kam
Bobur
mulkdan soliq olinmaydi.
«Agar erdan ikki hosil olsang, xirojni ham ikki marta to'la», deb yozadi
Bobur. Xiroj, ya'ni er solig'i ikki toifaga bo'lingan: muqassam va muvazzar.
Birinchisi, olingan hosilning miqdoriga bog'liq bo'lib, uchdan birdan-yarimgacha
teng bo'lgan, ikkinchi esa, soliq solinadigan erning maydoniga bog'liq ravishda
olingan.
Erni sug'orish masalalari Sharqda o'ta muhim edi, chunki ob-havo nihoyatda
quruq va issiq, er-tuproq sharoiti sun'iy sug'orishni talab etganligidan
sug'oriladigan erlar, tabiiyki, lalmikol erlardan ko'p hosil bergan. Shu sababli suv
solig'i ham bo'lgan.
Suv solig'i quyidagicha olingan: «agar sug'orish davrida chig'ir qursang, olgan
hosilning o'ndan birining yarmini (5%) soliq uchun to'lashing kerak», ya'ni
sug'oriladigan erlarga sarf-xarajat hisobga olingan va bu mantiqan to'g'ridir.
Umuman olganda, bu davrda soliq va boshqa yig'imlar tamomila islomiy shariatga
to'la rioya qilingan holda olingan.
Nisobga etgan miqdordagi mol-mulkdan Qur'oni karim, Muxtasar, Hidoya va
boshqa manbalarda qat'iy belgilab qo'yilgan qismi ixtiyoriy ravishda miskinlarga
berilgan, masalan, boqiladigan mollar, ya'ni echki, tuya, sigir, otlardan, xususan,
qo'ylardan soliq (zakot) quyidagicha olingan: 40 qo'ydan bitta (2,5%), 120 tasidan
98
ikkita, 201 dan boshlab uchta, 400 dan ortiq bo'lsa har 100 qo'ydan bittasi zakot
qilib berilgan. Shuningdek, «Boburnoma»da bir yurt tovarining boshqa yurtlarga
olib borilishi, almashuvi, aholi ehtiyojlarining qondirlishi va ularning iqtisodiyot
ravnaqidagi ahamiyati to'la bayon qilinadi. Bobur savdo-sotiqning xalqlar
o'rtasidagi bebaho ahamiyatini juda chuqur tuqunar edi.
Shuning uchun ham u savdo karvonlarini yo'llarda talash, bosqinchilik qilish,
mol-mulkiga ziyon etkazish kabi salbiy illatlarga ayovsiz munosabatda bo'lgan. Bu
siyosat Amir Temur, Ulug'bek va boshqa temuriylar siyosati bilan ma'lum. O'sha
davrda Bobur savdogarlardan olinadigan savdo yig'imi-ning ham adolatli va
xolisona tashkil qilinishiga katta ahamiyat bergan. Musulmon savdogarlarining
savdo aylanmasidan savdo yig'imi 20 misqol (4,5 gramm) oltindan 1 misqoli
shaklida olingan, eng muhimi soliq hissasi daromad hissasiga nisbatan kamayib
borgan, ya'ni daromad ko'payishi bilan soliq kamaygan va boylik jamg'aruvchilar
uchun o'ta manfaatli bo'lgan. Hozirgi davrda ham mana shu siyosatni qo'llash
foydadan holi emas. Chet ellik savdogarlardan olinadigan yig'im esa ularning qaysi
yurtlardan kelganligiga bog'liq bo'lgan.
Agar ular islom mamlakatlaridan kelgan bo'lsalar, barcha daromadlarining
yigirmadan bir qismi (5%) miqdorida soliq olingan. Musulmon bo'lmagan
mamlakatlardan
kelgan
savdogarlardan
olinadigan
soliq
miqdori
shu
mamlakatlarda
musulmon
savdogarlaridan
olinadigan
soliq
miqdoriga
tenglashtirilgan. Naqadar adolatli va foydali soliq tizimi. Bobur ishlab chiqqan
soliq siyosati uzoq yillar davomida qo'llanib kelindi va mamlakatning iqtisodiy
taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi. Bu esa Bobur iqtisodiy g'oyalarining juda chuqur
ilmiy asosga suyanganligi, uzoqni ko'zlovchi salohiyatga ega ekanligidan dalolat
beradi. Bunday ilmiy salohiyat uning vorislari, ham yurtlari bo'lgan-bizlarda unga
nisbatan yanada chuqur hurmat va faxrlanish hissini uyg'otadi.
Ulug' bobokalonimiz Vatandoshimiz qoldirgan iqtisodiy g'oyalar va iqtisodiy
tafakkur merosi, u yurgizgan iqtisodiy siyosat tizimi mustaqilligimizni
mustahkamlashda, bugungi kurashimizda qudratli ma'naviy tayanch bo'lishga
xizmat qiladi. Mirzo Bobur iqtisodiy dunyoqarashini o'rganish, uning iqtisodiyotga
oid qarashlarini tadqiq etish hamda imkon darajasida bugungi hayotimizga tadbiq
qilish foydadan holi emas. Shunisi diqqatga sazovorki, Bobur podshohligi davrida
mamlakatga vino keltirish ta'qiqlangan, ya'ni iqtisodiyotda proteksionizm siyosati
qo'llanilgan. Boburdan keyin uning o'g'li Xumoyun, keyinchalik nevarasi
Akbarshoh Jaloliddin (1542-1605) 1556-1605 yillari Hindistonda muvaffaqiyatli
podshohlik qilgan. Akbarshoh tomonidan 1574 yildan boshlab islohotlar o'tkazdi,
dehqonlarga yagona soliq kiritdi, yagona uzunlik va og'irlik o'lchovlarini joriy
qildi. Bu shoh to'g'risida 1601 yil «Akbarnoma» kitobi chop etildi, unda
mamlakatdagi soliq tartibi o'z aksini topgan.
Birbal-tarixiy shaxs 1994 yilda Toshkentda bosilgan «Shoh Akbar va Dono
Birbal» nomli tqo'plamda ko'rsatilishicha, u XVI asrning ikkinchi yarmi va XVII
asrning boshlarida Hindistonda hukmronlik qilgan Akbarshoh bobosi-Bobur
an'analarini izchil davom ettirib, hindlar bilan musulmonlar urtasida birodarlik
munosabatlarini o'rnatish yo'lida jonbozlik ko'rsatgan. Akbarshoh boshqargan
davlatda Birbal nufuzli hukmdor edi. Akbar bu dono va zukko hind amaldorlariga
alohida mehr bilan qarab, uni har tomonlama e'zozlagan.
99
Birbal ham Akbarshohning odilona siyosatini amalga oshirish sohasida
sidqillik bilan xizmat qilgan. Akbar va Birbalning o'zaro suhbatlarida izhor etilgan
har ikki tarixiy shaxsning iqtisodiy qarashlari alohida diqqatga sazovordir. Unda
insonlardagi halollik va insof bilan birga ayrim amaldorlarning vijdonsizliklari
iqtisodiy tomondan tahlil qilinadi, feodalizm sharoitida murakkab iqtisodiy
muammolarning echimini topishga uriniladi. «Podshohning besh savoli»
hikoyasida Birbalning chuqur iqtisodiy tafakkurga ega ekanligi namoyon bo'ladi.
«Ulug' ma'bud Indiradir»,- deb so'z boshlaydi u.
Uning amri bilan yomg'ir erni sug'oradi, bug'doy unadi, odamlar to'kin va to'q
yashaydilar. Buzoqlar qadr-qimmatlidir, u odamlarga ko'p foyda keltiradi. Eng
qimmatli gul-paxtaning guli. Undan mato to'qiydilar. U butun olam odamlarini
kiyintiradi. Omochning tishidan ulug' tish yo'q. Chunki u er bag'rini yoradi,
shundan keyin don va sabzavot ekiladi, odamlarni to'ydiradi. Ulug' fazilat esa
jasoratdir.
Agar inson jasoratsiz bo'lsa, uning fazilatlaridan foyda yo'qdir. Jasorat bu
mehnat. Inson hayotida faqat ziroat ekinlarini etishtirishdagi mehnatgina emas,
balki hunarmandlar mehnati ham alohida ahamiyatga ega. Bu borada «Inson qo'li
gul» hikoyasi yanada qiziqarlidir. Birbal bog'bonni chaqirtiribdi va buyuribdi: -
Ertaga bog' va gulzorlardagi eng chiroyli va yaxshi gul bilan o'zing etishtirgan
mevalardan olib, shohning huzuriga borasan.
Shoh bog'bondan meva va gullarning narxini so'raganda, u: -Olampanoh! Biz
bu mo''jizalarni bunyod qilish uchun ko'p vaqt sarfladik. Xullas, bu noyob narsalar
uchun ming rupiy so'raymiz. Podsho ming rupiy beribdi. Bu bahoga yakun yasab,
Birbal quyidagilarni aytibdi: «Siz yaqinda tabiat yaratgan narsalarning inson qo'li
bilan yaratilganidan yaxshi va qimmatli ekanini aytgan edingiz, men sizga
insonning qo'li gul ekanini, uning iqtidori yaratgan mo''jizalar tabiatnikidan go'zal
bo'lishi mumkinligini isbotlashga va'da bergan edim. Bugun mening niyatim
amalga oshdi: Siz mirishkor bog'bon yaratgan mevalar va gullar uchun ming rupiy
to'ladingiz, ammo tabiiylariga atigi yigirma besh rupiy berdingiz». «Mehnatni
qadrlash hayotni saqlar» hikoyasida insho etilishicha, shoh Akbar bilan Birbal
yoshlik davrlarni eslab, eski uylariga borishibdi.
Yaxshi niyat bilan bir paytlar sada daraxtining tagiga xazina yashirishgan
ekan. Kavlashsa, erga ko'milgan oltin qanday bo'lsa shundayligicha turganmish.
Boylikni olishib, eski uylariga bir kulba tutashgan bo'lib, u erda o'sha paytlarda
munkillagan bir kampir yasharkan. Kampir kunni kun demay odamlarga qo'l
tegirmonida donni yanchib berarkan. Ko'z tashlasa kampir hali ham hayotmish.
Ko'rinishi ham o'zgarmabdi.
Avvalgidek qo'l tegirmonni aylantirib yotganmish. So'ng ular kampirga rahmi
kelib, bundan keyin rohatda yashang deb, olgan boyliklarining hammasini in'om
qilishibdi. Kampirning qarilik yillari rohat-farog'otda o'tadigan bo'libdi.
Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, shoh Akbar yoshlik davrida kampir 160 yoshda
ekan, shu davrdan beri 50 yil o'tibdi. Shundan keyin Birbal mehnatni ardoqlash
uzoq umr ko'rish shartlaridan biri ekanligi haqidagi qisqacha xulosalarga kelibdi.
Hikoyalarning ba'zilari o'sha davrdagi tovar-pul munosabat-lari masalalariga
bag'ishlangan. «Firibgar kema egasi» hikoyasiga ko'ra, Birbal Hindistonning
Bengal viloyatidan kemada mol olib kelgan savdogarning shikoyatini eshitib, kema
100
egasi besh ming rupiylik molni o'ziniki qilib olmoqchi bo'lganini tekshiradi va
unga quyidagi savollarni beradi. «Agar mevalar, ziravorlar haqiqatan seniki bo'lsa,
ularni zarariga sotishga rozi bo'larmiding?» Kema egasi dengizchilarni ham
yo'ldan urganligini isbotlaydi. Savdogarga pul qaytarib beriladi va adolat tiklanadi.
«Tentaklar ro'yxati» hikosida shoh Akbarning zotli otlarni sotib olgani, otlar
unga juda yoqib qolgani, yana shunday otlar keltirishni buyurib, 1000 rupiy
zakolat bergani hikoya qilinadi. Lekin shoh Akbar shuncha pul berib, savdogarni
qaysi yurtdan, qaysi shahardan ekanligini so'ramagan, savdoda xatoga yo'l qo'ygan
edi. Savdogar esa muttaxamlik qilib, qaytib kelmagan. Shunda, Birbal tovar-pul
munosabatlaridagi bu kamchilikni aytib o'tadi. Savdolashganda xorij savdogar
sotib olgan mol qaysi yurtdan, qaysi shahardan ekanini, savdogarning nomini
so'rash lozimligini ta'kidlaydi. «Hozir nima harakatda» hikoyasida ayonlardan biri
quyosh, ikkinchisi er, yana biri oy, deb javob bergani bayon etiladi. Lekin shoh
Akbar javoblarga qanoatlanmaydi.
Birbal quyidagi javobni beradi: «Hozir, - deydi Birbal, sudxo'r qarzga bergan
pullarning foydasi harakatda. Axir, bu pullar hech qachon tinch yotmaydi.
Aksincha, kundan-kunga tezligi oshib boradi». Bu javob shoh Akbarga ma'qul
tushadi, chunki Hindistonda qarzga olingan pullar qanchalik qo'shimcha foyda
bilan qaytarilib, dehqonlarni xonavayron qilishi hammaga ma'lum edi. Bu erda gap
kapital aylanishi va foiz stavkasi bilan bog'liq voqea haqida borayapti. Dehqonlar
olgan qarzlarini yuqori foizlarda qaytarishi salbiy hodisa sifatida qoralanadi.
Demak, hozirgi davrdagi adolatli kredit masalalari yoritiladi. Birbal yashagan
davrda hali statistika fani vujudga kelmagan edi. Lekin hayot statistik jumboqlarni
keltirib chiqarar edi. Kunlardan bir kun podshoh saroy yig'inida har bir
mulozimidan: -Dehlida nechta qarg'a bor? - deb so'rab qoladi. Hech kim javob bera
olmaydi.
Birbal shunday javob beribdi: -O'tgan yili men hisob-kitob qilib, Dehlida uch
ming besh yuz sakson beshta qarg'a borligini aniqlagan edim. Shoh Akbar
shubhalanib, o'tgan yili qaysi oyda hisob qilgan eding? - deb savol beribdi va
qo'shib qo'yibdi: -Shoshmay turali agar Delidagi qaralarning soni bittaga ko'p yoki
kam chiqsa uch ming besh yuz sakson besh rupiy jarima to'laysan. Shuning uchun
kechgacha o'ylab, menga aniq javob ber,-debdi shoh. -Mening hisobim to'ppa-
to'g'ri, qat'iyat bilan gapiribdi Birbal, - «qayta sanaganda ham shu sonning
chiqishiga aminman, faqat ayrim qarg'alarning qaergadir mehmonga uchib ketishi
va boshqalarning bu erga uchib kelishi mumkin ekanligini nazarda tutsak bas». Bu
javobda Birbal, birinchidan, Dehlidagi barcha qarg'alarni sanab bo'lmasligini
ko'zda tutgan, shu bilan birga qarg'alar ko'payib, yozda sovuq joylarga uchib
ketishini esdan chiqarmagan. Bu misol Birbalda statistikaning dastlabki kurtaklari
mavjudligidan dalolat beradi.
«Haqiqat qo'ng'irog'i» hikoyasida shoh Akbarning juda alomatli hukmdor
ekanligi o'z ifodasini topgan. Xalqning mushkulini oson qilish maqsadida, u
shahardagi maydonga bitta ustun o'rnatib, qo'ng'iroq osib qo'yishni buyuribdi.
Saroygacha uzun arqon torttirib, bu erga ham qo'ng'iroq ostiribdi. Maydondagi
arqon tortilsa, saroydagi qo'ng'iroq ham jaranglar ekan. Saratonning jazirama
kunlaridan birida qo'ng'iroq jaranglab qolibdi. Xo'kiz qo'ng'iroq ipini tortgan ekan.
Xo'kiz-xo'kizda. U gapirarmidi, shoh qarshisida mo'ltillab turganmish, xolos. Shoh
101
Birbalga «Xo'kizning arzi bor, dardini bilib, menga xabar ber», debdi. Birbal
ho'kizning elkasini silab, uning ko'zlariga tikilibdi. Keyin shohga xo'kizning
dilidagi qarzini quyidagicha tarjima qilib beribdi: «Men qaridim, ish qilishga
kuchim etmay qoldi. quvvatim borligida xo'jayinim meni erkalardi, em bilan
siylardi.
Endi bo'lsa ko'chaga haydadi, qarib holdan toygan bir paytda qaerdan ham
panoh topaman,-deyapti», debdi. «Ho'kizning egasi topilganidan keyin Birbal
savol beribdi: -Nega bog'lab qo'ymadingiz? Savdogar javob beribdi: -Janob vazir,
u menga endi kerak emas. Shuncha yil davomida qilgan xizmati bilan to'lagan
haqini tiyin-tiyinigacha oqladi. -Vaqti-soati kelib sen ham qariysan va ishga
yaramay qolasan. Farzandlaring seni uydan haydab chiqaradi. Aytchi, ularning bu
ishi adolatdan bo'ladimi?-deb so'rabdi Birbal. -O'z otasini qanday qilib haydashsin?
- ajablanibdi savdogar.
Bir eslab ko'rchi, bu jonivor senga qanchalar xizmat qildi. Nahot qilgan
andishasizligingdan vijdoning azoblanmasa. Bu tilsiz mahluq butun quvvatini
senga sadoqat bilan xizmat qilishga sarflasayu, sen uning yaxshiligiga shunday
javob qaytarsang. Unga hozir ham achinmayapsan. Xullas, bu xo'kizni shoh
molxonasiga qo'yib yuboramiz. Uni boqish uchun sen har oyda besh rupiy har
to'laysan. Savdogar pulni to'laydigan bo'libdi. Bu hikoya o'z davrida va undan
keyin ham katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan. Xizmatkorlarni ishlatib, haqini
tlamaganlarga tegishli fikr ilgari suriladi va ularga insofli bo'lish kerakligi
to'g'risida qisqacha xulosalar chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |