  Aholi  ko'proq  yarim 
ko'chmanchilik asosida kun kechirgan. Ekstensiv chorvachilik etakchi edi.  
Ideal  hayot  tarzi  quyidagicha  talqin  etilgan  bo'lib,  uningcha  erdan  shunday 
joyni topish yoki yaratish kerakki, u erda ko'p ovqat pishirilishi, doim katta bo'lak 
go'sht  tegishi,  otlar  pishqirib  turishi,  ot-arava  g'ildiraklari  jarangi  chiqishi, 
qamchilar  doim  ko'tarilib,  ovozi  chiqib  turishi,  odamlar  jag'i  tinmaydigan  (ovqat 
eyishda),  ziravorlar  etarlicha  yashirib  qo'yilgan,  xushbuy  hidlar  arimaydigan, 
yaxshi  hayot  uchun  kerakli  barcha  narsalarni  istakka  qarab  ko'p  miqdorda 
saqlanadigan omborlar bor joy tushunilgan. 
«Avesto»  bo'yicha  turli  tabiiy  ofatlarga  qarshi  zahira  oziq-ovqatlar  barpo 
qilish  qo'llab-quvvatlanadi  (Konfutsiylik  va  boshqa  ta'limotlarda  ham  bu  g'oya 
katta o'rinni tutadi).  
 
«Avesto»ning  yozilishi  jihatidan  keyingi  davrga  mansub  fikrlarda,  masalan, 
chorvadorlar  hamkori 
Yim
  to'g'risidagi  afsonada  «oltin  asr»dagi  mol-qo'ylarning 
mo'l-ko'lligi  haqida  so'z  yuritiladi.  Yimning  xizmati  ulug'lanib,  kuchli  sovuq,  kor 
va  suv  to'fonidan  hayvonlar  va  odamlarni  qutqarish  uchun  «varu»  (qo'rg'on) 
qurdirib,  unga  suv  o'tkazadi,  mayda  va  yirik  mollar,  odamlar,  it,  qush,  barcha 
o'simliklar  urug'i  va  yonib  porlab  turgan  olovni  keltiradi  (
Nuh 
payg'ambar  bilan 
solishtiring).  Odamlar  uchun  turar  joy,  hayvonlar  uchun  molxonalar  qurilgani 
aytiladi.  
«Avesto»ning  3-bobi  (fargard) 
«Vandidot» 
bo'lib,  nisbatan  keyingi  davr 
voqealarini  aks  ettiradi, unda  asosan  dehqonchilik  va  dehqon  mehnati  ulug'lanadi 
(avvalgi boblarda chorva etakchi edi). Endilikda ko'proq ekin ekiladigan, don, o't, 
mevali  ekinlar  o'stiriladigan,  suvsiz  joylarni  sug'oradigan,  suvi  ortiqcha  erlar 
quritiladigan  (sug'orish  bilan  birga  zax  qochirish)  joylar  maqtaladi,  hatto  erlarga 
ko'p  go'ng  solinishi,  buning  uchun  esa  ko'proq  kichik  va  katta  qoramollar  boqish 
tavsiya etiladi. Bunda juda katta tabiiy mantiq borligi aniq ko'rinib turibdi.    
Kitobning  bu  bobida  dehqonchilik  va  ayniqsa  don  ekish,  g'allakorlik 
ulug'lanadi.  Aholini  qunt  bilan  don  etishtirishga  undaladi,  hatto  g'allakorlar 
e'tiqodni olg'a suruvchilar deb talqin etiladi. 
«Dehqonchiliksiz mo'l-ko'lchilik yo'q»

degan  aqida  ilgari  suriladi  (fiziokratizm  ta'limoti  bilan  solishtiring).  «Kimda-kim 


 
51 
zaminni chap va o'ng qo'l bilan, o'ng qo'l va chap qo'l bilan shudgor qilsa, zamin 
unga  farovonlik  baxsh  etadi.  U  go'zal  va  pokiza  qizga  o'xshaydi.  Bu  qiz  er 
xonadoniga kirib borib, o'z to'shagidan halol yostiqdoshiga farzandlar tug'ib beradi. 
Zamin  ham  mo'l-ko'l  mevalarini  in'om  etadi»,  deyilgan,  bunda  erni  tobora 
madaniylashtirish va undan ko'proq naf olishi haqida gap boradi.  
Xo'jalikning  barcha  tarmoqlari  orasida  g'allakorlikka  eng  yuksak  baho 
beriladi.  Zoroastrizm  qashshoqlikni  yo'qotish  yoki  unga  yo'liqmaslik  uchun 
ziroatchilikini  rivojlantirish,  yangi  erlarni  ochish  bo'yicha  faol  siyosat  olib  borish 
kerakligini uqtiradi. Ammo 
inson erni tashlasa, unga qaramay qo'ysa, unday odam 
o'zgalar  eshigi
 
oldida  turgan  doimiy  gadoyga  aylanadi
,  deyilgan  bu  kitobda 
(hozirgi davr ta'limotlari bilan solishtiring).  
Asketizm  to'g'ridan-to'g'ri  qoralanadi,  chunki  bu  odat  monlik  bilan  kurashda 
insonning kuch-qudratini susaytiradi. Ovqatni kam iste'mol qilgan odam na din, na 
xo'jalik  (qishloq  xo'jaligi)  ishlari,  na  farzand  (ayniqsa  o'g'il  bolalar)  ko'paytirish 
faoliyati  bilan  kerakli  darajada  shug'ullana  olmaydi;  insonlar  sonini  ko'paytirish 
ham  muhim  vazifa  deb  belgilangan,  chunki  farzandlar  oila  boyligini  ko'paytiradi, 
Yaxshilik  g'alabasiga  ko'maklashadilar.  Bu  g'oyalarning  ahamiyati  hozirgi  kunda 
ham juda muhimdir.  
Bu din hozirgi Markaziy Osiyo, ayniqsa Qadimgi Eronda keng tarqaldi, davlat 
diniga aylandi. M.a. VI-V asrlarda Dariy I podsholigi yillarida Eronda, keyinchalik 
boshqa  davlatlarda  tarqaldi.  Islom  dinigacha  bo'lgan  davrda  respublikamiz 
aholisining  asosiy  qismi  bu  dinga  e'tiqod  qilgan, uning  ayrim  qoldiqlari  hali  ham 
qayd  etilib  turadi  (kelin-kuyovlarni  olov  atrofida  aylantirish,  vafot  etganlarga 
chiroq yoqish va boshqalar).  
Qadimgi  Xitoydagi  iqtisodiy  g'oyalar  m.a.  VI-III  asrlarda  shakllangan.  Bu 
mamlakatdagi  dastlabki  quldorlik  davlatlari  e.a.  II  ming  yillikda  paydo  bo'lgan. 
Konfutsiylik 
g'oyasi muhimdir. Uning muallifi 

Download 2,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish